o‘zlashtirishga imkon beradi va ta’lim jarayonini jadallashtiradi.
albatta, natijani aniqlashi mumkin.
52
5-9-sinflardagi darslarda tezlik o‘quv materialini
egallashning borishida ham, qo‘shimcha mashqlar yo‘li bilan
ham rivojlanadi. Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi
chorak uchun odatdagidek, yengil atletika va sport o‘yinlari
bo‘limiga ajratiladi. Bu yerda o‘rganilanadigan materialning
o‘zi tezlikni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi chorakda kurashning unsurlari va gimnastika
bo‘limidagi
materiallar
o‘rganiladiki,
ular
tezlik
imkoniyatlarining o‘sishiga teskari ko‘maklashadi. Bu yerda
tezkorlik kuch xarakterining sakrab o‘tish turidagi mashqlar
seriyasi, estafetalar, arg‘amchi bilan mashqlar va milliy
o‘yinlarni darsga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Maktab
o‘quvchilarida
tezkorlik
qobiliyatini
rivojlantirishning katta zaxirasi jismoniy mashq va o‘yinlar
mustaqil mashg‘ulotlar xizmat qilishi mumkin. O‘yinlar
zaxirasining ko‘payishi ularning uyushtirish unsurlarini
o‘rgatish –jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidir.
O‘smirlar kuchining rivojlanishi uchun maksimal takrorlash
mashqini 6-8 marta tavsiya qilish mumkin. Kuch mashqini
egiluvchanlik mashqi bilan navbatma-navbat almashtirib turish
maqsadga muvofiqdir.
Egiluvchanlikni tarbiyalash yangilikning unsurlari
mavjud bo‘lishining majburiy shartidir. Yangi harakatlar
o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, ular uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa
o‘rgatish qobiliyatning yuqori darajada ta’minlanganligini
bildiradi. Chaqqonlik rivojlantirishning muqarrar shartidir.
Umumiy chidamlilikni oshirish maqsadida mashqning
o‘zgaruvchan va bir xil tekisligi uslublaridan foydalanish kerak.
Yuqori sinflardagi yigit va qizlarda jismoniy sifatlarni
tarbiyalash vazifasi ularning rivojlanishidagi biologik
qonuniyatlar munosabatidan farq qiladi. Ilgari ta’kidlab
o‘tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o‘sishi 14
53
yoshda to‘xtaydi, ayni vaqtda yigitlarda bu sifatlar bir necha
yillar davomida rivojlanadi.
Bo‘g‘imlarda harakatchanlik qizlarda yigitlarnikidan ko‘ra
yuqori. Bundan tashqari yigitlar katta kuchga ega bo‘lgan
mashqlardan ko‘p foydalansa, egiluvchanlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi
haqida gapirib bering.
3. Maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiyaning
qanday shakllari o‘tkaziladi?