Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?"
- “T” tovushi ishtirok etgan so’zlarni ayting.
-Qaysi parrandaning nomida “T” tovushi bor? (tovuq)
-Qaysi daraxtning nomida “T” tovushi bor?(tut)
8-mashg’ulot
Mavzu: Suratga qarab hikoya tuzish: “Tish yuvish odobi”
Maqsad:
Surat asosida tasviriy hikoya tuzishga o’rgatish.
Vazifalar:
Bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish.So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.Tovushlarni so’zlarda aniq aytish. Gapirganda so’zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.
“Sh-S” tovushlari ustida ishlash. Shu tovushlar ishtirok etgan so’zlarni aniq va to’g’ri talaffuz etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |