Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Ikkilamchi ochish usuli

nuqtali perforatsiya qilishga asoslangan. Geologik 
samaradorlik nuqtai nazardan qaraydigan bo‗lsak (maksimal debit olish uchun), 
gidravlik – qum oqimli preforatsiya afzallikka egadir. Gidravlik – qum oqimli 
perforatsiya nuqtali usul hisoblanmaydi va qo‗shimcha afzalliklari mavjud. 
Kolonnaning pastki qismiga snaryad bilan suyuqlik haydalganda bosim 
pulsatsiyasining evaziga qo‗shimcha tebranishlar paydo bo‗ladi va uni yozib oladigan 
qurilma mavjud emas. Shuning uchun yuqori bosim ostidagi oqim kolonnada 
teshiklarni qirqmasdan katta bo‗lmagan uzunlikdagi yoriqlarni hosil qiladi. Bu 
yoriqlar to‗siqlar orqali oqimni quduqqa kirib kelishini ta‘minlaydi. Oqimning 
siqiluvchanligi mavjud bo‗lmaganda suyuqlikka abraziv ta‘sir qilishi natijasida yorib 
kiruvchi imkoniyatini oshirishga olib keladi. Kon ma‘lumotlarini ko‗rib chiqadigan 
bo‗lsak, 1 m chuqurlikkacha kovaklarning shakllanishi va qum-oqimli perforatsiyada 
undan ham katta. Mustahkamlash kolonnasi perforatsiya qilingandan keyin ham 
qurilma ishga yaroqli holda qoladi. Shunday uchun bu uchta perforatsiya qilish 
usullari hamma mezonlar bo‗yicha yuqori neftberaoluvchanlik talablarini qoniqtiradi. 
Bunda qimmat turuvchi kon jihozlarini tezkor yemirilishi va nasos agregatlari 
ishdan to‗xtab qolganda ushlab qolish xavfining mavjudligi quduqlarni qurilishi 
amaliyotida bu usul keng qo‗llanilish o‗rnini topmagan. 


Bu ko‗rsatilgan yeyilish va qisilib qolish xavfi muammolarini hal qilish uchun 
burg‗ilash eritmalari bazasida avrazivsiz gidravlik perforatsiya qilishning texnika va 
texnologiyasi taklif qilingan[6].. 
Qaysiki, abraziv holatning mavjud emasligi oqimning yorib kirish qobiliyatini 
pasaytiradi, bu holat perforatorning yig‗masida maxsus o‗rnatilgan yozib oluvchi 
qurilmaning konstruksiyasida amalga oshiriladi. Bu qurilma yordamida nuqtali 
perforatsiyani amalga oshirishi va abrazivsiz burg‗ilash eritmasi oqimi asosida 
kolonnani qirqishga olib boriladi. 
Nuqtali gidravlik perforatsiya qilishning qo‗llanilish texnologiyasining 
kamchiliklariga quyidagilar kiradi. Bu usulda amalda chuqur perforatsiya kanallarni 
shakllantirishning imkoniyati yo‗q. Yuvuvchi suyuqliklarning yuqori ustun 
gidrostatik bosimi sharoitida kavitatsiya hodisasini sundirish evaziga kolonnada 
qirqilgan teshiklarning diametri (2 – 3 marta) oqim diametridan katta qilib olinadi.
Bu samara yetarlicha [26, 37, 41 va boshqalar] ishlarida tadqiqotlangan va 
oqimlarni siqilish samaralari dominitsiya soniga keltirilgan. Oqimlarning siqilish 
darajasi oshirilganda ham nasadkalarda bosim tushishining o‗sishida kanallarning 
chuqurligini oshishi amalda sodir bo‗lmaydi. Shuning uchun nuqtali perforatsiya 
qilishda gidromonitorli parchalash samarasi kuchsizlantirilgan. Oqimning yorib kirish 
imkoniyati (2 – 4 marta) quduq atrofiga kelib turgan erkin oqimni chiqish sharti bilan 
taqqoslanganda karrali kichikdir.
Nuqtali perforatsiya qilish quduqqa kabel yordamida tushiriladigan 
parmalovchi qurilmalar bazasida keng qo‗llaniladi. Hosil qilinadigan kanallarning 
chuqurligi 55-70 mm.ni tashkil qiladi. Yangi konstruksiyadagi parmalovchi 
perforatorlar ishlangan ya‘ni, kanallarning chuqurligi 120 mm.ni tashkil qiladi [7]. 
Bunday mahsuldor qatlamni ochishda sement halqasi yopiq holda qoladi 
(nuqtali ochishdan tashqari), kolmatatsiya bo‗lgan kanallarni zonasini yengib o‗tib 
qatlamga chuqur kirish amalga oshmaydi ammo, perforatsiya amalga oshiriladi. 
Qatlamlarni parmalab chuqur ochishni oshirish mumkin, buning uchun 
qo‗shimcha murakkab va qimmat turuvchi qurilmalar yetarlidir. Lekin bu, qatlamni 
sement halqasidan ozod qilmaydi va qatlamni quduq bilan aloqasi to‗liq bo‗lmaydi. 


219
Kolonnaga qirquvchi qurilmalarni statik bostirish ma‘lum va unda qisqa yoriqlarni 
hosil qiladi. Qurilma quduqqa quvurlarda tushiriladi, bu kichik chuqurlashtiruvchi 
parmalovchi perforatsiyadan ochish tartibi bo‗yicha farq qilmaydi.
Nuqtali perforatsiyaning hamma usullarida yangi teshiklarni va yoriqlarni olish 
uchun nasoslar ajratiladi, yangi nuqtaga o‗tiladi va qirqish jarayoni yangilanadi. Bu 
ko‗p vaqt talab qiladi, yangi kesiladigan joyni nazorat qilish qiyin.
Chuqur perforatsiya kanallarini olish maqsadida parmalovchi perforatsiya 
gidravlik perforatsiya bilan biriktiriladi [9]. Birinchi bosqichda – snaryad bilan 
parmalash uchun u kabel yordamida quduqqa tushiriladi. Ikkinchi bosqichda 
gidromonitor snaryadi yordamida quvurlar orqali quduqqa tushiriladi va nasadka 
teshiklirini kolonna teshiklarining urinma belgilari orqali ulash rejalashtiriladi: 
bosimning o‗zgarishi va haydaladigan suyuqlikning sarfi. 
Undan keyin chuqur kanalni shakllantirish oldindan rejalashtiradi. Savolning 
murakkabligiga va bu texnologik operatsiyalarning uzoq muddat davom etishiga 
qaramasdan ayniqsa, bosimning pulsatsiyasi sharoitida qo‗yilgan maqsad prinsipial 
erishib bo‗lmaydi. Holat shundayki, sement halqasi suyuqlikni quduqqa chiqish 
yo‗lini bekitib qo‗yadi, suyuqlikni nasadka bilan kontakt joyida oddiy gidravlik 
perforatsiyaga nisbatan u yanada ko‗proq siqilgan holda bo‗ladi [6]. 
Ikkilamchi ochishning hamma usullari nuqtali perforatsiyaga asoslangan, 1 - 
chida ko‗rsatilgan talablarni qoniqtiradi. kolonna ishga loyiq qoladi, qatlamlarni 
ochish ―shadyashey – nafis, tabiiy holatini saqlagan‖ rejimda sodir bo‗ladi va katta 
dinamik yuklanma hosil bo‗lmaydi. Qatlamni sement toshidan bo‗shatishga va 
chuqur kanallarni hosil qilishga taalluqli bo‗lib, bu mezonlar bo‗yicha texnologiya 
aniq qoniqarsizdir. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish