NUR BILAN DAVOLASH. RENTGENOTERAPIYA
Rentgen nurlarini 1895-yilda V. K. Rentgen kashf etgan va X
nurlar deb atagan.
Rentgen nurlari — to‘lqin uzunligi ko‘rinadigan nurlarning
to‘lqin uzunligidan bir necha ming baravar kalta bo‘ladigan ko‘-
rinmas nurlar, ya’ni elektromagnit nurlardir.
Rentgen nurlari qattiq va yumshoq nurlarga bo‘linadi. Qattiq
nurlar to‘qimalarning ichkarisiga kira oladi, yumshoq nurlar esa
uzunroq to‘lqinli bo‘lib, to‘qimalarga ko‘proq yutiladi va shu sa-
babli faqat yuzadagi to‘qimalarga ta’sir etishi mumkin. Rentgen
nurlarining qattiqligi, binobarin, kirib-o‘tib borish xossasi elek-
tronlarning harakat tezligiga bog‘liq. Rentgen trubkasi chuqur kirib
boruvchi qattiq nurlar bilan birga, teriga halokatli ta’sir etadigan
bir talay yumshoq nurlarni ham chiqaradi. Yumshoq nurlarning
shunday ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aluminiy, rux, mis,
shuningdek, atom og‘irligi yuqori bo‘lgan turli metallarning qo-
tishmalaridan yasalgan maxsus filtrlardan foydalaniladi.
Rentgen nurlari bilan to‘qimalarning hujayralarini oshirish
mumkin, shu bilan birga, patologik jarayonda o‘zgargan hujayralarga
nisbatan sog‘lom hujayralar rentgen nurlarining yemiruvchi ta’siriga
chidamliroq bo‘ladi. O‘smalarga rentgen nurlari bilan davo qilish
ularning xossalariga asoslangan. O‘smalarning hujayralari rentgen
nurlariga (shuningdek, radiyga ham) ko‘proq sezgir bo‘lgani uchun
sog‘lom to‘qima hujayralariga nisbatan tezroq nobud bo‘ladi.
Ammo rentgen nurlari mahalliy ta’sir ko‘rsatish bilangina ki-
foyalanib qolmay, nerv sistemasi orqali reflektor yo‘l bilan butun
organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatadi, bu nurlarning terapevtik ef-
fektida juda katta rol o‘ynaydi.
Bemorni rentgen nurlari bilan davolashda terapevtik effekt
ko‘p sabablarga: bemorning individual xususiyatlariga, nerv siste-
masining funksional holatiga, bemorning yoshiga, nur berish
metodikasiga, dozasiga va nihoyat to‘qimaning (o‘smaning) nur
energiyasiga sezgirligiga bog‘liq.
Ginekologiya amaliyotida rentgenoterapiya keng qo‘llaniladi.
Tuxumdonlar funksiyasining buzilishi sababli bachadondan
qon ketganda rentgen nurlaridan foydalanishga kelsak, bu jihatdan
rentgen nurlarining, ayniqsa, qimmatli ekanligini aytib o‘tmoq
kerak, chunki bunda tuxumdonning follikular apparatiga ta’sir
368
etadigan ishonchli usulga ega bo‘lamiz. Tuxumdonning follikular
apparati rentgen nurlarining ta’sirida chuqur degenerativ o‘zga-
rishlarga uchraydi, shu sababli pirovardida follikular apparat atro-
fiyalanib, tuxumhujayralar hosil bo‘lishi to‘xtaydi, natijada
amenoreya ro‘y beradi. Ikkala holda ham kasallikning asosiy belgisi
— qon oqishi to‘xtaydi.
Tuxumdondagi o‘zgarishlar bilan bir vaqtda bachadon shilliq
pardasida ham chuqur o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar
pirovardida atrofik jarayonlar va regressiv o‘zgarishlar ro‘y berishiga
olib keladi.
Rentgen nurlarining tuxumdon follikular apparatiga yuqorida
ko‘rsatilgandek ta’sir etishini nazarda tutib, faqat klimakteriy
davriga yaqin ayollarning bachadonidan qon ketayotganida rentgen
nurlari bilan davo qilish mumkin.
Klimakteriy davrida qon ketganda rentgen nurlari bilan davo
buyurishdan oldin bachadon sinov maqsadida qirilib, qirindi gis-
tologik tekshirishdan o‘tkaziladi.
Bachadon fibromiomalariga rentgen nurlari bilan davo qilish
ham keng ommalashgan va ko‘pincha operatsiya o‘rnida qo‘lla-
nilmoqda. Fibromiomalarning asosiy belgilaridan biri qon oqishini
davolashga majbur etadi, nur energiyasi esa shu belgini bartaraf
qilishdan tashqari, o‘smani kichraytiradi va hatto batamom yo‘q
qiladi, chunki rentgen nurlari ta’sirida follikular apparat yemirilib
ketishi sababli hayz funksiyasi to‘xtashi bilan bir qatorda, bacha-
don to‘qimalarida atrofik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Shilliq parda ostidagi (submukoz) fibromiomalar, katta fibro-
miomalar uzun oyoqchali ayrim tugunlar shaklidagi subseroz fib-
romiomalarga rentgen nurlari bilan davo qilish tavsiya etilmaydi.
Yaxshi sifatli o‘sma yomon sifatli o‘smaga aylangan deb gumon
tug‘ilganda (o‘sma tez o‘sganda) ham rentgen nurlari bilan davo-
lash yaramaydi.
Yallig‘lanish jarayonlarida infiltratni shimiltirish va og‘riq qoldi-
rish maqsadida rentgenoterapiya (kichik dozada) g‘oyat kam
qo‘llaniladi.
Yoshi 40 dan oshgan bemor ayollarni rentgen nurlari bilan
davolasa bo‘ladi, reproduktiv yoshdagi ayollarga kasallik jarayoni
eskirib ketganda, shuningdek, bemorda amenoreya paydo bo‘lganda
va ayol turmaydigan bo‘lib qolgandagina rentgenoterapiya tatbiq
etilishi mumkin.
369
Ayollar jinsiy a’zolarining yomon sifatli o‘smalarini rentgen
nurlari bilan davolash keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |