qo‘llaniladi.
DORI VOSITALARI BILAN DAVOLASH
Bularga bachadonga ta’sir etadigan qon to‘xtatadigan dorilar:
vikasol, disinon, ergotil, ergometrin, metilergometrin, oksitotsin,
pituitrin, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat kiradi.
Ba’zan qon to‘xtatuvchi turli dorilarning kombinatsiyalari ham
foyda beradi.
Giðofizning orqa bo‘lagidan tayyorlanadigan ekstrakt — pitu-
itrin R ham qon to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatilishi mumkin. Bu
preparat silliq muskullarning (shu jumladan, bachadon muskul-
larining) qisqarishini kuchaytiradi. Pituitrin R ichak va qovuqning
operatsiyadan keyingi atoniyasida ishlatiladi. Bachadondan disfunk-
sional qon ketganda (balog‘atga yetish davrida, klimaks davrida),
surunkali metritda, abortdan keyin qon ketganda pituitrin R,
oksitotsin qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |