Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Maktabgacha davrida aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari



Download 357,25 Kb.
bet6/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Maktabgacha davrida aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari.

Aqliy rivojlanishning yetishmovchiligida asosiy salbiy omillar bu qiziquvchanlik (oriyentirovka) ning zaiflgi va bolaning yangilikni yaxshi о‘zlashtira olmasligidir. Bu aqli zaiflikning ichki biologik (yadroviy) belgisidir. (Vigotskiy L.S. 1983)

Aqli zaiflik bola hayotining dastlabki davrida yoki homilaning rivojlanishini turli bosqichlarida markaziy nerv sistemasining (asosan bosh miya kata yarim sharlari pо‘stlog‘ining) jarohatlanishi natijasida yuzaga kelishi tufayli aqli zaif bolalarning ilk rivojlanishi xususiyatlarini bilish ularning psixik rivojlanishini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki aqli zaif bolaning rivojlanish qonuniyatlari normal bolaning rivojlanish qonuniyatlaridek kechadi. (G.Y.Troshin.. L.S.Vigotskiy). Shuning uchun aqli zaif bolalarga ham umum qabul qilingan yosh davrlarga bо‘lish taalluqlidir. Bunda aqli zaif bolalarning hayot davrlari ham shartli rivishda gо‘daklik, ilk yo shva maktabgacha tarbiya va maktab yosh davrlariga ajratiladi.

Gо‘daklik davri (2 oylikdan 1 yoshgacha).

Aqli zaif bolaning rivojlanishi uning birinchi yashash davridanoq, normal bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Kо‘pchilik oligofren bolalarda bо‘ynini tutish, о‘tirish, turish, yurish kabi holatlari rivojlanishi kechikib qoladi. Aqli zaif bolalarning tevarak – atrofga bо‘lgan qiziqishining pastligi, befarqligi kuzatiladi. Normal bola bir oylikka tо‘lgach katta yoshdagi kishining yuziga, rangdor va yaltiroq narsalarga uzoq vaqt tikilib tura oladi. Shuningdek, odamlar bir yerdan ikkinchi yerga siljigan vaqtida ularni kо‘zi bilan kuzatib turadi. Bu holatlar aqli zaif bolalarda rivojlanmagan bо‘ladi. Shuning uchun bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq ularda kо‘rish va eshitish qobiliyatini о‘stirish zarur. Kо‘rish qobiliyati bilan eshitish qobiliyatini о‘stirish – bolalarda umumiy о‘sishi uchun tevarak atrofdagilar bilan munosabatda bо‘lishi uchun. gu-gulashi va harakat qilishi uchun katta ahamiyatga egadir. Bu davrda bolalarni turli ovozlarga kattalarning nutqiga, shaqildoqning, musiqa asbobining ovoziga quloq sola bilishini о‘stirib borish kerak.

Aqli zaif bola birinchi yashash davrida tanish va begona kishilarni ajrata olmaydi. Bu davrda bola osib qо‘yilgan shaqildoqni ushlab olishga. Uni qо‘lidan mahkam tutib turish uchun unga qо‘lini uzatishga harakat qiladi. Aqli zaif bolada bu jarayonlar Ushbu davrda rivojlanmagan bо‘ladi. Aqli zaif bolalarning nutqi normal rivojlanib bormaydi. Bokaning tili chiqishiga yaqinlashib qolishi shunda namoyon bо‘ladiki. Bola tez-tez har xil bо‘g‘inlarni talaffuz qila boshlaydi. Ularni anchagacha hadeb takrorlaydi.

Aqyli zaif bolalarda bu jarayonlar kechikib rivojlanadi. Aqli zaif bolalarda ortikulyatsiya apparat va fonematik eshituvni rivojlanmaganligi bola nutqini rivojlanishini kechikishiga sabab bо‘ladi. Bolalar bu yosh davrda emaklashlari. О‘tirishlari. Narsalarni ushlab turishlari lozim. Aqli zaif bolalarda harakat qilish passiv bо‘lib, ular normal tengdoshlariga nisbatan kech emaklaydilar. Yuradilar. Aqli zaif bolalarning harakatini passivligi ularni jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Kattalarning rivojlantiruvchi ta’sirlari amalga oshmaydi. Yaqin rivojlanish zonasi kengaymaydi. Jismoniy imkoniyatlarning va psixik jarayonlarning shakllanishidagi senzettiv davr о‘tib ketadi. Chunki bolalarning harakati, emaklashi tana muskullarining о‘sishiga va harakatlarning uyg‘unlashuviga yordam beradi.

Ilk yoshdagi bolalar (1 yoshdan 3 yoshgacha).

Normal bolalar 2 yoshda yurib ketadilar. Ba’zi aqli zaif bola bu yoshda yurib ketishlari mumkin. Lekin kо‘pchilik aqli zaif bolalarda yurish harakatlari juda kechikib rivojlanadi. Ba’zi bolalarda 3 yoshning oxirlariga kelib yurish holatlari kuzatiladi.

Aqli zaif bolalarning harakati normal bolalar harakatidan farq qiladi. Ularda bо‘sh. Beо‘xshov qadam tashlash, sekin harakatlarni kuzatish mumkin.

Yurishni о‘rganish bolani umumiy psixik rivojlanishiga kata ta’sir kо‘rsatadi. Yurishni egallagandan sо‘ng Yangi rivojlanish bosqichi – tevarak atrofdagi predmetlar dunyosini о‘zlashtirish bosqichi boshlanadi.

Kattalardan mustaqil bо‘lib, bola shu vaqtgacha unga tanish bо‘lmagan predmetlarni о‘rganadi. U amaliy ravishda fazodagi yо‘nalish va masofani о‘zlashtiradi. Kо‘pgina predmetlarning xususiyatlari bilan tanishadi. Buning natijasida predmetli harakatlarning shiddatli rivojlanishi kuzatiladi.

Bolaning predmet Bilan har qanday harakati predmetli harakatga kirmaydi. Predmetli harakat deb predmet о‘zining funksional vazifasiga muvofiq foydalanishiga aytiladi. Masalan, agarda bola qoshiqni qо‘liga olib u bilan stolni taqillatsa – bu predmetli harakat emas, balki manipulyatsiyadir, chunki qoshiqning vazifasi boshqa: agarda bola qoshiqdan ovqat yeyish uchun foydflfnsa – bu predmetli harakatdir.

Bu davr aqli zaif bolalarda qanday kechadi? Aqli zaif bolalarda predmetlar dunyosi Bilan sof tanishi yuz bermaydi. Ularning kо‘pchiligida atrofdagi predmetlar dunyosiga qiziqish quyidagi tarzda namoyon bо‘ladi: bolalar nigohi tushgan barcha predmetlarni qо‘llariga oladilar, ammo ularning xususiyatlariga, vazifalariga qiziqmaydilar, aqli zaif bolalarning kо‘pchiligi kattalar ularning qо‘liga bergan predmetlarni ham tashlab yuboradilar.

Predmetli faoliyatning rivojlanishi. Normada rivojlanayotgan bolalar hayotining ikkinchi yilida predmetli harakatlarni о‘zlashtirish asosida predmetli faoliyat shakllanadi, uchinchi yilida esa bu faoliyat yetakchi faoliyatiga aylanadi. Yetakchi faoliyat sifatida u bolaning psixik rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

Predmetli harakatlarning barchasi ham bolaning rivojlanishiga bir xil ta’sir etmaydi. Idrok va tafakkurning rivojlanishiga, sо‘ngra bolaning nutqini rivojlanishiga «moslashtirish” va “asbobli” harakatlar kо‘proq ta’sir kо‘rsatadi.

“Moslashtirish harakatlari” – bu predmetlar bilan shunday harakat qilishga aytiladiki, unda bola bir predmetni boshqa predmetga moslab olishi yoki predmetlarning bir qismini uning xususiyati, belgisiga qarab boshqa predmetga moslashishi lozim. Masalan, qutini yopish uchun unga kata – kichikligi va shakliga qarab qopqoq tanlashi lozim. Bunda idrok va tafakkur rivojlanadi. Shunday moslashtirish harakatlari prinsipida bizga ma’lum barcha didaktik о‘yinchoqlari asoslangan.

Qurolli harakatlar – bu harakatlar jarayonida bir asbob – predmet boshqa predmetlarga ta’sir etish uchun foydalaniladi. Qurollar shunday harakatlarni bajarishga yordam beradiki, bunda ularsiz bu harakatlarni bajarish imkoni bо‘lmaydi. (qoshiq, vilka, qalam, bolg‘a, bolta, pichoq, qaychi, nina va h.k). Harakat asboblaridan foydalanishda bolaning qо‘li uni qо‘llash mantig‘iga bо‘ysunadi. Bola manipulyatsiya qilayotgan yoki moslashtirish harakatlarini qilishda predmetlarning xususiyatlarini о‘z shaxsiy tajribasi asosida anglab borsa, asbobli. qurolli harakatlardan foydalanish usulini kattalardan о‘rganish lozim. Qurolli harakatlarni о‘zlashtirib olish bolaning ijtimoiy muhitiga moslashishida muhim ahamiyatga ega.

Predmetli faoliyatni yuzaga kelishi davrida normal rivojlanayotgan bolada har bir predmetning tashqi kо‘rinishigagina emas, balki uning vazifasiga, qо‘llash usuliga qiziqish uyg‘onadi (masalan, bu bilan nima qilish mumkin? Tarzida) Shu sababli bolalar qо‘liga tutgan har bir predmet bilan uzoq manipulyatsiya qiladilar. Bunda bolalarda predmetning nom iva ular bilan qilinadigan harakatlarga qiziqish uyg‘onadi. Ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda predmetli harakatlar shakllanmaydi. Ularning ba’zilari о‘yinchoqlarga qiziqmaydilar. Ularni qо‘lga olib manipulyatsiya qilmaydilar. Bundan tashqari manipulyaqiya noadekvat harakatlar Bilan almashtirilib turiladi.

Noadekvat harakatlar deb shunday harakatlarga aytiladiki, bunda predmetdan foydalanishda predmetlar dunyosidagi predmetning roli bilan undan foydalanish mantig‘iga qarshi harakat qilinadi. Masalan, qо‘g‘irchoq bilan stolni taqillatish, katta mashinani kichik garajga kirgizishga harakat qilish. Bunda bilish – mо‘ljalash faoliyati bо‘lmaydi va bunday harakatlar bolaning rivojlanishiga yordam bermaydi.

Noadekvat harakatlarning mavjudligi – aqli zaif bolaning xarakterli xususiyatidir.

Ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqning shakllanishi uchun zarur bо‘lgan dastlabki zaminlar: predmetlar bilan harakat qilish, kattalar bilan hissiy muloqat, artikulyatsiya apparatining va fonematik eshitishning tayyorligi bо‘lmaydi. Kо‘pchilik ilk yoshdagi aqli zaif bolalarning faol nutqida birinchi sо‘zlar 2 yoshdan sо‘ng paydo bо‘ladi. Jumlalar esa 3 yoshgacha paydo bо‘lmaydi. Natijada ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutq aloqa vositasi va bolaga ijtimoiy tajribani berish vositasi bо‘lib xizmat qila olmaydi. Shuningdek nutq faoliyatni boshqarish funksiyasini ham bag‘riga olmaydi.

Shuni e’tiborga olish lozimki, aqli zaif bolalardagi ba’zi nuqsonlar predmetlar bilan harakat qilishni о‘zlashtirishdagi orqada qolish nutqning о‘z vaqtida rivojlagnmay qolganligi va nuqsonlari bilish jarayondagi orqada qolishlar ikkilamchi xarakterga ega bо‘ladi. Aqli zaif bolalarning hayotini tо‘g‘ri tashkil etish, maxsus ta’limni erta boshlashda Ushbu nuqsonlarni oldini olish va korreksiyalash mumkin.

Bunda bolalarni ba’zi bir uy-rо‘zg‘or buyumlari va о‘yinchoqlardan foydalana bilishga о‘rgatish, bularning kо‘rish, eshitish va sezish idroklarini о‘stirishni davom ettirish, buyumlar va ularning sifati haqida boshlang‘ich tasavvurlarni tarkib toptirish, taqlid qilish qobiliyatini о‘stirish; tevarak atrofdagilarning nutqini tushunishni takomillashtirib borish, xatti – harakatning qaror topgan qoidalariga rioya qilishga о‘rgatish zarur.

Bolalarning kattalar Bilan munosabatda bо‘lishi. Uning о‘sib borishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bolada taqlid qilish qobiliyati о‘sib boradi. Bu esa bolaning hamma hatti-harakatlarini takomillashtirib borishi, jumladan. gapira boshlagan va о‘yin faoliyatining о‘sishida juda katta ahamiyatga egadir.

Tevarak atrofdagilarning nutqini darov tushunish qobiliyati aqli zaif bolalarda sekin о‘sib boradi. Normal bola 2 yoshda qisqa – qisqa jumlalar bilan turli gap bо‘laklarini ishlatib, sо‘zlay boshlaydilar. Ayrim aqli zaif bolalarda esa 2 yoshda hali nutq shakllanmagan bо‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi. Bu bizga ma’lum bо‘lgan ilk yoshdagi rivojlanishining davomidir.

Maktabgacha yoshdagi normal bolalarning psixik rivojlanishida katta о‘zgarishlar bо‘ladi. Ularda idrok tafakkur rivojlanib boradi. Aqli zaif bolalarda esa bu psixik jarayonlarning hammasi kechikib rivojlanadi. Ayrim aqli zaif bolalarda bu psixik jarayonlarning rivojlanishi juda sekin sur’atda о‘tadi.

Normal bolalar tevarak atrofdagi kishilarning ish – harakatlarini о‘yinlarda mustaqil suratda aks ettira boshlaydilar. Ular birgalikda о‘ynaydilar. Normal bolalarni faoliyatining Yangi turlariga о‘rgatish mumkin bо‘lib qoladi. Aqli zaif bolalarda bu jarayonlarni sekinlik Bilan rivojlanganligini guvohi bо‘lish mumkin.

Aqli zaif bolalarda о‘yin faoliyati о‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Aqli zaif bolalarda о‘yin faoliyatini rivojlanmaganligigini sababi intellektni buzilganligidir.

4-5 yoshli normal bolalar tevarak atrofdagi voqelikka nisbatan faol harakatda bо‘ladilar. Syujetli roli о‘yinlar mazmuni murakkablashib boradi. Bu yoshdagi aqli zaif bolalar esa endigina о‘yinchoqlar bilan munosabatda bо‘la boshlaydilar.

Aqli zaif bolalarning nutqi ham о‘zining normal tengdoshlarnikidan farq qiladi. Ularni birinchi sо‘zlari 3 yoshda. Jumlalar esa maktabgacha yoshning oxirlariga borib shakllanadi. Ular nutqining fonetik va grammatik tomonida kо‘p kamchiliklar kuzatiladi. Lug‘at boyligi kambag‘al, passiv nutqi faol nutqiga nisbatan ustun bо‘ladi. Xotira turg‘un buzilgan bо‘ladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq bir maqsadga qaratilgan bо‘lmaydi.

Psixik jihatdan kamol topib borish bir qator yosh davrlarni о‘z ichiga oladi, bu davrlarning har birining о‘z xususiyati bor. Kamol topib borishdagi yosh davrlarining xususiyatlarining bilish nihoyatda muhimdir. Chunki shaxsning psixik xususiyatlarining tarkib topishini о‘z ichiga oladigan bir butun jarayonda har bir yosh bosqichi undan ilgarigi bosqichga chambarchas bog‘langan bо‘ladi. Kamol topib borishning bundan avvalgi har bir bosqichi bamisoli navbatdagi bosqich uchun baza yaratadi. Bolaning kamol topib borishining butun jarayonidagi xalqalardan biri bо‘ladi. Biror yosh davrda kamol topib borishning buzilishi navbatdagi davriga muqarrar sur’atda salbiy ta’sir kо‘rsatadi.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish