Barmoqlar mashqi
Tarbiyachi she’rni o’qib turadi. Bolalar harakatni bajaradilar.
Qushlar
Qushlar shohda sayraydi,
Uchib, qo’nib yayraydi,
Shamol esadi g’ir-g’ir
Yaproqlar shildir-shildir.
Ikkala qo’l barmoqlari qush qanoti singari past-balandga harakatlantiriladi, so’ngra kaftlar ochilib bir-biriga qaratilgan holatda egilib, shamol esganga o’xshash harakat bajariladi.
Tarbiyachi bolalardan qushlar haqidagi bilgan she’rlarini aytib berishlarini so’rashi mumkin.
Kichkina qushcha Sh. Sadulla
|
Qarg’a D. Ikromova
|
Hay, hay chumchuq,
Jajji qush,
Shoxda turma, pastga tush!
Erta-yu kech tinmaysan,
Charchamoqni bilmaysan.
Chirqillaysan izlab don,
Mana chumchuq, senga don!
Qorning to’ysa aytasan,
So’ng uyingga qaytasan!
|
Qorlar yog’dirgim kelar
Ayozda uchgim kelar
Qor-qor, qani yog’ deyman
Oppoq bo’lsin bog’ deyman.
Gupillab qor yog’adi
Menga juda yoqadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |