Og‘riqsizlantirish.
Operatsiyada og‘riqsizlantirish (anesteziya)
maqsadida umumiy ingalatsion narkoz va mahalliy anesteziya
qo‘llaniladi. Ba’zan orqa miya anesteziyasi qilinadi, buning uchun
sezuvchanlikni falaj qiladigan eritmalar — novokain, lidokain orqa
miya kanaliga yuboriladi.
Mahalliy anesteziya va orqa miya anesteziyasida bemorlarning
hushi joyida bo‘ladi, bu qayd etilgan usullarning kamchiligi hi-
soblanadi. Chunki orqa miya anesteziyasi bilan qilinadigan ope-
ratsiya og‘ir operatsiya hisoblanib, juda toqatli bemorlargina yaxshi
ko‘tarishadi. Anesteziyaning har bir turi — mahalliy anesteziya
ham, umumiysi ham malaka va ko‘p tajriba talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |