Alohida maxsus (boks) palatalar
Bu palatalar havo-tomchi yo‘li bilan yuqish xavfi bo‘lgan in-
feksion kasalliklar (silning ochiq shakli, O‘RVI) belgilari bo‘lgan
tug‘adigan va tuqqan ayollarni yotqizishga mo‘ljallangan.
Alohida maxsus palatalar bitta ayolni joylashtirilishiga hisoblan-
gan bo‘lishi kerak. Bolasi alohida palataga yotqiziladi.
Alohida maxsus palataga o‘tkazish, uning yotqizilishi yoki
o‘tkazilishi sababi ko‘rsatilgan holda maxsus jurnalda qayd qilib
qo‘yilishi lozim.
Operatsiya bloki
Operatsiya bloki statsionarning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lib,
akusherlik bo‘limlari va bokslangan palatalardan alohida operatsiya
amallarini bajarishga mo‘ljallangan xonalar majmuasidan iboratdir.
Operatsiya blokiga quyidagilar kiradi:
– operatsiya oldi xonasi;
– operatsiya xonasi;
– materiallar xonasi;
– maxsus kiyimlar va xodimlarning ishchi kiyimlari xonasi;
– apparatlar va asbob-uskunalarni joylashtirish xonasi;
– katta hamshira uchun xona.
Operatsiya bloki statsionar bakteritsid nurlatgichlar va havoni
tashqaridan tortib oladigan shamollatgich qurilmalariga ega bo‘lishi
lozim.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |