Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
1. 14-yanvar qanday kun?
2. Kimlar kuchli va botirlar?
3.Askarlarimiz Vatanimizni kimlardan himoya qiladi?
4.Armiyamizda qanday qurollar bor?
5. Askarlar haqida kim she’rni yoddan aytib beradi?
4-mashg’ulot
Mavzu: rasmlarni nomlash (“D” tovushi) va ular ishtirokida gap tuzish
Maqsad: Rasmlarni nomlaganda so’zdagi har bir tovushni to’g’ri talaffuz qilish. Bolalarga berilgan rasmlar asosida mustaqil gap tuzishga o’rgatish. So’zlar gapda bog’lanishi haqida tushunchalarini mustahkamlash. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lish.
Vazifalar:
Rasmlar orqali gap haqida tushunchalarini mustahkamlash, lug’atni faollashtirish.
Bog’lanishli nutq- gap tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Gapni so’zlarga bo’lishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |