Mavzu;Anomal neftn tekis-radial zizishini sxemalashtirish. 1. Katta chuqurlikda yotgan va anomal katta qatlam bosimli neft uyumlarini ishlash va loyihalashtirish. 2. Anomal neftni tekis-radial sizishi sxemalashtirish.
1. Katta chuqurlikda yotgan va anomal katta qatlam bosimli neft uyumlarini ishlash va loyihalashtirish
Anomal neftli konlarni ishlash, neftda strukturani hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bir qator xususiyatlarga ega. Neftda strukturani hosil bo‘lishi, neft uyumlarini ishlash ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashishiga olib keluvchi, bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, yuqori qovushqoq neftni sizishi natijasida olish burg‘ quduqlarini debiti kamayadi. Qatlamni sizish bilan qamrab olish koeffitsiyenti ham kamayishi mumkin, chunki bosimlar gradiyenti neftdagi strukturani chegaraviy buzulish bosimlari gradiyentidan kam bo‘lganda, neft kichik o‘tkazuvchanli qatlamchalarda kam harakatsiz bo‘lib, asosan yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda harakat qiladi. Agar qatlamdagi bosim gradiyentlari ushbu neftni dinamik siljish bosimi gradiyentidan kichik bo‘lsa, deyarli buzilmagan strukturali neft harakati kuzatiladigan zonalar hosil bo‘lishi mumkin. Bu zonalar shartli ravishda “turg‘unli” zonalar deb atalishi mumkin. Qatlamni turg‘unli zonalarida neft faqat ayrim yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda yoki zonalarda siziladi. Qatlamni qolgan qismlarida neft deyarli harakatda bo‘lmaydi. Agarda neftni anomal qovushqoqligini kamaytirish yoki qatlam bosimi gradiyentlarini oshirish choralari ko‘rilmasa, bu qatlamni yakuniy neft beraolish koeffitsiyentini pasayishiga olib keladi.
Neftni anomal qovushqoli zonalarini yuzaga kelishi va tarqalganlik xususiyati, haydash va olish burg‘ quduqlarini joylashtirish sistemasiga, hamda ularni ishlash rejimiga bog‘liq bo‘lgan, uyum maydoni bo‘ylab qatlam bosimi gradiyentlarini taqsimlanganligiga bog‘liq. U yana anomal qovushqoqli neft tarkibiga va g‘ovak muhitni o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Anomal qovushqoqlikni yuzaga kelishiga jinslarni kimyoviy tarkibini ta’siri hozirgi vaqtda to‘liq o‘rganilmagan.
Ma’lumki, neftni tarkibi va xossalari uyumni maydoni va qatlam qalinligi bo‘yicha jiddiy o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotchilar qatlamni shipidan tagi tomon neftni zichligini ortib borishi haqida ma’lumotlar keltirishgan. Ammo, neft qovushqoqligini uyum bo‘ylab taqsimlanganligi kam o‘rganilgan. Odatda gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi aniqlanadi. Neftning bu ko‘rsatkichi qatlam bo‘ylab katta oraliqda o‘zgarishi kuzatilgan. Masalan, taymurzin konidagi (Rossiya, Bashqirdiston) gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi maydon bo‘ylab 28 dan 200 mPa*s o‘zgarishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |