Mahsulot sifati tahlili


Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili



Download 46,84 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi46,84 Kb.
#750295
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsulot sifati tahlili

Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili





Nav

Birlik uchun ulgurji narx, so‘m.

Naturada ishlab chiqarish, dona


Reja bajarilishi,
%


Salmog‘i, %

Qiymat ifodasida ishlab chiqarish,
ming so‘m

reja

haq.

reja

haq.

reja

haq.

Oliy

2500

1420

1490

104,9

56,35

59,84

3550

3725

Birinchi

2200

1100

1000

90,9

43,65

40,16

2420

2200

Jami

X

2520

2490

98,8

100

100

5970

5925


Sifat ortishi hisobiga o‘rtacha narx 10,47 so‘mga oshgan. (2379,5 –


2369,04).
Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri:
(2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so‘m.
Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlilida qo‘llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin.
3.11-jadval ma’lumotlari bo‘yicha ushbu hisoblashni mutlaq farqlar usulida bajaramiz.

3.11-jadval

Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri (qiymat ifodasida un mahsuloti)





Mahsulot navi

Mahsulot birligi uchun ulgurji narx, so‘m

Mahsulot tarkibi, %

Struktura o‘zgarishi hisobiga o‘rtacha narx o‘zgarishi, so‘m.


reja


haq.


og‘ish , (+,-)

Oliy nav

2500

56,35

59,84

+3,49

87,25

Birinchi nav

2200

43,65

40,16

-3,49

-76,78

Jami

X

100

100

-

10,47

Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo‘yicha shunga o‘xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi.


Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi.
Reklamatsiya yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo‘llash va boshqalar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi.
Mahsulotlar butligi, deganda tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, iste’molchilar uchun jo‘natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but bo‘lmagan mahsulotlarni jo‘natish va ularni hisobotga kiritishni taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot qismlari, instrumentlar va moslamalar yetkazib bermaslik sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum tashkilotning ishlab chiqarish tsikli yakunlanganligi, ishlab chiqarishga bo‘naklangan tashkilot mablag‘larining pul shaklida qaytganligi va barcha mablag‘larning yangi tsikli boshlanganligini tavsiflaydi. Mahsulot sotish hajmidagi o‘zgarishlar tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.


Sotishdan tushumlar o‘zgarishi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar sirasiga quyidagilar kiritiladi:

  • sotish hajmi o‘zgarishi;

  • sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o‘zgarishi;

- sotish tarkibi o‘zgarishi.
Sotishdan tushumlarning umumiy o‘zgarishi quyidagi tarzda omilli og‘ishlar miqdori ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:

Bu yerda


T T1 T0
 Tq  Tp

  • Tc .

T1 – hisobot yilidagi tushum;
T0 – bazis yildagi tushum;
Tq – sotish hajmi o‘zgarishi natijasida og‘ish;

Tc
Tp
og‘ish.
– sotish tarkibi o‘zgarishi natijasida og‘ish;

  • sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o‘zgarishi natijasida

Bunda tushumni (T) sotish narxining (r) sotish hajmiga (q) ko‘paytmasi sifatida tasavvur qilamiz. Bunda bazis yildagi tushum quyidagiga teng bo‘ladi:

Joriy yildagi tushum esa:


T0
T1
p0 * q0.

p1 * q1.

Bu yerda
p0 ,
p1 – bazis va joriy yildagi sotish narxi;

q 0 ,
q 1 – bazis va joriy yildagi sotish hajmi.

Bundan kelib chiqqan holda sotish hajmi o‘zgarishining (o‘zgarmas narxlar holatida) tushum o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagicha bajariladi:


q
T
1
p0 * q1 p0 * q0
p0 (q1 q0 ) 
p0 * q.

Sotish narxi o‘zgarishining (o‘zgarmas hajmda) tushum o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Tp1
p1 * q0 p0 * q0
q0 ( p1 p0 )  q0 * p.

Tahlil jarayonida sotish tarkibining o‘zgarishi kabi omillar ta’siri ham aniqlanadi. Bunda alohida assortiment pozitsiyalarning bazis va tahlil davrida sotishning umumiy hajmidagi ulushi belgilanadi, keyin esa strukturaviy o‘zgarishlarning umumiy sotish hajmiga ta’siri hisob- lanadi. Sotilgan mahsulot assortimenti o‘zgarishi natijasida olinmay qolgan tushum – salbiy, rejadan tashqari tushum ijobiy baholanadi.
Yanada batafsil tahlilda strukturaviy o‘zgarishlarning yanada aniqroq bahosi talab qilinadi.
Mahsulot sotish tahlili har oy, chorak, yarim yil va yil uchun o‘tka- ziladi. Bu jarayonda uning haqiqatdagi ma’lumotlari rejaviy, oldingi davrlar bilan taqqoslanadi, rejaning bajarilish foizi, rejadan mutlaq og‘ish, tahlil davridagi o‘sish sur’ati va ko‘payish, ko‘payishning bir foizi uchun mutlaq qiymat hisoblanadi.
Baholash jarayonida farq kuzatilgan assortiment pozitsiyalarini ajratish zarur:

    • haqiqatda ishlab chiqarish hajmining reja bilan farqi, shu sababli mahsulot sotish hajmi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmagan;

    • haqiqatda ishlab chiqarish hajmining rejalangan sotish hajmi bilan farqi, shu sababga ko‘ra korxonada sotilmagan mahsulotlarning me’yoridan ortiqcha zaxiralari to‘planib qolgan.

Analitik ishlarni amalga oshirish jarayonida ushbu vaziyatlarning tashkilot uchun oqibatlari baholanadi. Birinchi holatda – bu shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarima sanksiyalari, ikkinchisida – mavjud me’yoridan ortiqcha zaxiralar bilan bog‘liq xarajatlarning yuzaga kelishi: ombor xarajatlari, mulk solig‘i oshishi, aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi sekinlashuvi, kapitalning zaxiralarda qotib qolishi va boshqalar.
Quyida ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichlari, ombordagi mahsulot qoldiqlarini sotish va dinamikasining qiyosiy tahlili tovar balansi doirasida amalga oshiriladi.
Mahsulot sotish tahlilining ikki variantini qo‘llash mumkin. Agar tashkilot tushumi tovar mahsulotlar jo‘natilishi bilan aniqlansa, u holda tovar mahsulotlar balansi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Oyb + T = R + Oyo.
Bundan: R = Oyb + T – Oyo
Agar tushum jo‘natilgan mahsulot to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng aniqlansa, u holda tovar balansini quyidagicha yozish mumkin:
Oyb + T + OTyb = Z + OTyo + Oyo. R = Oyb + T + OTyb – OTyo – Oyo.
Bu yerda Oyb , Oyo – davr boshi va oxiri uchun omborlardagi tayyor mahsulot qoldig‘i;
T – tovar mahsulotlar ishlab chiqarish;
R –hisobot davrida mahsulot sotish hajmi;
OTyb, OTyo – davr boshi va oxiri uchun xaridorlar tomonidan to‘lanmagan jo‘natilgan mahsulot qoldig‘i.
Mazkur omillarning mahsulot sotish hajmiga ta’sirini hisoblash omilli ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejaviy bilan taqqoslash va ularning har biri uchun mutlaq hamda nisbiy o‘sishlarni hisoblab chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

3.6-jadval

Download 46,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish