Mahsuldor qatlamlarni ochish va


 Gazsimon agentlarni qo„llash orqali quduqlarni o„zlashtirish



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
11.3. Gazsimon agentlarni qo„llash orqali quduqlarni o„zlashtirish. 
Gazsimon agentlarni qo‗llanilishi – quduqlardagi sathni pasaytirishning 
usullari eng istiqbolli yo‗nalishdir. Bunday usullarda quduqlar o‗zlashtirilganda 
sarflarni va bosimlarni ta‘minlash sodda va nazorat qilish ishonchli hamda 
jarayonlarni boshqarish keng oraliqda olib boriladi. Gazsimon agentlar yordamida 
chuqur quduqlarni tozalashni tezda ta‘minlash, quduqdagi bosimni tez va keskin yoki 
sekin va bir tekisda pasaytirish, qisilgan gaz qatlamga filtratsiyalanib drenajlashtirish 
orqali favvoralanishni ta‘minlash mumkin va hakozo.
Ilgari gazsimon agentlar sifatida havo qo‗llanilgan. Quduqlarni o‗zlashtirish va 
tadqiqotlash amaliyotida ko‗chma havo kompressorlardan foydalanilganda jiddiy 
kamchiliklar kelib chiqqan. Quduqlarga havo haydalganda eng so‗nggida portlashga 
olib keldi, odamlarni jarohatlanishini, sanoatda katta miqdordagi zararlarni keltirib 


407
chiqardi. Avariyadan keyin ko‗pgina quduqlarni tiklashni imkoniyati bo‗lmaganligi 
uchun yopishga to‗g‗ri keldi.
Ishlarni tiklashda yoki quduqlarni bartaraf qilishda mahsuldor qatlamlarni va 
ichimlik suvi qatlamlarini sifatli bekitishga erishib bo‗lmaydi hamda buzilgan 
quduqning sathida kerakli hajmdagi ishlarni o‗tkazishni butunlay imkoniyati yo‗q.
Avariyaning asosiy sababi, ishlarning texnologiyasini buzilishi (uzoq muddat 
qisilgan havo bilan quduqlarni yopish va undan so‗ng esa chuqurlik asboblarini 
tushirish yoki ko‗tarib olish, quduqqa havo qisilganda mash‘alani yoqish) 30% 
avariyalar – atmosferaga quduqdagi gazhavo aralashmasining yostig‗ini chiqarib 
yuborishda yoki quduqdan yopiq quduq usti jixozlari (lubrikator, manifold chizig‗i) 
orqali siqilgan havo chiqarilganda statik elektrik zaryadlardan va siqilgan zarbali 
to‗lqinlar ta‘sirida uchqunlarni paydo bo‗lish hisobiga yong‗inli avariyalar sodir 
bo‗ladi. Bunday yong‗inli avariyalar oqimni chaqirishda texnologiyalarni buzilishiga 
bog‗liq - uzoq muddat davomida siqilgan havoni quduqda yopiq turishi, yuqori bosim 
ostidagi va katta xajmdagi aralashmalar portlashni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. 
Bunday guruhdagi avariyalarni bartaraf qilish uchun havoni haydash tugallanishi 
bilan quduq ichidagi qisilgan havo chiqarib yuboriladi. Quduqlarga havoni qaynashi 
jarayonida aniq miqdordagi portlovchi aralashmalar paydo bo‗ladi, ularni quduqdan 
chiqarib yuborishda statik elektrlarning zaryadidan, zarbali qisilishdan va ochiq 
olovlardan himoyalash uchun maxsus qurilmalar orqali chiqarib yuboriladi.
Avariyalarning 50% dan ko‗prog‗i quduqda havoni haydash jarayonida 
kompressorning kommunikatsiyalarida yog‗li ko‗yindilarning yotqiziqlari natijasida 
o‗z-o‗zidan alangalanish kelib chiqadi hamda quduq jixozlarida pirofor birikmalari 
temir sulfid bilan o‗z-o‗zidan yonib ketadi. Yog‗li ko‗yindilarning yotqiziqlarini va 
ularni o‗z-o‗zidan alangalanishi sifatsiz kompressor yog‗larini qo‗llanilganligi, 
kompressordan foydalanish va ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik hamda 
kompressorlardagi nuqsonlar tufayli kelib chiqadi.
Yuqoridagi holatlarga bog‗liq bo‗lgan guruhdagi avariyalarni to‗liq bartaraf 
qilishni iloji yo‗q. Quduqlardagi vodorod sulfidning korroziyasi tufayli pirofor 


yotqiziqlari hosil bo‗ladi, kompressor bilan ishlov berishda portlash xavfi yanada 
chuqurlashadi.
Shuning uchun neft quduqlaridan kuchli kompressorlar yordami bilan suyuqlik 
oqimini chaqirish qo‗llanilganda mehnatni muhofaza qilish va atrof muhit talablariga 
javob bermaydi. Bundan kelib chiqadiki, bu usulni qo‗llashni rad qilish, suyuqlik 
oqimini chaqirishda xavfsiz usulga o‗tish, ishchi agent sifatida inert gazlardan, 
ko‗pincha azotdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Inert gazlar yordamida 
quduqlarni xavfsiz o‗zlashtirish tadbiq qilinguncha ko‗chma kompressorlardan 
foydalanib havo ko‗piklarni qo‗llash mumkin. Quduqlarni o‗zlashtirishda transport 
va texnologik jihozlar sifatida azot suyuqligini gazlashtirish va tashishda AGU-8K 
kompressor qurilmasidan foydalaniladi.
Azotni gazlashtirilgan qurilmasidan quduqlarni o‗zlashtirishda qo‗llash 
oltingugurt tarkibli, kam o‗tkazuvchan kollektorlar sharoitida va past bosimli 
qatlamda, yer osti ta‘sir qilish zonasida va boshqa holatlarda, ya‘ni amaldagi 
o‗zlashtirish usullari kam samarali bo‗lganda va ishlarning portlash xavfsizligi 
ta‘minlanmaganda hamda atrof muhitning harorati – 30 
0
C dan +50 
0
C gacha bo‗lgan 
keskin o‗zgaruvchan iqlimiy sharoitlardagi quduqlarni o‗zlashtirishda oldindan ko‗rib 
chiqiladi.
Ko‗chma azotli gazlashtirilgan qurilmalardan foydalanib, qatlamdan neft va 
gaz oqimlarini chaqirishda, gazsimon azot yoki gazlangan suyuqlik (ko‗pik) quduqqa 
haydaladi va bu quduqdagi joylashgan (burg‗ulash eritmasi suv yoki neft) suyuqlik 
bilan aralashadi. Quduqqa haydaladigan tizimning zichligini boshqarish natijasida 
gazning va ko‗pikning elastik xossasidan foydalanib, ularni quduqdan chiqarib 
yuborish evaziga qatlamga qarshi bosimni kerakli chegaragacha pasaytirish mumkin.
Qatlamdan neft va gazning oqimini chaqirishda har xil azot tarkibli 
sirkulyasiya agregatlarini qo‗llanilishi sohasi (gazsimon azotni, gazlangan suyuqlik – 
ko‗piklarni) quduqlarni o‗zlashtirishning geologik - texnik va boshqa sharoitlariga 
bog‗liq.
Qatlamga chuqur depressiyani hosil qilishda, quduqlarni to‗liq quritishda, 
quduq tubi bosimini bir tekis pasaytirishda azot tarkibli tizimdagi kombinatsiyali 


409
usulni qo‗llash maqsadga muvofiq: bir siklda ketma-ket va undan gazlangan azotli 
suyuqlik bilan quduqni yuvish kerak bo‗lganda quduqdan azot siqib chiqariladi.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish