Mahsuldor qatlamlarni ochish va


 Quduqning stvolining mustahkamligini ta‟minlovchi burg„ilash eritmasi



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

5.11. Quduqning stvolining mustahkamligini ta‟minlovchi burg„ilash eritmasi 
turini tanlashning tahlili
Burg‗ilash jarayonida loyli slanetslarning mustahkamligini ta‘minlash tik 
tugallanadigan va tiklikdan katta og‗ishga ega bo‗lgan quduqlarni qazib o‗tishda 
asosiy muammolardan hisoblanadi. Shunday qilib neft va gaz konlarining geologik 
qirqimining 75% loyli yotqiziqlar va 70%ga yaqini esa tog‗ jinslarining 
nomustahkam bo‗lgan holatlari bilan qurilish davrida texnologik murakkabliklar 
bilan bog‗langan. Quduqlarni burg‗ilash tajribasi loyli slanetslarni holati va tarkibiga 
baho berish usullaridagi kamchiliklar yuvuvchi suyuqliklarning parametrlarini 
samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Natijada bu burg‗ilash va quduqlarni 
sifatli qurishning texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarini pasaytirib yuborishga olib keladi. 
Quduq stvolining mustahkam emasligi jiddiy murakkablik hisoblanadi, uning tavsifi 
shakllanmalarni burg‗ilash sharoiti va quduqning konstruksiyasi bilan bog‗liqdir. 
Natijada bunday burg‗ilash eritmasining turi qaysiki, quduqning devorini 
maksimal mustahkamligini ta‘minlab beradigan eritma har bir maydon uchun alohida 
tanlanadi. Bir eritmaning o‗zi har xil maydonlarda bir xil samaradorlikka ega 
bo‗lmaydi. Ko‗pgina mutaxassislar eritmalarni tanlash bo‗yicha programma ishlab 
chiqqanlar ya‘ni, loyli slanetslarning minerallik tarkibi va tuzilmasining belgilari 
bo‗yicha klassifikatsiyalashning ososi yotadi.


Bu yerda qiyinchilik shundaki, loyli minerallarning xossasi o‗zgaruvchan 
tashkil etuvchilardan iborat bo‗lganligi uchun katta sonlar bilan aniqlanadi va alohida 
har xil guruhlarga bo‗linadi. Quduq stvolining mustahkamligiga quyidagi samaralar 
ta‘sir qiladi: tektonik kuchlanish, g‗ovaklik bosimlari, loyli tog‗ jinslarining 
joylashuv tavsiflari, ularni zichlanish darajasi. 
Quduqning stvolida murakkabliklarni minimumga keltirishni chaqiradigan 
burg‗ilash eritmasining asosiy dispersion muhitini tanlashda birinchi qadamda 
maksimal darajada mumkin bo‗lgan geologiyasi, tog‗ jinslaridagi kuchlanishning 
rivojlanish tarixini va aniq regionlarda tashlanmalarning taqsimlanishi haqidagi 
ma‘lumotlar hajmini to‗plash hisoblanadi. Karotaj ma‘lumotlari bo‗yicha harorat va 
g‗ovaklik bosimining gradiyenti, qatlam sharoitidagi loyli minerallaridagi suvning 
miqdori aniqlanadi. Murakkabliklarni chaqiradigan loyli slanetslarning namunalarida 
tadqiqotlar olib boriladi. 
Laboratoriya jarayonidagi tadqiqotlarda quyidagi operatsiyalar olib boriladi: 
Rentgen difrakmetrlardan foydalanib loyli minerallarni tahlili qaysiki, 
reaksiyaga kirishgan kationalmashinuv xususiyatini o‗lchash va kationlarni 
aniqlashtirishni amalga oshiradi. Agar zaruriy asboblar mavjud bo‗lmaganda
belgilanmagan tadqiqotlarni olib borib bo‗lmaydi, shuning uchun metilenli bo‗yoq 
sinovlari olib boriladi. Bu sinash natijasida taqribiy loyli slanetsdagi 
montmorillonitning hajmiy ulushi haqida ma‘lumot olinadi. 
Chenevert usulida adsorbsiya izotermasini qurish. 
Bu usul abssissalar bilan 
ordinata izoterma nuqtalarini aniqlashga asoslangan qaysiki, qatlam sharoitida 
slanetsdagi suvning miqdoriga teng. Bu parametr loyli slanetsning bo‗kishini 
potensial bosimini ya‘ni, burg‗ilash eritmasidan shimilib kirgan suvni tavsiflaydi. 
Qatlam sharoitida suvning faolligi bo‗kish bosimini aniqlaydi.
Dispergirlangan xususiyatini baholash.
Aniq eritmalarning tarkibidagi qattiq 
fazalarni aniqlash uchun tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqotlarni olib borishda har 
qanday standart sharoitdagi jamlanmalar tanlanadi qaysiki, biroz darajada mahalliy 
loyli slanetslar va quduqdagi mos bo‗lgan sharoit to‗g‗ri keladi. 


213
Burg‗ilash eritmasining turini tanlashda geologik sharoitning ma‘lumotlari va 
laboratoriya tadqiqotlarining natijalari tiklikdan katta og‗ishga ega bo‗lgan 
quduqning stvolini mustahkamligini ta‘minlashda judi muhimdir. Dj.R.Grey 
tomonidan quyidagi samaralar yuvuvchi suyuqliklarni tanlashda hisobga olishda 
muhim hisoblanadi: Uglevodorod asosidagi eritmalar montmorillonitli loylarni 
bo‗kishdan kuchli va to‗liq himoya qiladi. Iqtisodiy jihatdan katta bo‗lmagan 
chuqurlikda quduqlarni mustahkamligini pasayishga ruxsat etiladi va polimerli kaliy 
xlorli eritmalar qo‗llaniladi.
Anomal yuqori qatlam bosimni (AYUQB) nazorat qilish uchun yoki yuqori 
siljish faolligiga zonalardagi tog‗ jinslarida yuqori kuchlanishda qarshi ta‘sir qilish 
uchun shunday burg‗ilash eritmasi qo‗llaniladiki, ya‘ni tarkibida katta miqdordagi 
qattiq faza (ohaktosh, gumatli-kaliyli) bo‗ladi. Katta chuqurlikdagi quduqlarda 
uglevodorod asosidagi muvozanatli faol suvli fazadan eritmalardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Katta tektonik ta‘sirlarga duchor bo‗lgan sementlangan loyli slanetslarda
quduqning stvolini parchalanish jarayoni mustahkamligini yo‗qotilishi natijasida 
foydalanadigan eritmaning turiga bog‗liq bo‗lmagan holda bir xil holat sodir bo‗ladi. 
Bunday holatlarda yengil tozalanadigan burg‗ilash eritmalaridan (poliakrilamid kaliy 
xlorli eritma bilan gidratlangan bentonit yoki kaliy xlorilning ksantanli smolasi bilan) 
foydalanish tavsiya qilinadi. 
Loyli slanetslarni ochishda qaysiki, o‗tkazuvchan qatlamchalar mavjud 
bo‗lganda kraxmalni qo‗shish yoki ishlab chiqarish sellyulozalari qo‗shilganda 
polimerli burg‗ilash eritmasining kerakli filtratsiya xossasiga erishish mumkin. 
Agar quduqda geofizik tadqiqotlar olib borishda yoki chuchuk suvdagi 
eritmani qo‗llash ekologik talablarga muvofiq qo‗llashga majbur bo‗linganda 
polimerli diammoniy fosforli eritmadan foydalanish tavsiya qilinadi.
Tadqiqotlarni olib borish sharoiti quduqda sodir bo‗ladigan holatlarga 
maksimal yaqinlashtirilgan tavsifda bo‗lishi kerak. Hech qanday burg‗ilash eritmasi 
quduq stvolini saqlashni ta‘minlab beraolmasligi mumkin agar eritmaning birlamchi 


xossalari nazorat qilinmasa. Shu sabablarga muvofiq burg‗ilash eritmasining xossani 
ko‗proq tekshirish va ular asosida tuzatish bo‗yicha ishlov berish olib boriladi. 
Xulosa 
Loysiz burg‗ilash eritmasining zichligi suvda eriydigan tuzlarni 
konsentratsiyasi va kislotada eruvchi og‗irlashtirgichlarni boshqarish orqali amalga 
oshiriladi hamda loyli eritmalarga nisbatan prinsipial afzalliklarga ya‘ni, quduqlarni 
tugallashda tarkibidan va QQTZni o‗zlashtirishda kolmatantni qiyin chiqarib 
yuborilishi evaziga afzallikka egadir.
Mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini saqlash maqsadida mahsuldor 
qatlamni ochshda burg‗ilash eritmasi retsepturasining tarkibida kolmatantning 
bo‗lishi sifatli filtratsiya qobig‗ini hosil qiladi va qatlamga filtratsiya bo‗lishini
chegaralaydi. 
Burg‗ilash eritmalari 1600-2200 kg/m
3
zichlikda kalsiy brom, sinka yoki 
ularning aralashmasi mahsuldor qatlamni nisbatan yuqori sifatda ochilishini 
ta‘minlaydi va QQTZ (qatlam quduq tubi zonasi)ning o‗tkazuvchanligini (70-90 % 
gacha) to‗liq tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi hamda past termobarik 
mustahkamlikka va ekologik xavfsiz bo‗lganda uning qo‗llanilish sohasi 
chegaralanadi. 
Natriy xlorid, brom sinka, kalsiy brom, natriy borm va kalsiy xlorid asosida 
tayyorlangan og‗irlashtirilgan emulsiyali burg‗ilash eritmalari mahsuldor qatlamning 
tabiiy kollektorlik xossalarini saqlash hisobiga neftni qazib chiqarish ko‗rsatgichini 
oshirishga olib keladi. 
Loysiz ingibirlangan burg‗ilash eritmasining talab qilingan qiymatdagi 
zichligini olish uchun barit kislotali - og‗irlashtirgichlarni eritgichlarning o‗rniga – 
karbonat temirni ya‘ni, TU 39-00147-180-98 bo‗yicha siderit rudasi va 
modifikatsiyalangan qo‗shmalardan foydalanish yordamida tayyorlash taklif 
qilingan. 


215

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish