Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Radial harakatlar
– yer pusti harakatining bir turi bo‗lib, unga radial yo‗nalish 
mansub. Bu harakat natijisida yer pustining uchastkalari uz joyini o‗zgartiradi, 
natijada turli kurinishdagi ko‗tarilma-uzilma, tashlam-uzilma, graben va gorstlar hosil 
bo‗ladi. 
Tabiiy filtratsiya
– tog‗ jinslari g‗ovaklari, bo‗shliqlari bo‗ylab sizuvchi suvni 
ifloslantiruchi erimagan moddalardan tozalanishi. 
Tabiiy neft gazlari
– parafin qatoriga kiruvchi (C
n
H
2n+2
) gazsimon 
uglevodorodlar aralashmasidan tarkib topgan gazlar. Azot, karbonat kislota, 
serovodorod va benzin buglari aralashgan metan CH
4
(ba‘zan 99%gacha), etan C
2
H
6

propan C
3H8
, butan C
4
H
10
, gazlari kiradi.
Tayanch burg‘ilash qudug‘i
– maydonini geologik tuzilishi va yirik 
geostrukturalarning gidrogeologik va geoqimyoviy xususiyatlarini o‗rganish, neft-gaz 
hosil bilishi va to‗planishi uchun qulay yotqiziqlar mujmuasining tarqalish 
qonuniyatiyatlarini aniqlash, neft-gazlilik miqdorini baholash va izlov-ishlarining 
istiqbolli yo‗nalishini tanlash maqsadida kaziladigan burg‗ilash qudug‗i. T.b.k yaxshi 
ifodalangan strukturalarda poydevorgacha, agar poydevor katta chuqurlikda bo‗lsa, 
burg‗ilash uskunasi imkoniyatiga qarab burg‗ilanadi. Bunday quduqlarda geologik-
geofizik tadqiqotlari olib boriladi.
Uglevodorodlar
– molekulalar faqat uglerod va vodoroddan iborat organiq 
birikmalar. Tuzilishiga kura siklik va izotsiklik (siklik) U.ga ajratiladi. Siklik U. 
molekulalaridagi sikllar koniga qarab mono-, bi-, uch-, tetra- va politsiklliga 
bo‗linadi bir necha bir-biri bilan birlashgan sikllardan iborat siklik U 
quyuqlashtirilgan U. deb ataladi. Uglerod atomlarining uzaro boglanishi tavsifiga 
qarab U. tuyingan (cheklangan) – faqat oddiy (birdonali) bog‘langan (alkanlar, 
siklanlar), tuyinmagan – qirrali, ikki, uch marotaba bog‘langan (alkenlar, alkinlar va 
b.) va uglerod atomlari alohida tarzda saqlagan arenlarga (aromatik U.) bo‗linadi. 
Favvorali armatura
– favvorali burg‗ilash quduqlari og‗ziga urnatiladigan 
asbob. Suyuqlik oqimi ko‗tariladigan favvorali quvurlarni tortib turishni va favvorali 
quvurlar va ishlatish quvurlar ustuni orasidagi bo‗shliqni berkitib kuyishni 
ta‘minlaydi. F.a.kuchli qarshi bosimni ushlab, xatto favvorali quduqni butunlay 


467
berkitib turishi lozim. F.a. uch asosiy qismdan iborat: 1) quvurlar ustuni boshchasi- 
F.a.ning pastki qismi; 2) quvur boshchasi –F.a.ning o‗rtasida joylashgan; 3) favvora 
uskunasi – F.a.ning yuqori qismida joylashgan. 
Favvorali burg‘ilash qudug‘i
– neft qatlamining tabiiy energiyasi tufayli yer 
yuzasiga neft okib chiqadigan quduq. Quduqni favvoralanishida qulay sharoit 
yaratish maqsadida quduqka neft qatlamining shipigacha mahsus favvorali quvurlar 
(odatda diametri 2dan 4‖gacha) tushiriladi. Har qaysi burg‗ilash qudug‗i og‗ziga 
favvora armaturasi urnatiladi. 
Favvorali gorizont
– qatlam energiyasi neftni erkin holda favvora ko‘rinishda 
yer yuzasiga chiqara oladigan neftli gorizont. F.g. dagi neft favvorali neft deb ataladi. 
Favvorali ishlatish
– quduq yoki qatlamni ishlatish usuli. Bunday usulda 
quduqdan neft faqat qatlam energiyasi evaziga yoki sarflangan qatlam energiyasini 
tashqaridan to‘ldirish hisobiga oqib chiqadi. 
Harakatdagi gidrostatik bosim
– yer osti suv yoki neft oqimining ikki 
nuqtasidagi bosimlar farqi. 
Haydash qudug‘i
– qatlamdagi bosimni saqlab turishni amalga oshirishda neft 
uyumlari chegarasining tashki zonalariga yoki neft olishning ikkilamchi metodlari 
qo‗llanilayotgan neftli maydonlardagi hamma uyumlar tashki zonalarga suv (gaz) 
haydash uchun mo‗ljallangan mahsus burg‗ilash qudug‗i. 
Qatlam bosimi
– qatlamdagi neft va gaz bosimi. Uning qiymati flyuidning 
tarang siqilganlik va tog‗ jinsi skletining uning ta‘sirida tarang qisilganlik darajasini 
ifodalaydi. U statik (yoki dastlabki) va dinamik (yoki joriy) qatlam bosimlariga 
ajratiladi. Statik qatlam bosimi tabiiy bosim hisoblanadi, uning qiymati qatlamdan 
flyuidni olish yoki unga haydash chogida o‗zgarmaydi. Agar statik qatlam bosim 
gidrostatik bsoimdan 10 -30 %ga farq qilsa, u holda anomal yuqori va anomal past 
bosimlarga ajratiladi. Dinamik qatlam bosim statik bosimni nasoslar yordamida 
pasaytirganda (suyuqlik chiqarganda) paydo bo‗ladi. 
Qatlamning anomal yuqori bosimi
– neft (gaz) uyumi bor qatlam ichidagi 
bosim. Uning qiymati ortiqcha bosimga (P
ob
) uyum balandligi hisobidan kiritiladigan 


tuzatish hamda bosim o‗lchanadigan nuqtaning qatlamdagi gipsometrik balandligiga 
mos keluvchi gidrostatik bosim bilan aniqlanadi va undan ko‗p bo‗ladi.
Qatlamning anomal bosimi
- neft, gaz yoki suvli qatlamlarning ma‘lum 
nuqtasidagi bosim. 
Qatlamning anomal past bosimi
– neft va gaz uyumi bor qatlam ichidagi bosim, 
bunda uning qiymati ortiqcha bosim (P
ob
) uyum balandligi hisobidan kiritiladigan 
tuzatish hamda bosim o‗lchangan nuqtaning qatlamdagi gipsometrik balandligiga 
mos keluvchi gidrostatik bosim orqali aniqlanadi va undan kam bo‗ladi. 
Qatlamning dastlabki bosimi
- qatlam ochilgan paytda, undan suyuqlik yoki 
gazni olish yoki ularni sizib chiqishidan oldin o‗lchangan qatlam bosimi (P
a
). 
Qatlam neft (gaz) uyumi
– yuqori va pastki tomonidan suv o‗tkazmaydigan 
qatlam bilan chegaralangan neft (gaz) uyumi. 
Qatlam bosimi
– neft uyumidagi suyuqlik va gaz bosimi. Qatlam bosimi tabiiy 
sharoitdagi qatlam energiyasining hajmini bildiradi. Uning qiymati neft konlarini 
ishlatish jarayonida aniqlanadi. Boshlang‗ich qatlam bosimi neft qatlamining 
qanchalik chuqurlikda yotishiga bog‗liq va odatdagi gidrostatik bosimga yaqin. 
Qatlam energiyasi sarflanishiga kura qatlam bosimi kamayadi. Qatlam bosimini 
saqlash uchun neft qatlamining atrofiga bosimli suvlar bilan ishlaydigan darajada suv 
haydaladi yoki neft qatlamining gaz kapkogiga dam berib gaz kalpogi tartibida 
ishlaydigan darajada gaz yuboriladi. Qatlam bosimi statik va dinamik turlarga 
bo‗linadi. 
Qatlamning dinamik bosimi
– ishlayotgan quduqlarning o‗zaro ta‘siridan 
uyumda qaror topgan bosim. 
Qatlamni statik bosimi
– uyumning dastlabki katilam bosimi, ya‘ni neft 
uyumining ishlash boshlangungacha bo‗lgan bosimiga mos keladi.
Sementli ko‘prik
– burg‗ilash qudug‗i devori tanasining ayrim kismlarini bir-
biridan ajratib kuyish yoki kandaydir boshqa maqsadlar uchun qo‘yiladi. S.q. 
mustahkamlash quvurlari urnatilgan va urnatilmagan burg‗ilash qudug‗ida quyilishi 
mumkin. S.q. sementning hisoblangan ma‘lum miqdorini mo‗ljallangan chuqurlikka 
tushirilgan burg‗ilash quvurlaridan haydash orqali yuritiladi. Keyinchalik yuvuvchi 


469
suyuqlik ta‘sirida sementning bir qismi yuvilib ketishi mumkin. Sement qotgandan 
sung S.q. ning mustahkamligi (havo kirmasligi) sinab kuriladi. 
Shlam
– tog‗ jinslarining quduq tubida maydalangan zarralari (ko‗pincha 0,25 
mm dan yirik emas) to‗plami. Burg‗ilash jarayonida quduq bo‗ylab 
harakatlanayotgan yuvuvchi suyuqlik bilan yer yuzasiga chiqarib tashlanadi. Sh.ni 
o‗rganib kavlanayotgan jinslarning litologik tavsifi aniqlanadi. Bu uz navbatida 
kavlanayotgan quduqning geologik kesimini tuzish va uni yaqinrokda joylashgan 
burg‗ilash quduqlari kesimi bilan taqqoslash uchun zarur. 
Yutilish
– qattiq jism va suyuqliklarning uziga gaz, bug va erigan moddalarni 
fizik-kimyoviy yutish jarayoni. Y.ning turtta turi mavjud bo‗lib, ular quyidagilar: 
adsorbsiya, absorbsiya, kapillyar kondensatsiyalanish, xemosorbsiY. 
Yutilish sig‘imi
– tog‗ jinsi yoki grunt og‗irlik birliklarida yutilgan ionlar yoki 
molekulalar miqdori yigindisi. Ionlar adsorbsiyalanganda yutilish sig‗imi odatda 100 
gramm jinsning MG-EKV da ifodalanishi orqali topiladi. 
Yutuvchi quduq
– yer yuzasidagi va atmosfera suvlarining hamda chiqindi 
suvlarning suvsiz va suvga to‘yinmagan jinslarga yuborishga xizmat qiladigan tog 
inshooti (quduq, shurf, burg‗ilash qudug‗i, shaxta va boshqalar). Yuvuvchi quduq 
orqali suv o‗tkazuvchi quduqlarga yuborilishi mumkin bo‗lgan suv miqdori. 
Quduqning yutilish qobiliyati deyiladi va yutilgan suv hajmining vaqt birligiga 
nisbati bilan (m
3
/soat, l/s) ifodalanadi. 



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish