Makroiqtisodiyoti



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#497072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Azamov

 
 


3.1. XUFYONA IQTISODIYOT JAHON IQTISODIY TARIXINING 
ELEMENTI 
O‘z fuqarolariga ma’lum bir majburiyatlar yuklovchi va cheklovlar 
o‘rnatuvchi davlat paydo bo‘lishi bilan “ijtimoiy kelishuv”ni pisand qilmaydigan 
shaxslarning davlatdan tashqari faoliyati – yashirin iqtisodiyot vujudga keladi.
Industriyalashtirishgacha bo‘lgan rivojlanish sharoitida – osiyocha ishlab 
chiqarish usuli hukmron jamiyatlarda – yashirin iqtisodiy faoliyatning har uchchala 
turi uchraydi. “Suvda suzib yurgan baliq uni ichmoqdami yoki yo‘qmi, aniqlash 
qanchalik qiyin bo‘lsa, amaldorning davlat mulkini o‘zlashtirayotganini aniqlash 
ham shunchalik qiyindir”
1
. Bunday fikrlar uzoq zamonlar Misrdan Xitoygacha 
bo‘lgan kenglikda keng tarqalgan edi. Davlat boshqaruvi ilmi to‘g‘risidagi Sharq 
traktatlarida davlat cho‘ntagi bilan o‘z cho‘ntagini adashtiradigan amaldorlarning 
riboxo‘rligi (poraxo‘rligi) ustidan arzlar juda ko‘p uchraydi. Xitoy 
jamiyatshunoslik fanining yuksak yodgorligi hisoblangan – “Yan te lun” (“Tuz va 
temir to‘g‘risida bahs”) asarini xo‘jalik yuritishning norasmiy (“kul rang”) sektori 
to‘g‘risidagi eng qadimgi “stenogramma” (eramizdan avval 81 y.) deb hisoblash 
mumkin: tuz va temirga davlat monopoliyasi ushbu noyob mahsulotlarni ommaviy 
ravishda yashirin ishlab chiqarishga olib keldi. “Qora” yashirin iqtisodiyotga misol 
qilib papiruslarda yozilgan Qadimgi Misrdagi maqbaralarni talon-taroj qiluvchilar 
faoliyatini keltirish mumkin.
Yevropada antik va o‘rta asrlarda davlat hali jamiyat ustidan ommaviy nazorat 
o‘rnatishga intilmas edi, va yashirin iqtisodiy faoliyat Sharq mamlakatlaridagiga 
nisbatan kam darajada rivojlangan edi. Shunday bo‘lsa-da, yevropaliklar ham bu 
davrda yashirin iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar. Masalan, 
G‘arbiy Yevropada “kul rang” (norasmiy) iqtisodiy faoliyat sexlarda qabul qilingan 
tartib-qoidalarga, imtiyozlarga rioya qilmaydigan sexdan tashqari faoliyat 
ko‘rinishida rivoj topgan. “Oq yoqali” yashirin iqtisodiyotga misol qilib nasroniy 
1
“Artxashastra” qadimgi 
Hindiston traktati


mamlakatlardagi sudxo‘rlikni keltirish mumkin. Diniy huquq bilan foiz evaziga 
qarz berish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu bilan kichik milliy-diniy guruhlar (birinchi 
navbatda, yahudiylar)dan tashqari oqsuyak va cherkov feodallari ham 
shug‘ullanganlar.
Jamiyatni industriyalashtirishgacha bo‘lgan sharoitda industriyalashtirish 
jamiyatdagi o‘zgarishlar yashirin tadbirkorlik faoliyatining barcha turlari keskin 
rivojlanishiga olib keldi. Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakllari (masalan, 
tarqalib ketgan manufaktura) qonuniy sex hunarmadchiligiga nisbatan ommaviy 
“maxfiy” oppozitsiyani namoyon etadi. XVI–XVIII asrlarda O‘rta va Karib 
dengizlarida, Hind okeanida dengiz qaroqchiligi rivojlanib, dengiz marshrutlariga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Davlatchilik rivojlangan barcha mamlakatlarning davlat 
apparati korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishga duchor bo‘ldi.
“Protestant etikasi” raqobatga ijozat beruvchi, lekin zo‘ravonlik va 
qonunbuzarlikni inkor etuvchi “halol biznes” shaklida boylik ortidan quvishni 
boshlagandan so‘ng kapitalizm mustahkam oyoqqa tura boshladi. Yangi davrda 
yashirin biznesning ba’zi shakllari qonuniylashib bordi (masalan, bank sohasi) va 
uning eng jinoiy shakllari bilan (qaroqchilik, korrupsiya) kurash qat’iylashib bordi. 
“Klassik” kapitalizm davrida yashirin iqtisodiyot biroz chekinsa-da, lekin butunlay 
yo‘q bo‘lib ketmadi. Masalan, XIX asrga qadar amal qilgan savdoni cheklash oddiy 
tovarlarning ommaviy kontrabandasini yuzaga keltirdi; qullar bilan savdo qilish 
kontrabandasi esa XIX asr o‘rtalariga qadar ravnaq topdi. XX asr boshlaridagi 
bozor xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning kuchaytirilishi zamonaviy 
tipdagi uyushgan jinoyatchilik shakllanishiga olib keldi.
Xufyona iqtisodiyot rivoj topishining yangi bosqichi XX asrning o‘rtalaridan 
boshlandi
2
. U xo‘jalikning global transformatsiyasi, o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashirin iqtisodiy faoliyatning kengayib borishi 
2
Муминов Н.Г. Иқтисодий тизимлар тараққиётида яширин иқтисодиётнинг ўрни // Иқтисод ва 
молия, №2, 2018. Б.11. 


ushbu mamlakatlarning zamonaviy industrial mamlakatlarga va jahon bozoriga 
qo‘shilib borishi bilan bog‘liqdir. 1970-yillardan boshlab “sotsialistik” mamlakatlar 
iqtisodiyoti jinoiylashuvi industrial jamiyatni ma’muriy boshqaruv modelining 
bozor boshqaruvi modeli oldidagi yengilishi natijasida yuzaga keldi. Sobiq 
sotsialistik mamlakatlarda 1990yillardagi radikal iqtisodiy islohotlar davomida 
“buyuk jinoiy inqilob” bo‘lib o‘tdi, va yashirin iqtisodiy faoliyatning barcha turlari 
keskin rivoj topa boshladi.
Xufyona iqtisodiyotning o‘sishi industrializatsiyadan keyingi jamiyatga 
qadam qo‘yayotgan rivojlangan mamlakatlar uchun ham xos bo‘lib, ularda shaxs 
erkinligi sifat jihatdan o‘sishi alohida ahamiyatga molik. Norasmiy bandlikning 
o‘sishi, “qo‘llarni bog‘laydigan” davlat cheklovlarini aylanib o‘tishga intilish
iste’molchilarning “taqiqlangan ne’matlar”ga intilishi yuqori darajada rivojlangan 
jamiyatlarni tizimli modernizatsiyalashning qo‘shimcha samarasidir.
Shunday qilib, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanishi (ibtidoiy 
jamoa tuzumidan tashqari) albatta yashirin iqtisodiy munosabatlarni rivojini ham 
taqazo etadi. Shunday ekan, bu munosabatlar tasodifiy emas, balki formatsion 
taraqqiyot natijasida qonuniy yuzaga kelgandir.
Jamiyat taraqqiyoti muntazam ravishda amalga oshirilayotgan innovatsiyalar 
bilan bog‘liqdir. Innovatsiyalar deganda ko‘pincha texnik xususiyatga ega ixtirolar 
nazarda tutiladi, aslida esa yangi institutlar (yangi “o‘yin qoidalari”)ning ixtiro 
qilinishi ham texnik ixtirolardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga egadir. Masalan, 
aksiyadorlik jamiyatlarining “ixtiro qilinishi” kapitalistik iqtisodiyot taraqqiyoti 
uchun bug‘ mashinasi ixtirosidan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo 
institutsional novatorlik doimo har qanday jamiyatda ko‘pchilikni tashkil etuvchi 
an’anaviy qadriyatlar tarafdorlarining qarshiligiga duch keladi. Qonunchilik 
me’yorlari ko‘pchilikning xohishini aks ettirgani sababli, yangi “o‘yin 
qoidalari”ning paydo bo‘lishi qonunchilikning buzilishi orqali amalga oshiriladi. 
Binobarin, institutsional novatorlik o‘zida albatta eski rasmiy (qonuniy) va yangi 
norasmiy (noqonuniy) amaliyotlar raqobatini mujassamlashtiradi.


Fridrix fon Xayek qayd etishicha, raqobat tadqiqot jarayoni sifatida juda 
muhim bo‘lib, raqobat vaqtida tadqiqotchilar foydalanilmagan imkoniyatlarni 
qidiradilar va boshqa insonlarga ko‘rsatadilar. Bu “raqobat, ixtiro jarayoni kabi” 
o‘zida albatta qonuniy iqtisodiyotning yashirin iqtisodiyot bilan raqobatini ham 
mujassamlashtiradi. Yangi qoidalarning norasmiy xususiyati ularni amalga 
oshirishda qo‘shimcha xarajatlarini keltirib chiqaradi, shu sababdan eski rasmiy va 
yangi norasmiy o‘yin qoidalari o‘rtasidagi raqobatda an’anaviy tizim bilan 
taqqoslaganda katta afzalliklarni ta’minlovchi yangi qoidalar g‘olib chiqadi.
Xufyona iqtisodiyotning ushbu innovatsion roli tizimlararo siljishlarda (bir 
iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tishda) yaqqolroq aks etadi. Sobiq ittifoqning 
so‘nggi o‘n yilligida yashirin iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bunga yaqqol misol 
bo‘lishi mumkin.
1970-yillarda sovet xufyona iqtisodiyotining “kashf” etilishi xorijiy 
sovetologlar tomonidan “sotsialistik lager” mamlakatlaridagi markazlashtirilgan 
reja, total hisobot va nazoratga asoslangan mustaqil xo‘jalik faoliyati o‘rganilishi 
bilan bog‘liqdir. Birinchi tadqiqotchilar sobiq SSSR iqtisodiyotida amal qilayotgan 
mexanizmlar rasmiy e’lon qilingan va sovet matbuotida targ‘ib etilayotgan 
modeldan farq qilishini qayd etishgan. Bu borada Aron Katsenelinboygen ilg‘or 
surgan konsepsiya juda qiziqarlidir. Unda to‘liq rejalashtiriladigan sovet xo‘jaligida 
go‘yoki bozor munosabatlarini batafsil tasniflanishi amalga oshirilgan. Taklif 
etilayotgan yondashuvda yashirin munosabatlar g‘ayrioddiy hodisa emas, balki 
bozor aloqalari tizimining tarkibiy qismlaridan biri sifatida namoyon bo‘lgan. 
Maqola muallifi quyidagicha fikr bildirgan: “Sovet tajribasi marksistik 
yondashuvdan farqli o‘laroq rejali sotsialistik tizim bozor elementlariga muhtoj 
ekanligini ko‘rsatdi. SSSRda mavjud bo‘lgan bozorlarning bir qator turlari haqida 
to‘xtalib o‘tish mumkin”.
Shunday qilib, A. Katsenelinboygen sovet iqtisodiyotini rasmiyrejali 
munosabatlarning bozor (qonuniy, yarimqonuniy va umuman noqonuniy) 
munosabatlari bilan o‘ziga xos sintezi sifatida o‘rganishni tavsiya etgan. Buning 


natijasida sovet xo‘jaligi tizimining yashirin ko‘pukladliligi masalasi ko‘tariladi. 
1980-yillarda sovetologlar SSSRda to‘liq rejalashtirish va markazdan boshqarish 
pardasi ortida aralash tipdagi iqtisodiy tizim yashiringan degan fikrga kelishgan edi. 
Bunda norasmiy va nazorat ostida bo‘lmagan ishlab chiqarishning ahamiyati 
rasmiy ishlab chiqarishning ahamiyatidan kam emas.
1960-1980 yillarda SSSRda oddiy tovar va xizmatlarning yashirin bozori 
rivojlanishi “oddiy sovet odamini” bozor munosabatlari to‘g‘risidagi quyidagi ba’zi 
elementar tushunchalar bilan tanishtirdi: insonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli 
munosabatlarni o‘rnatish kerak – “sen – menga, men – senga” tamoyili asosida; pul 
– buyuk o‘lchov vositasi; savdo-sotiq tanlovga imkoniyati bo‘lishi va tomonlarning 
o‘zaro roziligi bilan amalga oshiriladi. Sovet tizimida deyarli barcha insonlar 
noqonuniy bozor munosabatlari ishtirokchisi bo‘lganligi, hamda yashirin bozor 
munosabatlarining 
ommaviyligi 
1990 
yillarda 
iqtisodiyotning 
bozor 
modernizatsiyalashuvi jarayonini yengillashtirdi – ko‘pgina bozor institutlari 
(masalan, vositachilik savdosi) bo‘sh joyda emas, balki shu yashirin tuzilmani 
oshkorlashtirish orqali vujudga keldi. Aynan sovet yashirin iqtisodiyoti (kam sonli 
dissidentlarning “chiqishlari” emas) ma’muriy-buyruqbozliq iqtisodiy tizimidan 
bozor xo‘jaligiga o‘tishni tayyorlashda katta rol o‘ynadi.
Xufyona iqtisodiyot faqatgina tizimlararo emas, balki tizim ichidagi 
siljishlarning ham tashabbuskoridir. Masalan, erkin raqobat kapitalizmidan 
“monopolistik” kapitalizmga o‘tish AQShda (boshqa mamlakatlarda ham) 
ochiqdan-ochiq qonunni buzuvchi “qaroqchibaronlar”ning (Djon Rokfeller yoki 
Djon Morgan kabi) faoliyati bilan bog‘liqdir.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish