Makroiqtisodiyoti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUFYONA IQTISODIYOT



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana16.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#497072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Azamov

2.2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUFYONA IQTISODIYOT 
KO‘LAMI. 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 yil 17 
sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni 
qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda 
xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon 
qilindi.
BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. O‘zbekistonda xufyona 
iqtisodiyot miqyosini monetar usullar asosida, shuningdek, respublika hududlarida 
700 dan ortiq korxonalar va 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li 
bilan baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq turlarining, 
yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular miqdorining ko‘pligi ekanligi 
ta’kidlandi. Ushbu sabablarga korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning 
yo‘qligi , banklar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga 
oshirishdagi, xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq 
muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga tadbirkorlarning bilim 
va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarli emasligi, 
biznesni tashkil etish va yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya 
va mulk huquqining himoya qilinmaganligi kiradi .
BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv asosida amalga 
oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” 
salmog‘i 46,4 foizni tashkil etadi .
Ayrim ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning 
YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 
2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni 
tashkil qilmoqda. Yalpi ichki mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. 
Shunda ekspertlar fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 


trln.so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal 
hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m (212-64) mablag‘ 
iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi. Agarda biz ushbu 
mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat 
budjetiga soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 
mlrd AQSh dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta 
umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘ 
sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng 
mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim maktablari qurish yoki aholi turmush 
sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi .
O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta 
qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor 
narxlarida savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish 
darkor. Naqd xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan 
xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng 
yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim.
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz 
preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti 
barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal 
darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat 
iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas.
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov 
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard 
dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi 
yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln 
so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. 
«Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim 


etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga 
ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, 
bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi» , - dedi Tohirjon Jalilov.
Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi 
kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi 
.
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy 
iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 
2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat 
qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda 
parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida 
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik
va
mehnat
munosabatlari
vazirining o‘rinbosari
B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13 
million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 yuz ming kishi 
rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni 
bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga 
borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga 
bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning 
qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor» , – deb ma’lumot 
berdi. U prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga 
o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi.
B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel 
oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, 
tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi 
insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi 
qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga 
o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal 


bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni astasekin oshirgan holda 
amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 
yili 1 millionga yaqin kishini
[rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan . Bundan ko‘rinib 
turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga 
o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini 
kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi 
kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish