Maket Akusherlik 2013. pmd


OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA PARVARISH



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA PARVARISH

Qorin devori operatsiyasi tugagach, qorin devorining jarohati

tikilgandan keyin ustiga bir necha steril doka salfetkadan boylam

yopiladi, uning ustidan enlik paxta qo‘yiladi, bularning hammasi

doka yoki maxsus bint bilan bog‘lanadi. Bu bintning uchlariga

bog‘ichlar qilingan bo‘ladi.

Qin operatsiyalarida ba’zan qin steril doka bilan zichlashtirmay

tamponada qilinadi. Tamponada, odatda, bir sutkadan keyin oli-

nadi. Qin operatsiyasida qin jiðs choklanmaydigan va drenajning

doka tasmasi qorin bo‘shlig‘iga tiqib qo‘yiladigan bo‘lsa, odatda

tasma 5—6-kuni olib tashlanadi. Boylam qo‘yilgandan keyin be-

mor operatsiya stolidan avaylab olinib, nosilkaga yoki aravachaga

yotqiziladi, choy-shabga yaxshilab o‘rab palataga olib kelinadi. Pa-

latada bemor yaxshi isitilgan o‘ringa yotqiziladi. O‘rinni elektr

lampalar yordamida nur vannalari, rezina grelkalar yoki issiq suv

to‘ldirilgan butilkalar bilan isitish mumkin.

Ingalatsion narkozdan keyin bemor o‘ringa yostiqsiz gorizontal

holatda yotqiziladi; orqa miya anesteziyasidan keyin bemorning

boshiga yostiq qo‘yiladi. Orqa miya anesteziyasida novokainning

spirtli eritmasi ishlatilgan bo‘lsa, bemor boshiga yostiq qo‘ymay,

krovatning oyoq tomonini ko‘tarib yotqiziladi. Bemorning oyoq-

lariga metall yoki rezina grelkalar choyshab ustidan qo‘yiladi.

Og‘riqni qoldirish uchun qorin sohasiga muz to‘ldirilgan rezina

xalta qo‘ygan ma’qul. Muzli xalta har 1—2 soatda almashtirilishi

kerak. Muzli xaltani bir soatdan uzoq ushlash yaramaydi.

Operatsiyadan keyingi dastlabki vaqtda hamshira bemor krovati

yonida o‘tirishi, bemorning tomir urishini, nafas olishini va yuzi-

ning rangini kuzatib turishi lozim.

Operatsiyadan keyingi og‘riqlarni bartaraf qilish birinchi navbat-

dagi vazifadir. Bemorlar azob tortmasliklari uchun teri ostiga morfin

(1% li eritmasidan 1 ml) yoki pantopon yuborish tavsiya etiladi.

Bemor qattiq chanqasa, og‘zini ho‘llash va chayish uchun

qaynatilgan sovuq suv oz-ozdan beriladi; bemor suvni tuflab

tashlashi kerak. Operatsiya qilingan kuni kechga yaqin yoki erta-

siga ertalab bemorga oz-ozdan choy yoki qora kofe berish mum-

kin.


Operatsiya qilingan bemorlar ko‘pincha uyqudan qoladilar.

Uyqusizlik sabablari: og‘riq, noqulay yotish, chanqov, koridor




379

yoki qo‘shni palatalardagi shovqin, ruhiyatning qo‘zg‘alishi va

shunga o‘xshashlar. Bu maqsadda uxlatadigan dorilar buyuriladi.

Operatsiyadan keyin og‘iz bo‘shlig‘iga qarab turish kerak,

chunki ba’zi kasalliklar (masalan, stomatit, parotit) og‘iz bo‘sh-

lig‘idan boshlanadi. Ertalab va kechqurun bemorning tishlarini

tozalab, og‘zini chayish zarur. Zarurat bo‘lsa, og‘iz dezinfeksi-

yalovchi moddalar eritmasi bilan chayiladi.

Teridagi choklar 6—8-kuni olinadi. Bemor bir kun oldin

kechqurun surgi dori ichadi, chok olinadigan kuni ertalab ichi

kelmagan bo‘lsa, tozalovchi huqna qilinadi. Chok olingach, jaro-

hatga yod nastoykasi surtib, yana doka boylam yopishtiriladi. Qin

operatsiyalarida ketgutdan chok solingan bo‘lsa, bu chok ko‘pincha

olinmaydi, chunki ketgut chok so‘rilib ketadi. Oraliq terisidagi iðak

choklar 6-kuni olinishi kerak. Oraliq operatsiyasidan keyin jaro-

hatni mumkin qadar quruq tutish kerak, bu maqsadda yuvinish va

siyishdan keyin chokka steril doka yopish zarur.

Bemorlarni ehtiyot bo‘lib ovqatlantirish zarur: operatsiyadan

keyin 2-kuni bemorga choy yoki kofe ichiriladi, 3-kuni bulyon,

kisel beriladi, 5-kundan boshlab sekin-asta odatdagi ovqatlar berila

boshlanadi.

Chok olinganidan keyin bemorning krovatda o‘tirishiga, ertasi

kuni esa o‘rnidan turishiga ruxsat beriladi. Qorin devorini ochish

laporotomiya operatsiyasidan keyingi davr normal o‘tgan taqdirda

bemor 12—14-kuni uyiga jo‘natiladi. Qorin devorini ochib oper-

atsiya qilingan bemorlarning yarasi bitib, jarohat bitguncha 3—5 oy

davomida bandaj tutib yurish tavsiya etiladi. Bandajni faqat ish va-

qtida tutib yurish kerak, chunki doim bandaj tutib yurish qorin

devorining muskullarini bo‘shashtirib, atrofiyaga sabab bo‘ladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish