461
Xulosa
Mahsuldor gorizontlarni ochishda atrofning tabiiy
muhitini muhofaza qilish
sohasidagi asosiy talab tuproq qoplamasiga har xil belgilanishdagi suv havzalariga,
o‗simlik va hayvonot dunyosiga progressiv ekologik kam xavfli texnologiyalar va
texnik vositalarni amalga oshirish yo‗li bilan salbiy holatlarni minimallashtirish
hisoblanadi. Neft va gaz otilib chiqadigan holatlarda nazoratsiz favvoralinish ekologik
halokatga olib kelishi mumkin.
Mahsuldor qatlamni germetikligini ta‘minlamasdan
anomal yuqori qatlam
bosimi (AYUQB) bilan ochish jarayonida yuqorida joylashgan qatlamdagi neft va gaz
yuqorida joylashgan o‗tkazib yuboradigan qatlamga (suvli qatlam, neftgazli qatlam)
oqib o‗tadi. Ekologik monitoring ma‘lumotlari bo‗yicha burg‗ilash ishlarini
o‗tkazishga talablar atrof muhitni muhofaza qilish sifatini oshirish maqsadida
to‗g‗rilanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda yer osti boyliklarini muhofazalash bo‗yicha
tadbirlari ishlov beriladigan
mahsuldor soz yerlarga ham, mahsuldor bo‗lmagan
qatlam yoki qazilma ishlari amalga oshirilmaydigan soz yerlarga salbiy ta‘sirni
minimal bo‗lishiga xizmat qilishi hamda gorizontlarni toza yer osti ichimlik suvining
ham tozaligini ta‘minlashi kerak.
Nazorat savollari.
1.Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonlari atrof muhitga qanday salbiy
holatlarni keltirib chiqaradi?
2.Mahsuldor qatlamni ochishda qanday texnika xavfsizligiga rioya qilinishi
kerak?
3.Qatlamni ochishda favvora paydo bo‗lsa qanday choralar qo‗llanilishi
mumkinligini tushintirb bering?
4.Texnik qoidalarni bajarilishi kim tmonidan nazorat qilinadi?
GLOSSARIY
Aylanish sistemasi
– burg‗ilanayotgan rotorli quduqdagi sistema. Quduqni
gillashga mo‗ljallangan. Mahsus nasos, egiluvchan rezina quvurdan iborat.
Gilli
eritma nasos va rezina quvurlar yordamida vertlyug orqali quduqka yuboriladi.
Bosim gradienti
- suyuqlikning harakat yuli uzunligi birligiga (m, km) nisbatan
bosimning pasayishi.
Bosim depressiyasi
– a) konni ishlab chiqarishda dinamik qatlam bosimini uning
boshlang‗ich bosimi (neft uyumini ishlatishdan oldin o‗lchangan qatlam bosimi) ga
nisbatan pasayishi; b) ishlatilayotgan quduqlar uchun – dinamik qatlam bosimi bilan
quduq tubidagi bosim orasidagi farq.
Bosimning tazyikli gradienti
- sizish masofasining uzunlik birligiga nisbatan
bosimning kamayishi. N/L
formula bilan aniqlanadi, bunda N – suyuqlik bosimi
miqdori, sm; L- sizish oqimining yul uzunligi, sm.
Burg‘ilashning texnologik rejimi
– qudug‗ini burg‗ilashda
jinslarni maydalash
uchun foydalaniladigan doldoto ishining samaradorligini aniqlash. Bu maqsadda: 1)
burg‗iga bo‗ladigan bosim; 2) dolotoning aylanish soni; 3) loyli eritmaning sifati va
miqdori; 4) asbobni quduqka tushirish va x.k. aniqlanadi.
Burg‘ilash qudug‘ini ishlatish
– burg‗ilash qudug‗i
ichidagi suyuqlikni yer
yuziga chiqarish. B.q.i.ning quyidagi usullari ajratiladi: favvorali – suyuqlikni yer
yuziga chiqarishga qatlam bosimi etarli; mexanik – qatlam
bosimi suyuqlikni yer
yuziga chiqarishga etarli bo‗lmaydi, bunday vaqtda suyuqlik kompressorlar
yordamida tortib chiqariladi; chuqurlik nasosi usuli orqali –
quduq ichiga nasos
tushirib suyuqlik yuqoriga tortib chiqariladi.
Burg‘ilash qudug‘i sarfini o‘lchash
- ishlayotgan neft quduqlarida
harakatlanayotgan suyuqlik oqimi tavsifini yoki haydash quduqlaridagi jinslarning
suv
qabul
kila
olish
imkoniyatini
aniqlash
maqsadida
quduq
tomon
harakatlanayotgan suyuqlik oqimi tezligini o‗lchash.
Do'stlaringiz bilan baham: