Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 357,25 Kb.
bet4/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

O‘QUV MATERIALLARI

Ma’ruza mashg‘uloti materiallari




Tayanch iboralar: aqli zaif bolalar, ta’lim, tarbiya, korreksiya, korreksion-rivojantiruvchi, bolalar rivojlanishiagi nuqsonlar, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, muammoli vaziyatlar, predmetli harakatlar, predmetli faoliyat, artikulyatsiya a’zolari.

Maktabgacha oligofrenopedagogikaning predmeti, vazifalari va metodlari. Har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, mamalakatda yashovchi fuqarolarning aqliy saviyasi bilan belgilanadi. Shu sababli kо‘pincha taraqqiy etgan davlatlar aqlli, idrokli, iqtidorli, qobiliyatli kishilarni о‘zga mamlakatlardan olib kelish choralarini kо‘rishgan.

AQShning hozirgi kundagi taraqqiyot darajasiga erishishida ham bu yetakchi omillardan birini tashkil etadi.

Shu bilan birga jamiyat fan va texnikasining rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biri bо‘lsa, har bir xalqning ma’naviyat jihatdan boyligini, ahloqan yuksak pog‘onada ekanligini. Insonparvarligini aniqlovchi mezonlardan biri ularning nogironlarga va shu jumladan turli sabablarga kо‘ra aqli zaif bо‘lib qolgan bolalarga munosabati, diqqat e’tiboridir.

Bu xalq maqollarida, hadislarida, diniy rivoyatlarda yetarli darajada о‘z ifodasini topgan. Shu sababli ulug‘ ota bobolarimiz Ibn Sino, M. Ulug‘bek., Al-Xorazmiylar ham sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tiborlarini qaratganlar.

Jamiyatimizning yangilanishi va demokratlashuvi, О‘zbekistonning davlat mustaqilligini qо‘lga kiritishidan keyin yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar munosabati bilan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sifatlarini oshirishga bо‘lgan tashkiliy, psixologo – pedagogik hamda metodik yondashuvni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaralyapti.

О‘zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati «О‘zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi tо‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilanadi. Bu qonun aholining mazkur guruhiga boshqa fuqarolar Bilan teng asosda tо‘laqonli hayot kechirish, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdek, о‘zining fuqarolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha tadbirlar tizimini kо‘zda о‘tishi. Mazkur qonun Respublikamiz mustaqillikni qо‘lga kiritgandan keyin tez vaqt ichida qabul qilindi va umuman olganda davlat Bilan aholi sog‘ligini himoya qilish, nogironlikni oldini olish va nogironlarning jamiyat hayotiga singishib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratishga safarbar qilingan ijtimoiy jamiyatlar о‘rtasidagi munosabatlarni yо‘lga qо‘yadigan dastlabki jiddiy huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarni ijtimoiy tiklash bо‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish Bilan chambarchas bog‘liqdir.

Butun Dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga kо‘ra dunyoda aqli zaiflar aholining 3%ni, son jihatdan 10000 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Bilamizki, rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalar orasida ham eng kо‘p foizni aqli zaif bolalar tashkil etadi. Chunki aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabablar juda kо‘p.

Aqli zaiflik nima? Aqli zaiflik deganda bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un pasayishini tushunamiY.

Respublikamizda barcha bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Shular qatorida aqli zaif bolalar uchun ham barcha qulayliklarga ega bо‘lgan maxsus muassasalar mavjud («Ta’lim tо‘g‘risidagi qonuni” 23-modda).

Maktabgacha tarbiya oligofrepedagogika kursining predmeti aqli zaif maktabgacha yoshdagi bolalarning о‘qitish va tarbiyalashning nazariy asosi hisoblanadi. Bu kursning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- aqli zaif bolaning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish;

- aqli zaif bolalar nuqsonining rivojlanishi va uni bartaraf etish hamda ularni psixik rivojlanishi haqidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan bilimlar Bilan talabalarni qurollantirish;

- maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalar hayotini tashkil etish va ularga ta’lim berish metodlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirib borish.

Bu kursda asosiy diqqat aqli zaiflikning yengil va о‘rta darajasidagi bolalarni о‘qitish va tarbiyalash masalasiga qaratilgan bо‘lib, xudi shu diagnozdagi bolalar maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy kontingenti hisoblanadi.

Nima uchun maktabgacha tarbiya oligofrenopedagogikasiga alohida bо‘lim ajratilgan va u predmet sifatida о‘rganiladi degan savollar tug‘ilishi mumkin. Chunki maktabgacha yosh davri har bir bolani, shuningdek nuqsoni bolani har tomonlama rivojlanishida kata ahamiyatga egadir. Fikrimizga aniqlik kiritish uchun bolalar yoshi haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz.

Bolalarning yoshi uch davrga bо‘linadi.

1 davr. Gо‘daklik davri: - tug‘ilgandan 1 yoshgacha bо‘lgan bolalar kiradi.

2-davr. Ilk bolalik davri: 1 yoshdan 3 yoshgacha bо‘lgan bolalar kiradi.

3-davr. 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar kirib, bu davr maktabgacha davr hisoblanadi.

Maktabgacha yoshda bolaning jismoniy, aqliy va ahloqiy rivojlanishiga muhim о‘zgarishlar yuz beradi.

Agarda bu davrda bolani rivojlanishiga yaxshi ahamiyat berilmasa yoki uning rivojlanishi uchun kerak bо‘lgan manbalardan yetarlicha foydalanmasa, buning natijasida kelib chiqqan boladagi kamchiliklarni bartaraf etish juda qiyin bо‘ladi.

Maktabgacha tarbiya nazariyasining rivojlanishida rus olimlari YE.A Arkin, P.P.Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontyev kabi pedagoglar muhim rol о‘ynaydilar. Ularning kо‘rsatishlaricha bolaning rivojlanishida о‘qitish va tarbiyalash hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Bolaning rivojlanishi bir qator о‘zaro bog‘liq bо‘lgan bosqichlardan о‘tadi. Bu bosqichlar kishining yoshi va hayot mazmuni Bilan bog‘liqdir. Har bir bosqichda kishining bir rivojlanish sikli tugallanadi va uning natijasi kо‘rinadi. Bu natija bolaning bundan keyingi kamoloti uchun qulay sharoit yaratadi.

Masalan ilk yoshda bola turli harakatlar qila biladi, sо‘zlay oladi, bu esa uning о‘sishi natijasidir. Shu bilan birga uning maktabgacha tarbiya yoshida muvaffaqiyat bilan о‘sib borishi uchun shart sharoit yaratadi.

Bolaning tevarak-atrofdagi kishilar bilan munosabatda bо‘lishi, bilm va tajribalarni egallashi. Tevarak atrofdagi narsalarga bо‘lgan munosabatining о‘zgarishi uning ulg‘ayishini belgilab beruvchi asosiy omillardir.

Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning insoniyat tо‘plagan boyliklarni о‘zlashtirib olishi ularda qobiliyatlarning rivojlanishi, ong. His-tuyg‘ular. Xarakterning irodaviy sifatlari, shaxs ahloqining tarkib topishi uchun muhim va zarur bо‘lgan shartlaridan biridir. Bolalarning о‘sib ulg‘ayishida ularning faoliyati-о‘yin, mehnat katta ahamiyatga ega, о‘yin va mehnat jarayonida ular hayot tajribalarini egallaydilar.

Maktabgacha oligofrenopedagogika fani о‘zi uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan materiallarni bera oladigan bir biriga bog‘liq bо‘lgan qator fanlarga tayanadi.

Boshqa fanlar bilan aloqasi. Aqli zaiflikni asosida markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi yotadi. Shuning uchun maktabgacha oligofrenopedagogika fani bolalarni klinik tomondan о‘rganadigan ma’lumotlardan foydalanishi lozim. Nuqsonli bolalarni klinik jihatdan о‘rganish haqidagi ma’lumotlarni esa fiziologiya, genetika, psixiatriya, nevropotologiya kabi fanlar о‘z ichiga oladi.

Maktabgacha oligofrenopedagogika fani yana umumiy psixologiya va maxsus psixologiya fani bilan ham bog‘liqdir. Chunki normal bolalarni shuningdek. Aqli zaif bolalarni ham psixik rivojlanish jarayoni о‘rganmasdan turib, ular bilan о‘quv va tarbiya ishlarini olib borish mumkin emas.

Maktabgacha oligofrenopedagogika Fani umumiy va maxsus oligofrenopedagogika fanining bir sohasi hisoblanadi. Shuning uchun bu Fan pedagogika fanining barcha asosiy prinsiplaridan foydalanadi.

Maktabgacha tarbiya oligofrenopedagogikasi bir qator metodlardan foydalanadi. Ular quyidagilardir: kuzatish, eksperiment, bolani rivojlanish tarixini о‘rganish, suhbat, bola faoliyatini о‘rganish metodlari.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish