Makroiqtisodiyoti



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana16.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#497072
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Azamov

4. Norasmiy iqtisodiyot.
Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda 
mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy 
kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va 
ma’muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni 


tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi 
iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan o‘lchanadi
[1]
(1.2.2-
rasm).
1.2.2-rasm. E.Fayg nuqtai nazaridan xufyona 
iqtisodiyot shakllari
[2]
 
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar
shaxslar guruhi, institutsional sub’ektlari o‘rtasidagi moddiy ne’mat va xizmatlar 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish yuzasidan bo‘ladigan 
munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga 
olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Xufyona iqtisodiyot amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va 
real xavf, tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir 
bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, 
investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.
[1] Qarang: Fayg E. Opredelenie i otsenka podpolьnoy i neformalьnoy 
ekonomiki: neo-institutsionalьnыy podxod. –M.: RTTU, 2000. –S.147-148; 
Berkinov B.B

Institutsional iqtisodiyot: o’quv qo’llanma / B.B. Berkinov; O’zR 
oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot un-ti, Institutsional 
va iqtisodiy tadqiqotlar markazi. – T.: Yangi nashr, 2011. – 64-65-betlar.
[2] Fayg E. Opredelenie i otsenka podpolьnoy i neformalьnoy ekonomiki:


neo-institutsionalьnыy podxod. –M.: RTTU, 2000. –S.147-148
1.3. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari.
Xufyona iqtisodiyot rivojlanishi, birinchi navbatda, davlat tomonidan 
iqtisodiyot tartibga solinishiga javoban paydo bo‘lgan munosabat sifatida qabul 
qilinishi kerak. Tartibga solish jarayoni cheklovlarsiz bo‘lmaydi, cheklovlarni 
puxta o‘ylamay joriy etish ularga amal qilmaslikni yuzaga keltiradi, ayniqsa, 
buning oqibatida biron naf ko‘rish mumkin bo‘lsa. Xufyona iqtisodiyotning ko‘p 
turlari (masalan, soliq to‘lashdan bosh tortish) davlat tomonidan tartibga solish 
jarayonidagi kamchiliklar sababli yuzaga keladi, masalan boshqaruvning 
byurokratlashtirilganligi, 
soliq 
stavkalari 
yuqoriligi 
va 
h.k. 
Xufyona 
iqtisodiyotining rivojlanishi, bir tomondan, davlatning aralashuvi haqiqatiga 
munosabatdir. Cheklovlarsiz tartibga solish mumkin emas va asossiz cheklovlar 
ularning buzilishiga olib keladi, ayniqsa bu foydali bo‘lsa. Xufyona 
iqtisodiyotining ko‘plab turlari
(masalan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) ko‘p jihatdan davlat tomonidan 
tartibga solishning kamchiliklari bilan izohlanadi:
– 
menejmentning byurokratizatsiyasi, soliqlarning haddan tashqari 
ko‘pligi va boshqalar. Biroq, hatto eng yaxshi markazlashtirilgan boshqaruv tizimi 
ham xufyona iqtisodiyot hajmini kamaytirishi mumkin, ammo uni bartaraf eta 
olmaydi. Va eng kam soliq bo‘lgan taqdirda xam, soliq to‘lovchilarning bir qismi 
majburiy ravishda to‘lashdan bo‘yin tovlashadi.
– 
boshqa tomondan, zamonaviy xufyona iqtisodiyoti nafaqat bozor 
erkinligini cheklashga urinishlar natijasida, balki bozor munosabatlarining o‘ziga 
xos xususiyati tufayli ham paydo bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti foyda olish, 
daromadlarni taqsimlash asosida qurilgan. Diniy etika va ijtimoiy o‘zini tutishning 
boshqa shakllari foyda uchun bo‘lgan tashnalikni qondirishi mumkin, ammo uni 
bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun, "jekpotni" urish uchun imkoniyat paydo 


bo‘lganda, odamlar (yoki odamlar guruhlari) ko‘pincha o‘zlarining shaxsiy 
manfaatlariga erishish uchun uzoq muddatli ijtimoiy manfaatlardan voz kechadilar. 
Har qanday holatda ham foyda olishga chanqoqlik "ikkinchi" va "qora" xufyona 
iqtisodiyotiga xosdir.
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun 
doirasidagi harakat bilan, ya’ni yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. 
Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta’kidlash lozimki, bunda 
asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash 
va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu 
xarajatlarni
«qonunga bo‘ysunish bahosi», deya ta’riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi:
– 
qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, 
litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va 
boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
– 
qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq 
xarajatlar (soliqlarni to‘lash); mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini 
bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud 
tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash .
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xufyona iqtisodiyot hajmini kamaytirish 
mumkin, ammo eng yaxshi markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega mamlakat 
ham uni butunlay yo‘q qila olmaydi. Soliq stavkalari eng past darajada bo‘lgan 
taqdirda ham ba’zi bir soliq to‘lovchilar soliq to‘lashdan qochishadi.
Ikkinchi tomondan qaraganda, zamonaviy xufyona iqtisodiyot faqatgina bozor 
erkinligini cheklash natijasida vujudga kelgan, deb bo‘lmaydi, bunga ma’lum 
jihatdan bozor munosabatlarining tabiati ham sabab bo‘lgan. Bozor xo‘jaligi 
foydani 
ilohiylashtirishga, 
daromadga 
sig‘inishga 
asoslangan 
holda 
shakllantiriladi. Shu sababdan bir lahzada katta daromadga ega bo‘lish imkoniyati 


yuzaga kelganda, ba’zi insonlar yoki insonlar guruhi jamiyat manfaatlaridan 
o‘zlarining manfaatlarini yuqori qo‘yishadi. Boylikka ega bo‘lish ishtiyoqi ko‘proq 
“ikkinchi” va “qora” yashirin iqtisodiyot uchun xosdir.
Xufyona iqtisodiyotning vujudga kelish va rivojlanish sabablari va omillari 
xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Antropologik omillar, ya’ni insonning qarama-qarshi tabiati, undagi 
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash xususiyatlari.
2.Iqtisodiy omillar: davlatning soliq siyosatidagi kamchiliklar, bozorning 
tovar va xizmatlar bilan to‘yinmaganligi; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari 
o‘rtasidagi muvozanat va balansning mavjud emasligi;iqtisodiyotning siklik 
tebranishlari, aholi xarid qobiliyatining pastligi; transaksiya xarajatlarining 
yuqoriligi;
3.Huquqiy omillar: qonunchilik bazasining takomillashmaganligi, iqtisodiy 
jinoyatchilikka qarshi kurash mexanizmining mukammal emasligi; huquqni 
himoya qilish
4.Ijtimoiy-siyosiy omillar: ijtimoiy-siyosiy vaziyat, davlatga ishonch darajasi; 
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilishi darajasi; aholining 
ijtimoiy-psixologik kayfiyati; davlatning xususiy mulk va sektorga munosabati;
5.Ijtimoiy omillar: aholining tabaqalanishi darajasi; ishsizlik darajasi; kam 
ta’minlangan aholi qatlamlarining ko‘lami; mehnat migrantlarining ko‘pligi; 
mehnat munosabatlari, mehnat sharoitlari, ish haqi tizimi; ijtimoiy kafolatlar, 
pensiya ta’minoti;
6.Ma’muriy omillar: davlat boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar; byurokratiya, 
davlat xizmatchilarining kompetentlik va mas’uliyatlilik darajasi; tadbirkorliklarga 
ma’muriy bosim, xomiylik qilishga majburlash darajasi va boshqalar (qarang: 
1.3.1-rasm).



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish