Makroiqtisodiyoti


 XUFYONA IQTISODIYOTNI O‘LCHASHNING



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana16.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#497072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Azamov

2.1. XUFYONA IQTISODIYOTNI O‘LCHASHNING 
MIKROUSULLARI 
Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona 
iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va 
hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning 
hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini 
shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot 
ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. 
Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita 
(egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, 
so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi 
nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga 
oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar 
uslublarini o‘z ichiga oladi.
2. 
Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu 
uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib
uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
3. 
Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona 
iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
4. 
Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq 
o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar 
yaratiladi.
5. 
Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
integral baholash.


6. 
Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va qo‘shimcha 
hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash 
.
Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, 
xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. 
Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
– 
monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan 
foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining 
dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini 
beradi);
– 
xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan 
daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari 
bilan taqqoslanadi;
– 
bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida 
saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona 
sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga 
olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat 
beradi);
– 
texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik 
koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi 
ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr 
energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish 
dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi);
– 
uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, 
u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi;


– 
sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida 
me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik 
qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat .
• mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita); • makro darajadagi 
usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1-rasm).
Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita (to‘g‘ri) usullardan 
foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash uchun so‘rovlar, ochiq 
tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari. 1. So‘rovlar.
So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar yordamida amalga 
oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda intervyuda qatnashayotgan 
respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin:
• “yashirin faoliyatchilar” – noqonuniy iqtisodiy munosabatlarni amalga 
oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan shaxslar;
• “bevosita kuzatuvchilar” – yashirin muhitda bo‘lib, uni ichidan 
kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini qayd etmaydigan 
shaxslar;
• “tashqi kuzatuvchilar” – yashirin iqtisodiyotni u yoki bu faoliyatiga baho 
beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini 
tan olmaydi.
• “jabrlanuvchilar” – yashirin iqtisodiyot va korrupsiyadan jabr ko‘rgan, lekin 
yashirin faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar.
So‘rov natijalari ma’lumotlar ishonchliligi nuqtai nazaridan “yashirin 
faoliyatchilar” va “bevosita kuzatuvchilar” afzalligini ko‘rsatmoqda. Ammo 
boshqa ikki guruh tomonidan berilgan ma’lumot ham muhim sanaladi.
2. 
Ochiq tekshiruv usuli.


Ochiq tekshiruv usulini qo‘llash valyuta, bojxona, bank, soliq sohasida
monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, yong‘in xavfsizligi va sanitariya 
normalariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bilan 
shug‘ullanuvchi nazorat organlarining vakolatidir. Ochiq tekshirish usuli, masalan 
soliq tekshiruvi yordamida olingan natijalardan hisob-statistika maqsadlarida 
foydalaniladi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish