Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning so’zlashuv nutqi rivojlanadi.
Bolalarning so’zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasi mustahkamlanadi.
Bolalar shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
“Tish yuvish odobi” mavzusida surat
Mashg’ulotning borishi
Bolalarga ko’rinarli qilib “Tish yuvish odobi” mavzusidagi surat ilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati o’tkazadi. Bolalar, o’z-o’zini parvarish qilish deganda nimani tushunasiz?(Bolalar javoblari)
To’g’ri bolalar, o’z-o’zini parvarish qilish deganda– o’zini toza tutish, ozoda yurish , tishni yuvish, orasta va toza kiyinish, tirnoqlarni ozoda tutish, sochga qarash tushuniladi . Bugun biz tishlarni qanday tozalash kerakligi haqida suhbatlashamiz.
Bilasizmi, nima uchun tishlarimizni yuvamiz? (Bolalar javoblari)
Siz tishlaringizni qanday tozalaysiz? ( Bolalar javoblari )
Tarbiyachi : To’g’ri, bolalar, tishlarini tozalashda avval og’iz iliq suvda chayiladi, so’ngra tish cho’tkasini suvga botirib, “Bolalar tish pastasi” surib olinadi va tishlar jipslab turgan holda oldinga va yon yuzalari bo’ylab ishqalanadi. Bunda cho’tkani pastdan tepaga qarab yoki aksincha yurgizish kerak. Shundan so’ng og’izni ochib jag’ tishlarini va tishlarning ichki yuzasini tozalash kerak. Tishlarni tozalab bo’lgach og’iz pasta qolmagunga qadar chayiladi. Qarabsizki tish toza bo’ladi.
Tarbiyachi bolalar diqqatini suratga jalb qiladi.
1. Suratda kim tasvirlangan?
2. Bola nima qilyapti?
3. Suratga nima deb nom berish mumkin?
Tarbiyachi: Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qiling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting? So’ngra “Bola qaerda tish yuvyapti? U tishni qanday tozalayapti?” shular to’g’risida hikoya tuzasiz. Hikoyangizni qiziqarli tugating (Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).
Tarbiyachining namuna hikoyasi.
Men ertalab uyqudan turdim. Yuz qo’limni sovunlab yuvdim. Tishlarimni tozaladim. Tish yuvishni menga dadam o’rgatganlar. Men cho’tkani ushlab turdim, dadam esa tish cho’tkaga pastani surib qo’ydilar. Men cho’tkani erinmay pastga, tepaga qarab yurgazdim. Tishlarning orqa tamonini ham tozaladim. Men og’zimni yaxshilab chayqadim. Shundan so’ng tishlarim toza bo’ldi. Men tish yuvganimda suvni isrof qilmaslikka harakat qilaman. Suvni isrof qilmaslik bizning burchimiz. Doimo ozoda yurganim uchun, men sog’- salomat yuraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |