O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Ya. N. Allayorov
AKUSHERLIK
VA GINEKOLOGIYA
Tibbiyot kollejlarining 3720101 – davolash ishi feldsheri
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun
o‘quv qo‘llanma
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2013
© Orig.maket «O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi» - 2013.
© «Sano-standart» nashriyoti, 2013.
So‘zboshi
Umumiy amaliyot davolash ishi feldsherlarini tayyorlashda tib-
biyot kollejlari o‘quvchilarida akusherlik va ginekologiya fanining
hozirgi kundagi yutuqlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
tavsiyalariga binoan tegishli ma’lumotlar asosida nazariy bilimlar
berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish davr talabidir. Davolash
ishi feldsheri mutaxassislarini tayyorlashda hozirgi kunga qadar
akusherlik va ginekologiya fanidan maxsus o‘quv darsligi bo‘l-
maganligi sababli Ya.N.Allayorovning “Akusherlik” va M.F.Ziya-
yeva, G.Mavlonovalarning “Ginekologiya” darsliklari hamda
xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazib kelinayotgan seminarlar
o‘quv qo‘llanmalari, “Bexatar onalik” dasturi materiallari,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari
bilan tasdiqlangan yo‘riqnomalardan tuzilgan ma’ruza matnlaridan
foydalanilgan holda, dars jarayoni tashkil etilib kelinmoqda.
Shu nuqtayi nazardan har tomonlama yetuk, malakali, amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy amaliyot davolash ishi feld-
sherlarini tayyorlash uchun mo‘ljallab yozilgan ushbu o‘quv qo‘l-
lanma tarmoq ta’lim standartlari talabidan kelib chiqib, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012-yil 15-avgustdagi 332/1-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Akusherlik va ginekologiya” fani na-
munaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada
akusherlik va ginekologiya fanining anatomiya, fiziologiya va pa-
tologiya asoslari, hamshiralik ishi, pediatriya, ichki kasalliklar,
anesteziologiya va reanimatsiya asoslari fanlari bilan bog‘lab o‘tila-
digan mavzularga alohida o‘rin berilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chi-
qilgan protokollardan foydalanib, “Homiladorlikda giðertenziv
buzilishlar”, “Akusherlik qon ketishlari”, “Akusherlikda septik in-
feksiya” kabi mavzularga tegishli o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritildi.
Shuningdek, “Tug‘ruq komplekslarining tuzilishi”, “Chaqaloqlar-
ni parvarishlashning zamonaviy usullari”, “Asfiksiyada tug‘ilgan
chaqaloqlar parvarishi” mavzulari Sog‘liqni saqlash vazirligi max-
sus buyruqlari va yo‘riqnomalaridagi ma’lumotlar bilan boyitildi.
4
O‘quv adabiyoti umumiy amaliyot davolash ishi feldsherlari
bilishi va bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va muola-
jalar, ginekologik bemorlarni umumiy davolash, operatsiyaga tay-
yorlash, ularni umumiy parvarishlash masalalari alohida yoritildi.
Shuningdek, avvalgi o‘quv adabiyotlariga kiritilmagan akusherlik va
ginekologiyada amaliy ko‘nikmalar va muolajalar yoritilgan 5-
qismga alohida e’tibor qaratilib, umumiy amaliyot davolash ishi
feldsheri sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida (poliklinika,
QVP) bajarishi lozim bo‘lgan muolajalar algoritm tarzida berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari “Davolash ishi”
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kutila-
digan maqsad o‘quvchilarga “Akusherlik va ginekologiya” fanidan
nazariy bilim berishda va amaliy ko‘nikma hosil qilishda yaqindan
yordam ko‘rsatishdir.