Operatsiya oldi xonasi
Operatsiya oldi xonasining jihozlanishi: 2 ta tumbochka, 2 ta stol,
jarrohlar qo‘lini yuvishi uchun emallangan tog‘ora va uni qo‘yadigan
taglik, qon va uning o‘rnini bosadigan suyuqliklarni saqlash uchun
muzlatgich (operatsiya blokida buning uchun maxsus xona bo‘lmasa).
Muzlatgichlarda qon zaxirasiga ega bo‘lish kerak: rezus-musbat
– O(I) guruh 2 flakon va qolgan guruhlarniki 1 flakondan, re-
zus-manfiy – O(I) guruh 2 flakon, A(II) va V(III) guruhlarniki
1 flakondan. Muzlatgichda qondan tashqari qonning barcha guruh-
larining yangi muzlatilgan zardoblari 1 flakondan, albumin (2–3
flakon). Shuningdek, 6% li poliglyukin. reopoliglyukin, 5% li ge-
modez, 8% li jelatinol, kristalloid eritmalar (disol, trisol, xlosol
va boshqalar) bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |