Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “G” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “G” tovushi undosh tovush. Men “G” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “G”. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “G” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi. Biz yana qanday undosh tovushlarni o’rganganmiz? (“N”, “L”,”Sh”, “B”, “V”, “Q”…)
Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Guli guldonda gul keltirdi.
Tarbiyachi “G” tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (gul, gilos, gulxan...) kelgan rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Tarbiyachi mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |