Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Bugun bolalar, qaysi tovushi ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “D” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “D” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “D” tovushi so’zning oxirida keldi?
5-mashg’ulot
Mavzu: M.Murodovning “Ikki niyat” hikoyasi asosida qayta hikoya qilish
Maqsad:
Asar mazmunini mantiqiy izchillikda hikoya qilishga o’rgatish. Asar voqealarini so’zlayotganda ovoz ohangining xilma-xilligi, so’roq, his-hayajon kabilarni qo’llay olishlariga erishish.
Vazifalar:
Bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. So’zlarni aniq va burro aytish.Maqoldagi so’zlarni aniq va burro talaffuz qilish.“B” tovushi ustida ishlash. Gapni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |