Makroiqtisodiy tahlil va pragnozlashtirish


АQShdа to’g’ri vа egri soliqlаrning tаrkibi quyidаgi sхеmаdа kеltirilgаn



Download 3,01 Mb.
bet4/34
Sana17.01.2017
Hajmi3,01 Mb.
#515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
I BOB Amerika Qo’shma Shtatlari haqida umumiy ma’lumot

Reja:

    1. AQSH buguni haqida.

    2. Geografik o’rni va tabiati.

    3. AQSH tarixi.

    4. Davlat tuzilishi.

    5. Aholisi.



    1. AQSH buguni haqida.

AQSH prezdenti 2013 yil yakunlari haqida o’z xalqi oldida bayonat berar ekan AQSH ahvoli haqida quyidagi so’zlar bilan boshladi.

"Bu kecha shuni faxr bilan aytamanki, xalqimiz shijoati tufayli ulkan yutuqlarga erisha oldik. 10 yildan oshiq davom etgan va milliardlab dollarga tushgan urushlarni tugatib, o'g'il va qizlarimiz vatanga qaytmoqda. Chuqur inqirozdan chiqdik. Iqtisodiyotimizda olti milliondan oshiq ish o'rni yaratildi. Amerika o'tgan besh yil bilan qiyoslaganda, o'z mashinalarini ko'proq xarid qila boshladi. 20 yil bilan taqqoslaganda, chet eldan kamroq neft sotib olayapmiz. Ko'chmas mulk bozorida siljish bor. Qimmatbaho qog'ozlar bozori chaqqonlashgan. Xaridorning ishonchi oshgan".2

Obama yurtdoshlarini kelajakka umid bilan qarashga undadi, lekin o'rta sinf qiynalayotganini tan oldi:

"Sir emas, millionlab amerikaliklar hamon ishsiz va mehnat qilayotganlar zamondan rozi emas, chunki mehnatining rohatini ko'ra olmayapti. Yirik korporatsiyalar foydani sarhisob qilmoqda, lekin odamlarning maoshlari oshmayapti".

"Amerikada iqtisodiy o'sishni ta'minlash, o'rta sinf ravnaq topishi uchun zamin hozirlash - bizning avlodimiz zimmasida", - dedi Obama.

Qo'shma Shtatlarni dunyodagi eng yirik moliyaviy-iqtisodiy tizimga aylantirgan omil shuki, mehnat qilgan odam uning rohatini ko'radi. Fuqaro o'z burchi va huquqlarini bilgan holda ter to'kib, istagan maqsadiga erisha oladi, qay elat, din yoki irq vakili bo'lishidan qat'i nazar, deydi prezident.

"Shunday ish ko'raylikki, hukumat ayrimlar manfaati emas, hamma uchun birdek xizmat qilsin, birdek sharoit yaratsin. Biznes muhit yanada erkin va adolatli bo'lsin, omilkorlikni qadrlaylik, harakat qilgan odam uchun imkoniyat darvozalari ochilsin",- deya undaydi Obama.

"Mamlakatimizda ko'proq mehnat o'rinlari yaratish uchun qanday choralar ko'rayapmiz Fuqaro zarur tajriba va ilmga ega bo'lishi uchun nima qilayapmizqMehnat qilgan odam uning rohatini ko'rishi uchun sharoit bormi"

"Siyosatimiz shu savollarga javob berishi lozim, ijobiy javob", - deydi Obama.

Prezident Kongressga yuzlab betli taklif yuborgan. Ularni amalga oshirish uchun muxolifat, ya'ni respublikachilar da'vo qilayotganidek, ortiqcha xarajat qilinmaydi, deydi u. Iqtisodiy takliflarni qoplash uchun byudjetda mablag' yetarli, deydi Obama, Kongress ma'qullasa bas.

"Asosiy vazifamiz davlat mustahkam byudjetga ega bo'lishini ta'minlash. O'tgan yillar ichida Kongressdagi har ikki partiya kamomadni 2,5 trillion dollarga kamaytirish ustida ishladi. Yaqin kelajakda byudjetdagi yetishmovchilikni 4 trillion dollarga kamaytirish niyatidamiz. Busiz iqtisodiy muvozanatga erisha olmaymiz".

Obama Amerika soliq tizimini isloh qilish kerak deb kelmoqda. Respublikachilar uning tashabbuslariga qarshi. Lekin vaziyat shuni taqozo etmoqdaki, deydi Obama, tomonlar murosa qilishga majbur.

Konservatorlar odatda soliqlarni oshirishga qa'tiyan qarshi. Demokratlar daromadi yuqori fuqarolar ko'proq soliq to'lashi kerak deb keladi. Partiyalar bu borada hamon kelisha olmagan.

Yangi ish o'rinlari yaratish uchun, deydi Obama, yangi sohalarga asos solish kerak. Masalan muqobil energetika sanoatini rivojlantirish. Shamol va quyosh nuridan quvvat olishni yo'lga qo'yish uchun davlat katta miqdorda sarmoya qilishi kerak, deydi prezident.

Sog'liqni saqlash sanoatini isloh qilish ham Obamaning bosh maqsadlaridan biri. 2011-yilda ma'qullangan qonun 2014-yildan to'la kuchga kiradi. Unga ko'ra, har bir amerikalik o'ziga tibbiy sug'urta sotib olishga majbur. Qurbi yetmasa davlat yordam beradi.

Ta'lim tizimini yangilash, oliy ma'lumotli bo'lishni arzonlashtirish ham demokratlar olg'a surayotgan tashabbuslardan biri.

Amerikada yashayotgan 11 milliondan ortiq hujjatsiz muhojir taqdirini hal etish ham bugunning dolzarb vazifasi, deydi Obama.

O'tgan oylar ichida AQSh bo'ylab yuz bergan qatliomlar qurolga egalik huquqiga e'tiborni oshirdi. Fuqaro qanday qurollarga egalik qilishi mumkin va bu qanchalik nazorat qilinishi kerak Mamlakatda hozir shu mavzular qizg'in muhokamada.

Energetika sohasini yangilash haqida gap ketar ekan, Obama iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi jiddiy choralar ko'rishga chaqirdi. Yer yuzida harorat yil sayin ko'tarilib borayotganini rad eta olmaymiz, haqiqatni tan olib, insoniyat ravnaqini o'ylagan holda ish ko'rish kerak, deydi prezident. Amerika bu borada boshqa davlatlardan orqada qolmasligi lozim. Toza energiya manbalaridan foydalanishni kengaytiraylik, deydi Obama.

Barcha masalalarda bo'lganidek, demokratlar va respublikachilar bu mavzularning birortasida yakdil emas.

AQShda kishi boshiga minimal yillik daromad 14,500 dollar. Qashshoqlik darajasi shunga qarab belgilanadi. Aksariyat shtatlarda minimal ish haqi soatiga 7-8 dollar. Obama federal miqyosda eng kam maosh soatiga 9 dollar bo'lsin, deydi.

Erkak va ayol teng mehnat uchun teng haq olishi shart, qonun shuni ta'minlasin, deydi prezident.



Prezident Amerika qo'shinlarini Afg'onistondan 2014-yilning oxirigacha butunlay olib chiqish qarorida qat'iy. Asosiy maqsad al-Qoida ildiziga bolta urish edi, bunga erishildi, deydi Obama.

O'tgan bir yil ichida 33 ming askar vatanga qaytdi. Kelasi bir yilda 34 minggi qaytadi. AQSh Afg'onistonga yordamni davom ettiradi. Harbiy malakani oshirish va terroristlarga qarshi maxsus operatsiyalar olib borishda ko'maklashish. Shuningdek, afg'on jamiyatini qayta qurish, iqtisodiy-ijtimoiy madad ko'rsatish.

Amerika terrorizmga qarshi kurashni davom ettiradi, xususan Arab yarimoroli va Afrika davlatlarida. Obama ma'muriyati jangari guruhlar joylashib olgan mamlakatlarga diqqatni oshirib, hukumatlar bilan hamkorlikni kuchaytiradi.

Shimoliy Koreya va Eron singari yadroviy qurollanishga bel bog'lagan tuzumlar qilmishi uchun javob beradi, deydi Obama. AQSh ular bilan diplomatik kelishuv tarafdori, ammo yovuz hukumatlar global tinchlikka raxna solsa, qarab turmaymiz, deydi prezident.

Rossiya va Amerika, dunyoda eng katta atom arsenaliga ega davlatlar, ular sonini kamaytirish yo'lida birga ishlashda davom etadi.

Tashqi siyosatda kiber-xavfsizlik, savdo va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga ham e'tiborni oshiramiz, deydi Obama bugungi nutqida.

Amerika arab dunyosida demokratiya tarafdori va erkinlikni targ'ib qiladi. Suriyada, deydi Obama, hukumat o'z xalqini ayovsiz qirishda davom etmoqda. AQSh buni qa'tiyan qoralaydi va bosimni oshirmoqda. Prezident kelasi oy Yaqin Sharqqa safar qiladi.

AQSh mudofaa uchun kamroq xarajat qilishga o'tar ekan, armiya o'z salohiyatini saqlab qoladi, deydi Obama. "Ixcham, zamon talablariga javob bera oladigan kuchga ega bo'lamiz", - deydi u.

Amerikani Amerika qilgan narsa shuki, deydi Obama, bu qonunlar va erkinliklar mamlakati. Demokratiya ba'zida juda tartibsiz jarayondek tuyuladi, deydi u, ammo oxir-oqibat fuqaro manfaatini ko'zlaydi, tomonlarni murosa va o'zaro hurmatga chorlaydi. AQShni dunyodagi eng qudratli davlat va imkoniyatlar o'chog'i qilgan omil shu, dedi u.

Obama yurtdoshlaridan, Kongress a'zolaridan bu kecha shu haqda o'ylashni so'radi.

Marko Rubio, respublikachi senator




Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish