49
– mashg‘ulotlarda uzoq davom etgan tanaffuslar ta’lim
jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, yangi mashqni ketma-ket 3-4
darslarda o‘rganish kerak, so‘ngra esa ayrim unsurlarini aniqlash
bilan keyingi mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan takrorlash;
– boshlang‘ich ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘rgatish
vaqtida ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash uslublaridan
foydalanish xususiyatlari;
– ko‘rsatishni nafaqat pedagogning o‘zi bajarishi, balki
ta’limning borishida namoyish qiluvchi sifatida mashqni
yaxshi bajargan bolani tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu
boshqa bolalarni mashqning yengilligiga ishontiradi, ularning
faoliyatini faollashtiradi, harakatni uzlashtirish jarayonini
jadallashtiradi;
– tabiiy ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollardan
ham foydalanilsa bo‘ladi. Bunda bolalar bajara oladigan
mashqlar yoki maketlar, diafilmlar va boshqalar, buyoqli rangli
tasvirlangan bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazmali qurolning aniqligi, barchaga jozibadorligi
bilan mashqning tuzilish asosini, uning asosiy unsurlarini
ajratib ta’kidlash kerak;
– kattaroq ko‘rgazmalikka ko‘maklashuvchi metodik usul
– predmetli mo‘ljallardan foydalanish. Bolalar bilan ishlash
vaqtida quyidagi predmetlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir:
bayroqchalar, rangli fishkalar, tayoqchalar, chambaraklar,
osib qo‘yilgan koptokchalar, xalqalar, shuningdek, polga,
devorga, asfaltga, yulakchalarda bo‘yoq yoki bo‘r bilan
yozilgan ko‘rsatkichlar. Masalan, tog‘li joylarda chang‘ida
yurishni o‘rgatish vaqtida an’anaviy bayroqlar o‘rnida g‘aroyib
jonivorcha ko‘rinishida belgisi qo‘llaniladi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida qattiq gapirish nutqi bilan
mashqning bajarilishini birga olib borish usulidan muvafaqkiyatli
foydalaniladi. Ayniqsa, u guruhli mashg‘ulotlarda tez-tez
foydalaniladi.
50
– Faoliyatni baholash – muhim metodik usuldir. U bolalar
faolligiga ko‘maklashadi. Bolalar mashqlarni bajarayotib dadil
bo‘lishi kerak, bunda urinishi va muvaffaqiyati baholangan
bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash
jarayonida chaqqonlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan
metodik usullar qatoriga quyidagilarni tavsiya etish mumkin.
A) mashqlar bajarilishi vaqtida noan’anaviy boshlang‘ich
va oxirgi holatlarni qo‘llash;
b) mashqlarni «oynali» tarzda bajarish;
v) muvozanat mashqlarini bajarish.
Boshlang‘ich
ta’lim
yoshidagi
o‘quvchilarda
egiluvchanlikni tarbiyalash odatdagidek, baquvvat muskullar
yo‘qligi, to‘qimalar muloyimligining yuqori darajasi va boshqa
omillar munosabati bilan qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Madomiki, chidamlilikni tarbiyalash charchash fonida
mashqlarni bajarish bilan bog‘liq ekan, u holda ular yangi
materialni o‘rgangandan keyin darsning oxirida yoki tezlik va
chaqqonlik mashqlarini bajargandan keyin shug‘ullanishlari
kerak. Chidamlilikni tarbiyalash maqsadida mashqni ko‘p
marta va bir xil tarzda takrorlash kichik yoshdagi maktab
o‘quvchilarini qiziqtirmaydi, bunda shug‘ullanishga ehtiyojni
rag‘batlantiruvchi usullar qo‘llash zarur, buning uchun o‘yin va
musobaqa uslublarini qo‘llash o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: