Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Loyli slanetslar
- dengiz basseynlarida o‗tirib qolgan cho‗kma tog‗ jinslaridir. 
U asosan siqilgan loyli qatlamlar, alevrolitlar va illardan tashkil topadi. Il yoki loy 
yumshoq yoki sementlanmagan ko‗rinishda to‗planadi: sementlangan ko‗rinishda – 
bu loyli slanets va argillit; metamorf ko‗rinishda – bu aspid slanets, fillit yoki butqa 
slanets. Chuqurlik oshganda yuqorida joylashgan tog‗ jinslarining ta‘siri natijasida 
slanetslar yana mustahkamroq bo‗ladi. Loyli minerallar vulqonli tog‗ jinslarining 
joyida ularning yotishini yoyilishi natijasida paydo bo‗ladi. Loydagi ona minerallar 
butqa, dala shpati, temir – magniyli minerallar shaklida bo‗ladi.
Loyli 
minerallarning 
shakllanish 
jarayoni 
ona 
komponentlarning 
shamollashishi natijasida paydo bo‗lishga asoslangan. Shamollash jarayonidagi bosh 
samaralar iqlim, topografiya va vaqt hisoblanadi ya‘ni, natijada ona tog‗ jinslari ta‘sir 
qilishga duchor bo‗lgan. 
Ona tog‗ jinslarining joylashgan joyda paydo bo‗lgan loylar – birlamchi deb 
ataladi. Birlamchidan paydo bo‗lgan loylar chuchuk yoki tuzli suvlarga cho‗kishi va 
lokalizatsiya natijasida shakllanadi va bu ikkilamchi deyiladi. 
Loyli minerallarning ko‗p ko‗rinishi qalin tog‗ jinsi qatlamlarida notekis 
taqsimlanadi. O‗chlamchi loylar montmorillonning mavjudligi bilan to‗yingan, kam 
hollarda u mezozoy davrlarda uchraydi va undan ham kam – juda ertachi qoldiq tog‗ 
jinslarida. Eng ko‗p va keng holda loyli minerallar xlorid va illit ko‗rinishida 
tarqalgan: ularni har qanday yoshdagi qoldiq tog‗ jinslarida uchratish mumkin, 
berilgan minerallar eng qadimiy yotqiziqlarni egallab olgan. Kaolinnit yosh va eski 
davrlarda qatnashadi va uncha katta bo‗lmagan konsentratsiyada. 


209
Montmorillonit yosh davrdagi loylarning eng faol komponentlari hisoblanadi, 
bo‗kishga va nurashga duchor bo‗lgan. Kristall panjaralarning xususiyati tufayli bu 
minerallar bo‗kishga kuch duchor bo‗lgan. Kaliy ionlarning miqdori katta bo‗lganda 
bo‗kish bosimi katta bo‗ladi natijada, loyli slanetslar juda kichik zarrachalarga 
ajratiladi. 
Illitlar gilroslyudlarga mansubdir, qaysiki, bo‗kuvchi panjaralari mavjud va 
natijada suv qatlamlar oralig‗iga kirib borolmaydi. Qatlamlar oralig‗idagi kuchli 
aloqa qatlamlarning zaryadini oshirilishi evaziga, ya‘ni, tetroedrik qatlam tagi 
zaryadlar yuzaga yaqin joylashganligi sabablidir. Lekin tashqi yuzalarida ion 
almashinuv reaksiyasi sodir bo‗ladi va u gidratatsiya sababli paydo bo‗ladi, 
montmorillonitga nisbatan juda kichik hajmni oshiradi 
Kaolinit 
– ikki qatlamli loy, birinchi tetroedrik qatlam tagi oktaedrik usul bilan 
bog‗langan. Shunday qilib, gidroksillar oktaedrik qatlam ostida navbatdagi 
qatlamning tetroedrik qatlam osti yuzasida kislorod atomlariga qarshi joylashadi. 
Kaolinit kuchli vodorod aloqasi amalda bo‗lganligi tufayli gidratatsiyaga muhtoj 
bo‗lmagan qaysiki, hajmni oshishiga to‗sqinlik qiladi. 
Montmorillonit toza ko‗rinishda bentonitning birlamchi yotqiziqlarida 
joylashadi. 
Yuqorida 
ko‗rsatib 
o‗tganimizdek 
ko‗pincha 
ionalmashinuv 
reaksiyalarida natriy, kalsiy va magniy qatnashadi. Montmorillonitlarning har xil 
ko‗rinishlari dunyoning ko‗pgina tumanlarida uchraydi. Ayniqsa, o‗rta uchlamchi va 
yuqori yoshdagi davrlarda ko‗p uchraydi. 
Boshida bentonit loy sifatida aniqlangan qaysiki, yotgan joyida vulqon kulidan 
montmorillonit paydo bo‗lgan, hozir esa bu atamadan har qanday loyni ifodalash 
uchun foydalaniladi, fizik xossasi qandaydir smektani qatnashtirib aniqlanadi. 
Burg‗ilash eritmasini va loyli shakllanishlarning o‗zaro reaksiyalanishi natijasi 
yuqorida aytganimizdek gidratatsiya hodisasidir. Gidratatsiyaning ikkita mexanizmi 
mavjud bo‗lib, boshqacha aytganda suvni loyli zarralarda adsorbsiya jarayonidir: 
osmotik bo‗kish qaysiki, ionlarning yuqori konsentratsiyasi evaziga sodir bo‗ladi, 
loyli zarralarni va kristalli bo‗kishning (monomolekulyar suv qatlamlarini kristall 


panjara zarralarinii yuzasidagi tekislikda adsorbsiyasidir) yuzasiga yaqin elektr statik 
kuchlar bilan ushlab turiladi.
Bo‗kish jarayonlari shunday sharoitda sodir bo‗ladiki, agar quruq loy yopiq 
fazoda joylashganda ya‘ni, unga suv kirib kelish chegara yo‗q va qaytmas jarayon 
hisoblanadi. Bo‗kish bosimi loy va erkin suvning oralig‗ida tenglashish 
barqarorlashganda rivojlanadi va bunda suvning siqilishi bilan loy zichlanishga 
duchor bo‗ladi. Bo‗kish bosimi har qanday tarkibdagi suv bilan loydagi bug‗larning 
bosimi bilan bog‗langan hamda shu tarkibdagi suv bilan quyidagi shaklda
ifodalanadi: 
P
s
= - RT/ V- InP/P
o
(5.17) 
bu yerda: 
P
s
– bo‗kish bosimi; R- gazning doimiyligi (l-kgs/sm
2
)/(mol-K); 
V - parsial mol suvning hajmi, l/mol; T – mutloq harorat, K; P/P0- suv bilan loyli 
slanetsda tenglikda joylashgan suv bug‗ining nisbiy bosimi (slanetsdagi suvning 
faolligiga teng).
Loyli materiallarning hamma turi suvni adsorbsiyalaydi, yuqorida keltirilgan 
ma‘lumotarni hisobga oladigan bo‗lsak, smektitlar bo‗kuvchi panjarasining evaziga 
boshqa loylarga nisbatan o‗ziga katta hajmdagi suvlarni oladi. Shu holatga muvofiq 
ko‗p tadqiqotlarda loyni bo‗kishini aniqlashda smektitlardan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
foydalanilgan ya‘ni, montmorillonitdan. Monomolekulyar qatlam suvlarini bazaltning 
tashqi va kristallarning qatlamlari oralig‗idagi adsorbsiyasi (yuza qatlamlarida 
yutilishi) natijasida sodir bo‗ladigan jarayondir. 
Suvning birinchi qatlami kislorod atomlarining olti qirrali panjarasida vodorod 
bilan bog‗langan holda ushlab turiladi. Suvning molekulalari ushlab turilgandan 
keyin olti qirrali tuzilma shakllanadi. Keyingi navbatdagi qatlam xuddi shunga 
o‗xshash va birinchi bilan bog‗lanadi. Kristalning yuzasidan masofa 
uzoqlashtirilganda aloqaning mustahkamligi kamayadi, lekin, bog‗langan suv 10 
nm.gacha tashqi yuzadan masofada tadbiq etiladi. 
Osmotik bo‗kish qatlamlar va eritmaning asosiy massasi oralig‗idagi 
kationlarning konsentratsiyasining farqi natijasida sodir bo‗ladi. 


211
Quduqning gorizontal oraliqlarida loyli slanetslarni burg‗ilashda asosiy 
zo‗riqish quduqning yuqori devoriga to‗g‗ri keladi. Bunday holatda tik va gorizontal 
tashkil etuvchilar hisobga olinadi va bu quduq stvolining ochiladigan tog‗ jinsining 
joylashish chizig‗i bo‗ylab o‗tishi bilan bog‗langan, xuddi shu jumladan loyli 
slanetslarda ham. Gorizontal oraliqlarni burg‗ilash jarayoni natijasida tik va 
gorizontal kuchlanishlar quduqning devorida pasayadi, suvsizlangan slanets suvni 
eritmadan adsorbsiyalashni boshlaydi. Bunda kovakshakllanish jarayoni quduq 
diametrining kattalashishi devorning yuqori qismi uchun xosdir. Bu berilgan 
jarayonni moslashtiruvchi samara yuqorida joylashgan tog‗ jinslarini bosimi 
hisoblanadi qaysiki, quduqning devorini jadal parchalaydi.
 
 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish