Elektroterapiya
Ginekologik bemorlarga davo qilishda elektr tokidan galvanik,
faradey va yuksak kuchlanishli o‘zgaruvchan tok shaklida qo‘l-
laniladi.
Ta’sir etib turgan vaqtda kuchlanishi bir xil bo‘lgani holda bir
yo‘nalishga ega bo‘ladigan tok galvanik tok yoki o‘zgarmas tok deb
ataladi. Galvanik tok galvanik batareya, akkumulator yoki maxsus
mashinadan olinadi. Terapevtik maqsadlar uchun tok kuchlanishi
60—80 V dan oshmasligi lozim.
0,25—1 mm qalinlikdagi yupqa qalay elektrodlar eng yaxshi
elektrodlar hisoblanadi.
Elektrod yuzaga zichroq yopishib turishi va shu bilan tokni bir
tekis taqsimlashi uchun, paxmoq laxtaklardan qalin gigroskopik
qistirma qo‘yiladi. Qistirma fiziologik eritma bilan ho‘llanadi, siqib
tashlanadi va badanning elektroliz bilan ta’sir etiladigan qismiga
yopiladi, ustidan qalay elektrod plastinkasi qo‘yiladi va hammasi
birga vint bilan mahkamlanadi.
Ionoterapiya
Muayyan dori moddalarni, masalan, yod, kalsiy va boshqa
elementlarning ionlarini o‘zgarmas elektr toki yordamida orga-
nizmga yuborish ionoterapiya (boshqacha aytganda, ionoforez,
elektroionoterapiya) deb ataladi. Ayni vaqtda, terapevtik samara
beradigan ionlar organizmga yuboriladi.
Elektroionoterapiya texnikasi quyidagicha: bemorning dum-
g‘aza sohasiga qumli xalta qo‘yilib, indifferent elektrod badanga
zich taqaladi. Bu elektrod iliq fiziologik eritmaga hollangan ma-
toni qalin qavati bilan qoplangan 10x15 sm kattalikdagi qo‘r-
g‘oshin plastinkadan iborat. Mato qavati bilan qoplangan ikkin-
chi elektrod qorinning pastki qismiga qo‘yiladi. Bu elektrod ma-
tosi ham dori moddasi eritmasiga ho‘llangan bo‘ladi. Gineko-
logiya amaliyotida ionoterapiya ko‘pincha qin yoki bachadon bo‘yni
kanalining shilliq pardasi orqali o‘tkaziladi.
Vaginal terapiya uchun silindrik uchlik shaklidagi elektroddan
foydalaniladi.
361
Diatermiya
Diatermik tok (yuqori chastotali tok) bir necha elektrodli max-
sus apparatlar yordamida hosil qilinadi va mahalliy diatermiya
shaklida qo‘llaniladi.
Ginekologiyada elektrodlarni qorin bilan belga (qorin-orqaga
joylashtirish), qorin bilan qinga qo‘yish (qorin-qin-orqaga joylash-
tirish) keng qo‘llaniladi.
Diatermiya, ayniqsa, gonokokk kabi issiqqa ojiz bakteriyalarga
bakteritsid ta’sir etadi, to‘qimalardagi modda almashinuvini
oshiradi, qon va limfa aylanishini kuchaytiradi, og‘riq sezgisini ka-
maytiradi va hokazo.
Ginekologiyada diatermiya chanoq qorin pardasi yallig‘lanib,
bitishma, ekssudatlar paydo bo‘lganda, operatsiyadan keyin
chandiqlar yuzaga kelganda, parametritlarda, bachadon ortiqlari-
dagi yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llaniladi.
Tuxumdon giðofunksiyasida, jinsiy a’zolar chala yetilganda,
spastik dismenoreyada diatermiya yaxshi natijalar berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |