GINEKOLOGIK BEMORLARNI PARVARISH QILISH
Kundalik turmushda va kasalxona sharoitida isituvchi kompress,
grelka va muzli xaltadan ko‘p foydalaniladi.
Sovuq (muzli xalta) dan foydalanganda xalta tiqinining yaxshi
buralishiga va muz erishidan chiqqan suvning choyshabga tushmas-
ligiga e’tibor berish kerak. Muzli xaltani sochiq yoki salfetkaga
o‘rash zarur, chunki temperaturalar farqi bo‘lganda xalta terlaydi.
Xaltani uzluksiz qo‘yish yaramaydi, chunki u terini muzlatishi,
ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi, ya’ni tomirlar falaj bo‘lib qolishi
mumkin (passiv giðeremiya). Muzli xaltani ko‘pi bilan bir soat
qo‘yib, keyin yarim soatga olib turiladi. Operatsiyadan chiqqan be-
morlarga muzli xaltani faqat dastlabki sutkada qo‘yish tavsiya etiladi.
Siydik yollarining kasalliklari (sistit, piyelit, nefrit) va ichak kasal-
ligi (kolit) muzli xaltadan foydalanishga monelik qiladi.
Ginekologiya amaliyotida grelkalar ham keng qo‘llaniladi.
Yarimo‘tkir yalligianish jarayonlarida, bemorlar ko‘p qon yo‘-
qotganida va operatsiyadan chiqqanida shimiltiruvchi terapiyaning
faolroq usullari (elektr lampali vannalar, solluks lampasi va shunga
o‘xshashlar)ni buyurishdan oldin bemorni isitish uchun grelka
qo‘yiladi. Siydik yo‘llari va ichakning yallig‘lanish kasalliklarida ham
grelka buyuriladi.
Jinsiy a’zolardan qon ketganda, grelka qo‘yish yaramaydi.
Operatsiya qilinib, hali narkozdan uyg‘onmagan bemorga
grelka qo‘yilsa, bemor qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Grelkaga iliq
(50°C) suv quyish kerak, chunki bunday bemorlar badani sez-
maydigan bo‘lib qolgani uchun, kuyishi mumkin. Qo‘yishdan ol-
din grelka vinti oxirigacha buralib, sochiq yoki saltetkaga o‘raladi.
Qinni chayish
Suvda erigan dori moddalarini kiritish yo‘li bilan qin shilliq
pardasiga yoki bachadon bo‘ynining qindagi qismiga ta’sir etish
kerak bo‘lganda qin chayiladi. Qinni chayish uchun 4—6 stakan
suv sig‘adigan, 1,5—2 m uzunlikdagi rezina naycha ulangan krujka
va shisha yoki plastmassadan yasalgan uchlik tayyorlanadi.
Suyuqlik qin devorlarini birtekis yuvishi uchun bemor yotishi
shart.
377
Qinni chayish texnikasi quyidagicha: krujka va rezina naychani
yaxshilab yuvib, rezina naycha uchlikka kiygiziladi.
Oddiy uchlik qaynatilishi, so‘ngra qin devorini shikastlamasligi
uchun ko‘zdan kechirilishi lozim. Qinni chayish uchun tayyorlan-
gan eritma me’yorga keltiriladi.
Kiritiladigan dorilarning xiliga qarab qinni chayish quyidagi
turlarga bolinadi:
— antiseptik moddalar bilan chayish — yiring tug‘diruvchi
bakteriyalar qo‘zg‘atgan kasalliklarda qo‘llaniladi;
— burishtiruvchi moddalar eritmasi bilan chayish;
— ishqoriy (sodali) moddalar eritmasi bilan chayish – yo-
pishqoq shilimshiq chiqindilarni eritib tushirish uchu qo‘llaniladi.
Qinni chayish uchun odatda 4—5 stakan (800—1000 suyuqlik
olinadi, suyuqlikning oqib chiqish tezligi jo‘mrak yordamida rost-
lanadi.
Qin, odatda, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun cha-
yiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |