Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Antibiotiklar

O‘rta tibbiyot xodimlari bemorlarni shifokor nazorati ostida

davolaydilar.

Shifokor har bir bemor uchun alohida muayyan antibiotik

preparatlarni buyuradi. Ayrim ginekologik kasalliklar, ayniqsa,

spetsifik yallig‘lanishlar maxsus davolash kursi (sxema) bo‘yicha

olib boriladi. O‘rta tibbiyot xodimlari yuqorida qayd etilgan sxema-

lar bilan tanish bo‘lishlari lozim.

So‘zak, septik xarakterdagi boshqa turli yuqumli kasalliklarni

davolashda ginekologiyada sulfanilamid preparatlar keng qo‘l-

laniladi.

Quyidagi hollarda sulfanilamid preparatlarga monelik bo‘ladi:

– yurak-tomir sistemasi va qon kasalliklari;

– o‘pka silining keng faol shakli;




356

– yara, jigar kasalliklari;

– nefrozo-nefritlar, Bazedov kasalligi, epilepsiya, og‘ir en-

dokrin kasalliklar;

– toksikozlar bilan davom etadigan barcha homiladorliklar.

Sulfanilamid preparatlar bilan davolashda deyarli hamisha

umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, ishtahadan qolish, picha

bosh og‘rig‘i kabi ba’zi ko‘ngilsiz hodisalar kuzatiladi. Bular

davolashni to‘xtatishga sabab bo‘lmasligi kerak.

Bemorning boshi qattiq og‘riganida, qusganida, terisiga g‘udda

toshganida, qo‘1-oyoqlari jonsizlanib qolganda, tomiri juda tez ur-

ganda, sianoz, sariq kasalligi paydo bo‘lganda sulfanilamid

preparatlar bilan davolashni vaqtincha to‘xtatib turish kerak.

Ko‘ngilsiz hodisalar paydo bo‘lsa, toksinlarni organizmdan

chiqarib yuborish uchun bemorga ko‘proq suyuqlik beriladi, ichni

tozalaydigan huqna qilinadi yoki surgi dori ichiriladi.

Antibiotiklardan penitsillin, ayniqsa, ko‘p ishlatiladi. Penitsil-

lin (


penicilliumpnotatum

 yoki 


crustosum

) zamburug‘i moddalar al-

mashinuvida hosil bo‘ladigan moddadir. Penitsillin bakteriostatik

ta’sir ko‘rsatadi (mikroblarning o‘sishini to‘xtatadi), ammo katta

dozalari bir qancha mikroblarga, jumladan, gonokokklarga bakte-

ritsid ta’sir ko‘rsatadi (bakteriyalarni o‘ldiradi).

Streptokokk, pnevmokokk, gonokokk, meningokokk va boshqa

ba’zi mikroblar qo‘zg‘atadigan kasalliklarda penitsillin yaxshi foyda

beradi; penitsillin viruslarga, ichak tayoqchasiga, sil, brutselloz

mikroblariga ta’sir etmaydi.

Penitsillinning zaharli xossalari yo‘q. Penitsillin eritmasi, odatda

muskul orasiga, ba’zan esa venaga yuboriladi.

Penitsillin so‘zak va turli mikroblar qo‘zg‘atadigan boshqa

ko‘pgina yuqumli jarayonlarga davo qilish uchun eng ta’sirli do-

rilardan biridir.

Septik jarayonlarda penitsillin dozasi va qo‘llanish usuli infeksi-

yaning xarakteriga va o‘tkirlilik darajasiga bog‘liq.

Septik kasalliklarda penitsillinni qo‘llab yaxshi natijalarga eri-

shib bo‘lmasligi bir qancha sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin,

ya’ni:


– mikroblarning penitsillinga chidamliligi; stafilokokk, ichak ta-

yoqchasi, ko‘k-yashil yiring tayoqchasi, enterokokk qo‘zg‘atgan

septik jarayonlarda ko‘pincha shunday bo‘ladi;



357

– preparatni yetarli dozada bermaslik va muntazam ravishda

yubormaslik;

– preparatni haddan tashqari kech, organizmdagi o‘zga-

rishlar qaytmas holga o‘tgandan keyin (septik endokardit, ko‘plab

yiringli metastaz o‘choqlari, miya abssesslari) qo‘llash;

– ochilmagan yiring o‘chog‘i (piyemiya) borligi. Septik kasal-

liklarga davo qilishda penitsillinoterapiya hozir yetakchi terapiya

ekanligi shubhasiz. Penitsillinni o‘z vaqtida, to‘g‘ri qo‘llash nati-

jasida septik kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi kamaygan. Bir qancha

hollarda penitsillinoterapiya bilan birga, boshqa turli davo usulla-

ridan ham foydalanish (kimyoterapiya, jumladan, sulfanilamid

preparatlar bilan davolash, immunoterapiya, jarrohlik operatsiyasi

— abssesslarni ochish va shunga o‘xshash) zarurligini esda tutmoq

kerak.

Keng doirada ta’sir qiladigan antibiotiklar. 

So‘nggi vaqtda avvalo

penitsillinga chidamli mikroblar qo‘zg‘atadigan kasalliklarda anti-

biotiklarning katta guruhi qo‘llanilmoqda.

Antibiotiklar bilan davo qilinayotganda achitqisimon zam-

burug‘larning paydo bo‘lishi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.

Shuning uchun butun davolash kursi mobaynida bemorlarga vita-

minlar (yaxshisi polivitaminlar), dori preparatlaridan — levorin va

nistatin buyurish lozim.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish