463
Darzlilik
– tog‗ jinslarida dinamik radial (qatlam usti va tagiga nisbatan meyorli)
sikuvchi yoki tangensial (qatlam usti va tagiga nisbatan parallel)
kuchlanishlari
ta‘sirida paydo bo‗lgan va har xil kattalikdagi, uzaro birlashib ketgan darzliklar
sistemasi. D. miqdori jixatidan ma‘lum jins namunasidagi darzliklar hajmini uning
umumiy hajmiga bo‗lgan nisbati bilan aniqlanadi. Yer pustida sodir bo‗ladigan
geologik jarayonlar D. paydo bo‗lishiga olib keladi.
Darzlilik maydoni
– yer pustida hosil bo‗ladigan kuchlanishlar ta‘sirida
paydo
bo‗lgan ko‗p darzli maydonlar.
Yer osti oqimi moduli
– yer osti suvi yig‗iladigan ma‘lum maydondan vaqt
birligida
okib utgan suv hajmi, l/s; km
2
yoki m
3
/s; km
2
da ifodalanadi.
Yer osti suvlari dinamik zahiralari
– yer osti suvlari oqimining tabiiy sarfiga
teng. Ular yer osti suvlari oqimi sarfini aniqlash ifodasi yordamida hisoblanadi.
Jinslar o‘tkazuvchanligi
– bosimlar kamayganda tog‗
jinslarining uzidan
suyuqlik va gaz o‗tkazish kobiliyati. Tabiatda odatdagi gidrostatik bosimda suv va
boshqa suyuqliklarni o‗tkazadigan tog‗ jinslari o‗tkazuvchan hisoblanadi.
O‗tkazuvchanlik ulchovi tog‗ jinslarining galvirakligi,
shuningdek suyuqlik yoki
gazdagi bosimga bog‗liq. O‗tkazuvchanlik darajasiga kura jinslar o‗tkazuvchan
(shagal, kum, gravit), yarim o‗tkazuvchan (mayda zarrali kum, torf, lyoss) va
o‗tkazuvchan emas (gil, zich chukindi va kristalli jinslar) ga bo‗linadi.
Zichlik (hajmiy massa)
– zichlik (hajm massasi) –1 m
3
hajmdagi jins massasi.
Tabiiy holatdagi jins massasining hajmi nisbatiga teng. SU -sistemasida zichlik
birligi kilib kg/m
3
qabul qilingan. Texnikada o‗lchamsiz
nisbiy zichlik miqdoridan
foydalanadi. O‗zbekistonda neft va neft mahsulotlarining nisbiy zichligi 20
0
C da
aniqlanadi va 4
0
C suv zichligi nisbatiga teng bo‗ladi. Bu holda nisbiy zichlik (№20)
deb belgilanadi. AQSH va Angliyada zichlik 15….50
0
C da aniqlanadi.
Izlov burg‘ilash
– razvedka burg‗ilashning bir turi. Foydali kazilmalarni: neft,
gaz, kumir, mis, suv va boshqalarni topish uchun burg‗ilanadi. U yoki bu maydonda
neft va gaz to‗planganligi haqida ma‘lumot izlov burg‗ilash yordamida olingandan
sung, unga asoslanib razvedkaning keyingi mufassal bosqichiga utiladi va konning
sanoat mikyosidagi ahamiyati belgilanadi.
Ikkilamchi neft (gaz) uyumi
– hamma neft va gaz uyumlari aslida ikkilamchidir.
Chunki neft va gaz dastlab paydo bo‗lgan
joydan siljib, kuchib va harakatlanib
boshqa joylarda uyumlar hosil qiladi.
Infiltratsiya zonasi
– litosferaning yuqori qismi, bunda atmosfera suvlari tog‗
jinslari ichiga shimiladi.
Kavernogramma
- chuqurlik bo‗ylab quduq diametri o‗zgarishini
ifodalovchi
egri chizik.
Kapillyapr bosim
- suvning kapillyar ko‗tarilish balandligining bosimi.
Kapillyar kanallar
– tog‗ jinslaridagi bo‗shliq va yoriklar uzaro tutashib
kapillyar kanalni hosil qiladi.
Kapillyar ko‘tarilish zonasi
– aeratsiya zonasining
eng pastki qismidani
g‗ovaklar, yoriklar va boshqa bo‗shliqlarda kapillyar kuchlar ta‘sirida osilib to‗rgan
suvlar. Yer yuzasida va ichida temperaturaning o‗zgarishi tufayli kapillyar namlik
sizot suvlari sathidan yuqoriga ko‗tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: