Mahsulot sifati tahlili



Download 46,84 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi46,84 Kb.
#750295
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsulot sifati tahlili

Mahsulot sifati tahlili


Hozirgi sharoitda zamonaviy turdagi mahsulotlarni zaruriy miq- dorda va yuqori sifatli ishlab chiqarish hal qiluvchi vazifalardan biri sanaladi.
Mahsulot sifati – mahsulot sotish o‘sishiga imkon beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxona- lar raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.
Mahsulot sifati – uning mo‘ljallanganligiga muvofiq muayyan ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shartlovchi mahsulotlar xususiyatlari majmuyidir.
Sanoatning turli tarmoqlari mahsulotlari o‘ziga xos sifat parametrlariga ega. Mashinasozlik milliy iqtisodiyot uchun yangi texnikalar yaratish va amaldagi texnikalarni rekonstruksiya qilishda yetakchi tarmoq hisoblanadi. Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida sifatni tavsiflovchi belgilar tovarlarning iste’mol xususiyatlarini oshirish, masalan, matolar asilligi, bo‘yoq chidamliliigi, mahsulotlar mustahkamligi, kaloriyalilik va boshqalar hisoblanadi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmi texnik taraqqiyot darajasini tavsiflaydi.
Tabiiyki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning ilk davrida katta xarajatlarni talab qiladi, lekin bu loyiha quvvatlarini o‘zlashtirish, kelgusida seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish natijasida o‘zini qoplaydi. Tobora mahsulot tannarxi kamayib, mos ravishda uning ulgurji narxlari ham pasayadi. Bu ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar uchun foydali hisoblanadi.
Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi sifat ko‘rsatkichi, deb yuritiladi.
Mahsulotlar sifat ko‘rsatkichining umumiy, individual va bilvosita ko‘rsatkichlari mavjud. Sifat ko‘rsatkichlari mahsulotlarning parametrik, iste’mol, texnologik dizayn xususiyatlarini, uning standart- ga muvofiqligi, ishonchliligi va chidamliligini tavsiflaydi.
Umumiy ko‘rsatkichlar turi va mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning ulushini tavsiflaydi:

    • umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi;

    • sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi;

    • xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi;

    • eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat mamlakatlariga jo‘natilayotgan mahsulotlar va boshqalar.

Mahsulot sifatining individual (yagona) ko‘rsatkichlari uning xossalaridan birini tavsiflaydi:

    • foydalilik (sut yog‘liligi, ko‘mirning yonuvchanligi, rudada temir miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar);

    • ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi);

    • konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks etti- ruvchi texnologiklik (mehnat sig‘imi, energiya sig‘imi va hokazo);

    • mahsulotlar estetikligi.


Download 46,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish