oladi. Odatda, narkoz sifatida efir ishlatiladi, kichik operatsiyalar
uni olovdan ehtiyot qilish kerak. Efir ochiq bankada va yorug‘da
374
funksiyasini kamaytirish uchun atropin berish kerak. Umumiy
narkozdan ilgari bemorlarga veronal berish tavsiya etiladi. Veronal
yurakka yaxshi ta’sir etadi va tez uxlatadi. Bemor operatsiya xonasi-
ga g‘ildirakli aravachada keltiriladi.
Narkoz berishni boshlashdan oldin narkoz stolchasida hamma
narsa tayyorligini, ya’ni efir (yetarli miqdorda), niqoblar, tom-
chilovchi idishlar, og‘izni kengaytirgich, metall napalchik, korn-
sang, tog‘orachalar, fonendoskop, inyeksiya shprisi, vazelin,
shuningdek, teri ostiga yuboriladigan dorilar: kamfora, kofein,
adrenalin, strofantin, lobeli borligini tekshirish kerak.
So‘nggi yillarda narkoz berish uchun maxsus mukammalroq
apparatlar ishlab chiqarilmoqda, bu apparatlarda efir kislorod bi-
lan aralashtirib beriladi.
Kislorod-efir narkozi sof efir narkoziga nisbatan quyidagi af-
zalliklarga ega:
– efir ikki baravar kam yutiladi;
– bemor organizmi kislorodga to‘yinadi;
– operatsiyadan keyingi davrda nafas yo‘llarining kasalliklari
kam uchraydi;
– narkoz bemorni kamroq bezovta qiladi.
Ichki a’zolar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak)ning og‘ir kasal-
liklarida efir narkozi tavsiya etilmaydi.
Xloretil hidsiz bo‘lib, narkoz tez boshlanadi va bug‘lari kirish-
dan to‘xtashi bilan narkoz tez yo‘qoladi. Xloretilni uzoq muddat
ishlatish yaramaydi, chunki nafas markazi falajlanishi va yurak
to‘xtab qolish ehtimoli bor. Xloretil bilan ingolatsiya qilish uchun
oddiy niqob ishlatish mumkin; bunda xloretilli shisha ampula
og‘zini niqobning doka qavatiga yaqin tutinishiga qarab tutish kerak.
Efir narkozi kabi xloretil narkozida ham olovdan ehtiyot bo‘lish
lozim, chunki xloretil bug‘lari oson alangalanib ketadi.
Barbituratlar guruhiga oid geksenal va tiopental-natriy, so‘nggi
yillarda keng rasm boldi. Bu preparatlar, odatda, narkoz bera
boshlash uchun, shuningdek, ba’zan asosiy narkoz uchun ham
qo‘llaniladi. Odatda, venaga yuboriladi, lekin ularni ichirish,
to‘g‘ri ichak orqali va muskullar orasiga yuborish ham mumkin.
Zarurat tug‘ilganida narkozni to‘xtatishning iloji yo‘qligi sababli
so‘nggi usullar keng rasm bo‘lmadi.
Geksenal ampulalarda ishlab chiqariladi. Bu achchiq, kristalik
oq kukun. Havo tekkanda geksenal tez parchalanadi, shu sababli
375
eritmasi zaruriyatga qarab tayyorlanishi kerak. Geksenalni tomchi-
latib yuborish uchun 1% li 200 ml eritmasi tayyorlanishi lozim.
Hozir murakkab jarrohlik operatsiyalarda potensiallangan
narkoz tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu narkozda og‘riq qoldiruvchi
turli moddalar neyropleptik va kuraresimon moddalar bilan birga
ishlatiladi.
Potensiallangan narkozda narkoz muddati uzayadi va narkoz
chuqurroq bo‘ladi, shu sababli shok kelib chiqish xavfi kamayadi.
Gaz narkozining boshqa turlari ham ishlatiladi (azot (I)-oksid
N
2
O, ftorotan, siklopropan). Intratraxeal narkozning yuqorida sa-
nab o‘tilgan turlarini, odatda, anesteziologiyadan maxsus o‘qitil-
gan shifokorlar berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: