Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

TUG



RUQ BLOKI



Tug



ruq xonalari (zallari)

Tug‘ruq zalida xodimlar aseptika va antiseptika qoidalariga rioya

qilgan holda ishlaydilar. Tug‘ruq zallari yaxshi tabiiy va sun’iy




24

yorug‘likka ega bo‘lishi, havo harorati 26 darajadan kam bo‘lmas-

ligi (albatta, termometr bo‘lishi kerak), eshiklari yopiq bo‘lishi

kerak.


Tug‘ruq blokida quyidagi xonalar bo‘lishini nazarda tutish kerak:

a) tuvaklarni yuvish va dezinfeksiyalash, kleyonkalarni yuvish,

dezinfeksiyalash va quritish xonasi;

b) yo‘ldoshni vaqtinchalik saqlash uchun muzlatgich turadi-

gan xona.

Individual tug‘ruq zalida kushetka, tug‘adigan ayol va tug‘ruq

qabul qilish uchun krovatlar, sterillangan bikslar qo‘yiladigan

o‘rindiq, asboblar uchun stol, dori-darmonlar va tibbiy asboblar

uchun javonlar, aylanadigan taburet, 1–2 ta stul, ko‘chma reflek-

tor, extiyot yoritgichlar, tomchilab quyish uchun shtativlar. Barcha

inventar oson ishlov beriladigan narsa bilan qoplangan bo‘lishi

lozim. Elektr so‘rg‘ich, narkoz apparati, chiqindi materiallarni

yig‘ish uchun 2 ta emallangan tog‘ora, qattiq inventar va jihozlarga

ishlov berish uchun dezinfeksiyalovchi eritma solingan qopqoq

bilan yopilgan emallangan raqamli idish, suv o‘tkazmaydigan

materialdan qilingan fartuklar ham bo‘lmog‘i lozim.

Dezinfeksiyalash uchun steril vetosh bir marta ishlatiladi,

so‘ngra u yuviladi, quritiladi va sterilizatsiya bo‘limiga topshiriladi.

Og‘riqsizlantirish va reanimatsiya yordami ko‘rsatish uchun zarur

barcha vositalar, veneseksiya, o‘mrov osti vena qon tomiri punksi-

yasi, spinal, epidural va peridural og‘riqsizlantirish uchun steril

to‘plamlar alohida saqlanishi kerak. Bundan tashqari likopcha, suv

termometri va qon guruhi hamda Solovyev uslubi bo‘yicha qon

mosligini aniqlash uchun Petri kosachalari (zardoblar yig‘masi muz-

latgichda saqlanadi), qon quyish uchun sterillangan sistema, Li-

Uayt bo‘yicha qonning ivish vaqtini tekshirish uchun 2–3 probirka,

qon olish uchun 5–6 ta flakonlar, shprislar, ninalar, yodning 5%li

spirtli eritmasi, 1%li yodonat yoki 70

0

, 96


0

 li etil spirti bilan artil-

gan shisha flakonlar, qaychilar, yopishqoq malham (leykoplastir) va

chiqindilarni tashlash uchun idish ham zarur bo‘ladi.

Dori-darmonlar uchun javonning bir qavatiga qon ketishda

shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur dorilar joylash-

tiriladi, ikkinchisiga – gestozlarda va uchinchisiga – yurak-qon tomir

sistemasi kasalliklari bo‘lgan ayollarda qon aylanishining buzilishida

ishlatiladigan dorilar qo‘yiladi. Stollarning biriga maxsus o‘rindiqlarga

sterillangan to‘shagichlar, tagliklar, doka shariklar, xalatlar, rezina




25

kateterlar solingan bikslar joylashtiriladi. Boshqa stolda 3 ta korn-

sang, 3–4 ta to‘g‘ri qisqich, uzun egilgan qaychilar, qin ko‘zgusi va

ko‘targich, katta kyuretka (tug‘ruqdan keyin bachadonni asboblar

yordamida tekshirish uchun), 1–2 ta Koxer qisqichi, 2–3 ta metall

kateterlar, steril shprislar, ninalar, yodning 5% li spirt eritmasi

yoki 1% li yodonat saqlanadigan yaxshi yopilgan keng bo‘yinli qora

shisha banka, 70

li spirt, sterillangan vazelin yog‘i bo‘lgan flakon,



steril matoga o‘ralgan kornsang solingan sterilizatorlar joylashtiriladi.

Stol va maxsus o‘rindiqlarga steril materiallar va tug‘ruq qabul qilish

uchun steril jamlanmalar solingan bikslar qo‘yiladi.

Tug‘ruq qabul qilish uchun kerak bo‘lgan jamlanma ichiga qu-

yidagilar kiradi:

a) tug‘adigan ayol uchun: ko‘ylak, to‘shaladigan kleyonka,

choyshab, kateter, mato shariklar;

b) doya uchun: xalat, qo‘lqop, qalpoqcha. Vrach va doya

uchun alohida toza respiratorlar;

d) yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun kiyim va tagliklar.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun uydan olib kelingan kiyim-

kechak (paxtalik, toza, dazmollangan) yoki chaqaloqlar uchun

maxsus jamlanma ishlatilsa yanada yaxshi bo‘ladi.

Kindikka birlamchi ishlov berish uchun jamlanma 2 ta qisqich,

qaychi, steril shariklardan tashkil topadi.

Kindikka ikkilamchi ishlov berish uchun jamlanma qaychi,

qisqichlar, Rogovin qisqichi, 2 dona diametri 1 mm va uzunligi

1,5 sm bo‘lgan iðak ligatura yoki steril rezina halqalar, steril

shariklardan iboratdir.

Tuqqan ayol uchun jamlanma quyidagilardan iborat:

– bachadon bo‘ynini tekshirib ko‘rish uchun jamlanma (keng

uzun plastinkasimon akusherlik ko‘zgulari, katta ko‘targich, 3 ta

abortsang, 1 ta kornsang, 1 ta Koxer qisqichi);

– bachadon bo‘yni, qin, oraliq yirtilishini tikish uchun

to‘plam (igna ushlagich, qaychilar, pinsetlar, bachadon bo‘ynini

ushlash uchun qisqich, oynalar); rezinali vakuum ekstraktori.

Yig‘malar miqdori tug‘ruq blokida bir sutka davomida o‘rta

hisobda nechta tug‘ruqlar qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish