KIRISH
Xufyona iqtisodiyot (uni
norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb
ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki
davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha
mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan.
Xufyona iqtisodiyotning
rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi
ijtimoiyiqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va
boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat
iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir. Tadqiqotlar va
kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan
mammlakatlarda
birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq
sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati,
vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini,
uni ko‘lamlarini
keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish,
tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy
adabiyotlarda bu masalalar xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq
etilmoqda.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti xususiyatlari
institutsional iqtisodiyot nuqtai nazaridan jamiyatda amal qiluvchi formal va
noformal institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri sifatida tadqiq
qilinmoqda. Shartli ravishda iqtisodiy-huquqiy tadqiqotlarni uch yo‘nalishga bo‘lib
tadqiq etish mumkin:
1)
huquqning iqtisodiy nazariyasi (konsepsiyalari) –
legal biznes
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarining iqtisodiy samaradorligini
(R.Kouz, R.Pozner va boshq.), hamda huquqiy normalarning xo‘jalik amaliyotiga
ta’sirini (R.La Porta) o‘rganish;
2)
xufyona (yashirin) iqtisodiyotni o‘rganish – rasmiy hisobkitob va
nazoratdan yashirinadigan va ko‘pchilik hollarda noqonuniy xarakterga ega
xo‘jalik faoliyati (E. De Soto);
3)
jinoyat va javobgarlikning iqtisodiy nazariyasi – kasbiy faoliyatning
alohida turi sifatida
jinoyatchilarning faoliyatini, hamda jinoyatchilikni
kamaytirishning turli uslublarini samaradorligini o‘rganish (G.Bekker va boshq.)
Ushbu uch yo‘nalish ko‘pchilik hollarda ustma-ust tushadi, lekin predmet va
metodlardagi farq sezilib turadi. Huquqning iqtisodiy nazariyasi rasmiy (“oq”)
iqtisodiyotni o‘rganishadi; xufyona iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar asosan
norasmiy (“kul rang”) sektorga e’tibor qaratishadi; jinoyatchilikning iqtisodiy
nazariyasi kriminal (“qora”) biznesni o‘rganishadi.
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning
iqtisodiy nazariyasi
neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni tadqiq etish
bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va
sotsiologlar shug‘ullanishadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi, integratsiya
jarayonlarining
chuqurlashib
borishi
mamlakatlar
o‘rtasidagi
rasmiy
chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda. Rivojlangan dunyo birlashib
chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har
qanday burchagida yuzaga kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda) usullar
jadal ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu
sababdan iqtisodiyotning
norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini, ularni aniqlash va baholash
usullarini, shu bilan birga unga qarshi kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki
legallashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu
borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24
yanvarda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy
to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sog‘lom
raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi.Vazirlar
Mahkamasi
ikki oy muddatda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin
iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish
dasturini tasdiqlasin”
,
-deb ta’kidlagan.
Xufyona iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri bo‘lgan korrupsiya
jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir etadi. Shu boisdan korrupsiyaga qarshi
kurash va uning oldini olish masalalari barcha mamlakatlar uchun dolzarb
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“
Do'stlaringiz bilan baham: