Mavzu: Publitisistik uslub va og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlari



Download 45,5 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi45,5 Kb.
#465210
TuriReferat
Bog'liq
2 5350653661603172782


Mavzu: Publitisistik uslub va og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlari mavzusida referat yozish;
Mavzu:Publitisistik uslub va og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlari
Reja:
Kirish: Uslub. Nutq uslublari haqida maʼlumot
1.Soʻzlashuv(ogʻzaki)uslub
2. Ilmiy va rasmiy, badiiy uslublar
3.Publitisistik uslub va og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlari
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi

2. Ilmiy uslub

3. Rasmiy-idoraviy uslub

4. Ommabop (publitsistik) uslub

5. Badiiy uslub

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.

O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.

1. So’zlashuv uslubi

Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.

So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!

So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.

Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).

2. Ilmiy uslub

Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.

Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

3. Rasmiy-idoraviy uslub

Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi.


Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.

4. Ommabop (publitsistik) uslub

Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi:

Axborot oqimi nihoyatda kuchaygan davrda uni tezkor, aniq, mazmunli, qisqa va ta’irchan ifodalash eng muhim muammolardan biriga aylanib boraveradi. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari(OAV)ning jamiyatdagi roli ulkan. Chunki mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularning samarasi haqida aholiga keng, aniq, tezkor ma’lumotlar berish, kishilarni yangi rejalar sari yo'naltirishda o'z vazifasini munosib bajarib kelmoqda. OAV vositalari jamiyatimizdagi uch hokimiyat – qonun chiqaruvchi, ijro va sud tizimi bilan birga islohotlarni yoritish, aholini xolis axborot bilan ta’minlash, kishilar ongini shakllantirishda Hukumat va xalq o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajarmoqda. OAVga qo'yiladigan asosiy talablardan bir tezkor, xolis va ta’sirchan axborot yetkazishdir. Uning ana shu xususiyatlarini davr talabi asosida o'rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’sirchan axborotni ta’minlashda gazeta sarlavhalarining ham ma’lum darajada o'rni bor.


Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar sabab OAVda janrlar On oshirish sohalarida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Gazeta sarlavhalarining o'ziga xosligini ta’minlashga, ularning reklamaliligini oshirishga xizmat qiluvchi til vositalaridan foydalanishga e’tibor kuchaydi. Sarlavha ta’sirchanlikni oshirishda gazeta tilida muhim stilistik vosita hisoblanadi. Istiqlol yillari gazeta sarlavhalarining stilistik xususiyatlarini o'rganish sohasida maxsus ilmiy tadqiqotning hozircha yaratilmaganligi bu sohada izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Jamiyat uchun munosib fuqarolar, eng muhimi, barkamol insonlarning tarbiyasida badiiy adabiyotning o'rni nihoyatda katta. U inson ongiga tez ta’sir eta oladigan va uni har tomonlama tarbiyalaydigan vositalardan biridir. Badiiy asarlar orasida mazmunli va ixcham janrlardan biri hikoyaning ahamiyati juda kattaligini e’tiborga olganda, ularni o'qimishli qilish, o'quvchi e’tiborini tortishda sarlavhaning muhim o`rin tutishini unutmaslik lozim. Hikoya sarlavhalarining stilistik xususiyatlari, ularning ta’sirchanlikni ifodalashdagi alohida imkoniyatlari maxsus tadqiq etilmagan.


O'zbek tilshunosligida publitsistik uslub. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye materiallari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada "publitsistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publitsistika janrlari" terminining qo'llanishi mustahkam o'rnini egallagan. Lekin o'zbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha o'zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publitsistika janrlari" termini bilan birga parallel qo'llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo'yicha aniq o'z tasnifiga ega emas. O'zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo'yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.

Rus tilshunosligida gazeta materiallari janrlari bo'yicha aniq tasnifiga ega. O'zbek vaqtli matbuotida ham XX asr boshidan janrlar yuzaga keldi. Vaqtli matbuot rivojlanishi bilan janrlarning o'ziga xos xususiyatlari, farqli tomonlari, yangi turlari paydo bo'ldi va taraqqiy etdi. Janrlar haqida fikr yuritilganda, o'zbek tilshunosligida "publitsistik janr" deyiladimi yoki "gazeta janri"mi, bundan qat’iy nazar, ularning miqdori, to'liq turlari haqida aniq tasnif yo'qligi bu sohadagi ishni ancha murakkablashtirdi.

"Gazeta tili", "Gazeta janrlari uslubiyati" maxsus kurslari dasturi hamda "Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)" kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda o'zbek tilshunosligida "gazeta janrlari"ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim.

T.Qurbonov tadqiqotlarida publitsistik uslub janrlari. U publitsistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq.

S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmog'i - gazeta publisistikasi janri sifatida quyidagilarni ko'rsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, sharh, obzor, taqriz, matbuot, ocherk, felyeton, pamflet.

O'zbek badiiy publisistikasining xususiyatlari tog'risida qator tadqiqotlar yaratgan O.Togayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida baholagan edi. U o'z tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib ko'rsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bolishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir.

Felyeton janrining tarixi, uning o'zbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u "matbuot janri", "satirik janr", "satirik-publisistika janri" terminlari ostida baholangan. O'rni bilan "adabiy va badiiy publisistika janrlari" termini ham qo'llanilgan. "Matbuot janrlari" sifatida informatsion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qo'llagan bo'lsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnallar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish mumkinligini ham ko'rsatadi.

A.Boboyeva "gazeta janrlari" mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham ("ijtimoiy-publisistik", "badiiy-publisistik") diqqatni tortadi.

Keyingi paytlarda o'zbek tilshunosligida "gazeta tili", "gazeta uslubi", "gazeta janrlari" tushunchalari tobora mustahkam o'rin egallamoqda. I.Toshaliyev "gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi"ni quyidagicha belgilaydi: "Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar". U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o'z tasnifida qayd etgan.

G.Gafurov "publisistik janrlari" va "jurnalistik janrlar" terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: "1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha".

Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali obrazli tarzda ta’sir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, "informasion" yoki "axborot" janrlari, "badiiy-publisistik janr", "analitik janr" terminlarini ishlatganlar.

A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida o`rganilgan: 1. AXBOROT (INFORMASION) JANRLARI. 1. Xabar: xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi


Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.

So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!

So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.



Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish