17-MA’RUZA
Anomal-xossali neft konlarini ishlatish xususiyatlari
Anomal
neftli konlarni ishlash, neftda strukturani hosil bo‘lishi bilan
bog‘liq. Bir qator xususiyatlarga ega. Neftda strukturani hosil bo‘lishi, neft
uyumlarini ishlash ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashishiga olib keluvchi, bir qator
salbiy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, yuqori qovushqoq neftni
sizishi natijasida olish burg‘ quduqlarini debiti kamayadi. Qatlamni sizish bilan
qamrab olish koeffitsiyenti
ham kamayishi mumkin, chunki bosimlar gradiyenti
neftdagi strukturani chegaraviy buzulish bosimlari gradiyentidan kam bo‘lganda,
neft kichik o‘tkazuvchanli qatlamchalarda kam harakatsiz bo‘lib, asosan yuqori
o‘tkazuvchanli qatlamchalarda harakat qiladi. Agar qatlamdagi bosim gradiyentlari
ushbu neftni dinamik siljish bosimi gradiyentidan kichik bo‘lsa, deyarli
buzilmagan strukturali neft harakati kuzatiladigan zonalar hosil bo‘lishi mumkin.
Bu zonalar shartli ravishda “turg‘unli” zonalar deb atalishi mumkin.
Qatlamni
turg‘unli zonalarida neft faqat ayrim yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda yoki
zonalarda siziladi. Qatlamni qolgan qismlarida neft deyarli harakatda bo‘lmaydi.
Agarda neftni anomal qovushqoqligini kamaytirish yoki qatlam bosimi
gradiyentlarini oshirish choralari ko‘rilmasa, bu qatlamni yakuniy neft beraolish
koeffitsiyentini pasayishiga olib keladi.
Neftni anomal qovushqoli zonalarini yuzaga
kelishi va tarqalganlik
xususiyati, haydash va olish burg‘ quduqlarini joylashtirish sistemasiga, hamda
ularni ishlash rejimiga bog‘liq bo‘lgan, uyum maydoni bo‘ylab qatlam bosimi
gradiyentlarini taqsimlanganligiga bog‘liq. U yana
anomal qovushqoqli neft
tarkibiga va g‘ovak muhitni o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Anomal qovushqoqlikni
yuzaga kelishiga jinslarni kimyoviy tarkibini ta’siri hozirgi vaqtda to‘liq
o‘rganilmagan.
Ma’lumki, neftni tarkibi va xossalari uyumni maydoni va qatlam qalinligi
bo‘yicha jiddiy o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotchilar qatlamni shipidan tagi
tomon neftni zichligini ortib borishi haqida ma’lumotlar keltirishgan. Ammo, neft
qovushqoqligini uyum bo‘ylab taqsimlanganligi kam o‘rganilgan. Odatda
gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi aniqlanadi. Neftning bu ko‘rsatkichi qatlam
bo‘ylab katta oraliqda o‘zgarishi kuzatilgan. Masalan, taymurzin konidagi
(Rossiya, Bashqirdiston) gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi maydon bo‘ylab
28 dan 200 mPa*s o‘zgarishi aniqlangan.
Odatda, neft konlarini ishlashni loyihalashtirishda
neftni fizik xossalarini
va qatlamni fizik xususiyatlarini uyum bo‘ylab o‘rta qiymati olinadi. Neft shakli
bo‘yicha modellashtiriladi. Konlarni asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini bashorat qilish
uchun bunday yondashishni anomal neftni uyumlarda qo‘llab bo‘lmaydi.
Neft konlarini muhim texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun
gidrodinamik hisoblarni bajarishda neftni reologik xossalarini o‘zgarishni va
qatlamni har xilligni inobatga olish kerak. Shunday qilib, anomal qovushqoqli neft
uyumlarini loyihalashtirishdagi va tahlilidagi bosh xususiyati neft va gaz tarkibini,
fizik va muhim reologik xususiyatlarini uyum hajmi bo‘ylab o‘zgarishini mufassal
o‘rganish zaruriyati hisoblanadi. Gidrodinamik hisoblashlar sxemasini tanlash neft
va gaz xossalarini uyum bo‘ylab taqsimlanganlik xususiyatlari inobatga olib
bajaralishi kerak.
Neftlarni anomal qovushqoqli xususiyatlariga qatlamni
fizik xususiyatlari
va har xilligi katta ta’sir etadi. Masalan, dinamik siljish bosimini gradiyenti va
neftdagi
strukturani
chegaraviy
buzilish
bosimi
gradiyenti
jinslarni
o‘tkazuvchanligiga katta bog‘liq. Reologik xossalarni keskin yomonlashuvi, kichik
o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti bilan xususiyatlanuvchi, g‘ovak muhitlardagi neftni
sizilishida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, oluvchi va haydovchi quduqlarni
joylashtirish
sistemasi, ular orasidagi masofalar, ularni ishlash rejimlari uyumni
ishlashda qatlam bosimi gradiyentlarini, neftdagi strukturalarni chegaraviy buzilish
bosimi gradiyentlaridan katta bo‘lishini, ta’minlash kerak. Agar ushbu maqsadga
erishish ishlash iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
jiddiy yomonlashuvi sababli, mumkin
bo‘lmasa, u holda neftni reologik xossalarini yaxshilash tadbirlarini loyihalash
kerak.
Neft konini ishlashni dastlabki loyihalarini tuzish bosqichida loyihalovchi,
neftni strukturali mexanik xossalariga ta’sir etuvchi, neftni tarkibini uyum maydoni
bo‘ylab taqsimlanganligi va o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini o‘zgaruvchanlik
xususiyatlari haqida yetarli darajadagi mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Shu
sababli qatlam va qatlam nefti haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lib borishi bilan
neftni anomal qovushqoqligini kamaytirish tadbirlariga o‘zgarishlar kiritilish
kerak.
Bundan tashqari, uyumni ishlash jarayonida turli sabablarga ko‘ra ishlatish
quduqlaridan olinayotgan neftni xossalari jiddiy o‘zgarishi mumkin.
Shu sababli
neft va gaz tarkibini, ularni reologik xossalarini o‘zgarishi haqida muntazam
nazorat olib borish kerak.