qin orqali tekshiriladi
.
Tug‘ruq davomida qin orqali tekshirish ko‘rsatmalarga qarab
o‘tkaziladi: homilaning tug‘ilish davri cho‘zilganda, homilaning
vaziyati va oldinda yotuvchi qismi noaniq bo‘lganda, tug‘ruq
yo‘llaridan qon ketganda, homila asfiksiyasi va shunga o‘xshash
hollarda qin orqali tekshiriladi.
Tug‘uvchi ayolning tug‘ruq yo‘llaridan kelayotgan chiqindi
tug‘ruq vaqtida sinchiklab kuzatib turiladi. Tug‘ruqning birinchi
davrida suv ketguncha bo‘yin kanalidagi yopishqoq tiniq shilimshiq
ajralib chiqadi.
Qovuq va ichak funksiyasiga
qarab turish kerak. Qovuq va
to‘g‘ri ichak to‘lib ketganda ochilish davri bilan homila tug‘ilish
davri normal o‘tolmaydi, yo‘ldosh tushishida qiyinchilik bo‘ladi.
Qovuq atoniyasida ayol siygisi kelayotganini sezmaydi, qovuq
shuning natijasida to‘lib ketishi mumkin. Homila boshi siydik
chiqarish kanalini simfizga taqab qo‘yganda ham qovuq to‘lib ke-
tadi. Qovuq to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tug‘uvchi ayolga
har 2–3 soatda o‘zicha siyish buyuriladi. Tug‘uvchi ayol qovug‘ini
o‘zicha bo‘shata olmasa, kateterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |