Qovuq
quyidagicha
kateterlanadi
. Tug‘uvchi ayolning tashqi jinsiy
a’zolari kuchsiz dezinfeksiyalovchi eritma bilan yuviladi. Akusher
qo‘llarini cho‘tkada sovunlab yuvadi va spirt bilan artadi. Chap
qo‘lining ishora va bosh barmoqlari bilan jinsiy lablar keriladi, siydik
chiqarish kanalining tashqi teshigi ochiladi va kuchsiz dezinfeksi-
yalovchi eritma (kaliy permanganat) bilan artiladi. Kateter, yaxshisi
elastik kateter, o‘ng qo‘lga olinib, uchi uretra orqali qovuqqa avaylab
kiritiladi. Siydik xususiyatlari (tiniqligi, loyqaligi, qon aralashganli-
gi) aniqlanadi va zarur bo‘lsa tekshirishga yuboriladi.
Ichakning pastki bo‘limini o‘z vaqtida bo‘shatish muhim.
Ochilish davri 12–15 soatdan uzoqqa cho‘zilsa, ichakni tozalash
maqsadida huqna qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |