5.8.Murakkab sharoitdagi mahsuldor qatlamni ochishda loysiz tarkibli
burg„ilash eritmasidan foydalnish texnologiyasini tahlili va uni asoslash
Mahsuldor qatlamlarni ochish uyumning geologik - fizik tavsiflari, qatlam
flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari, mahsuldor qatlamni ochishda qo‗llaniladigan
texnologiyaning tavsiflari va ko‗rsatgichlari, yuvuvchi va maxsus suyuqliklarning
xossalari, gidravlik jarayonlarning nobarqororligi, quduqning stvoli bo‗yicha quduq
tubidagi differensial bosimning kattaligi va chegaralariga bog‗liq bo‗ladi [21]. APQB
sharoitida ishlarni boshlashda tarkibida qo‗shimcha sifatida barit, temirli va boshqa
turdagi og‗irlashtirgichlar bo‗lgan an‘anaviy loyli burg‗ilash eritmalaridan
foydalaniladi. Bu tizimlar nisbatan narxining baland emasligi, keng spektrdagi qayta
189
ishlovchi reagentlar va qo‗llashda katta tajribaga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Ammo bunday turdagi eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamlarni bilib –
bilmasdan kolmatatsiya bo‗lishiga olib keladi (ayniqsa past o‗tkazuvchan, yoriqli va
yoriqli va g‗ovakli kollektorlarda) va suvda eriydigan tuzlarning konsentratsiyasini
va qatlamda kislotalarni reaksiyalanishini boshqaradigan o‗tkazuvchanligini tiklash
bo‗yicha qo‗shimcha qimmat turadigan operatsiyalarni amalga oshirish talab qilinadi
[2, 3].
Og‗irlashtirgichlar bilan aralashtirilgan loysiz burg‗ilash eritmalari loyli
eritmalarga nisbatan afzallikka ega bo‗ladi, quduqlarni tugallashda tarkibida
kolmatatsiya qiladigan va quduqlarni o‗zlashtirishda qatlam quduq tubi zonasidan
qiyinlik bilan chiqariladigan tarkibga ega emas [6, 10]. Bunday burg‗ilash
eritmalarining qo‗shimcha afzalliklariga quduqlarni yuqori sifatda mustahkamalash
kiradi. Loysiz burg‗ilash eritmalarini 1600 kg/m
3
zichlikgacha qatlam suvlari asosida
og‗irlashtirish ishlangan bo‗ladi, noorganik tuzlarning eritmasi (natriy xlor, kaliy,
kalsiy, magniy) va kalsiy karbonat og‗irlashtirguncha. Bu eritmalarni reologik va
filtrsiya xossalarini optimallashtirish polisaxarid reagentlari majmuasida olib boriladi
[6]. Kalsiy brom, sink yoki ularni aralashmasi yordamida burg‗ilash eritmasining
zichligi 1600 - 2200 kg/m
3
gacha oshiriladi va mahsuldor qatlamlarni nisbatan yuqori
sifatda ochilishini ta‘minlaydi hamda uning QQTZdagi (qatlam quduq tubi
zonasidagi) o‗tkazuvchanligini (70-90 % gacha) to‗liq tiklashini ta‘minlashning
imkoniyatini beradi. Lekin bu eritmani qo‗llash past termobarik chidamlilikda
chegaralangan va ekologik xavfli hisoblanadi.
Formiatlar qatnashganda eritmaning korroziya faolligi past ta‘minlanadi,
polisaxarid reagentlarni termik oksidlanish va fermentativ destruksiyaga yuqori
chidamlilikka ega. Formiatlarning noorganik tuzlarga nisbatan asosiy yutuqlari
(bromidlar va xloridlar) ularning ekologik jihatdan xavfsizligidir.
―Zirtaks‖ kompaniyasi natriy xlorid, bromidli sink, kalsiy bromid, natriy
bromid, kalsiy xloridlar asosida og‗irlashtirishgan emulsiyali burg‗ilash eritmalarni
tejamkor tayyorlash varianti ishlangan bo‗lib, mahsuldor qatlamning tabiiy kollektor
xossalarini saqlash hisobiga neft qazib olishni oshirishga olib kelgan [12].
―Zirtaks‖ emulsiyali burg‗ilash eritmalari 1400 dan 2200 kg/m
3
.gacha
zichlikka ega va quyidagi xossalari mavjud: tuzli tizimda amaldagi mexanik
aralashmalari mavjud emas; ko‗p komponentlar asosida tuzlarni begona birikmalarini
hosil qilmaydi; tuzning boshqa tizimlar bilan yaxshi muvofiq kelishi; tiklash uchun
mumkinligi; korroziya ingibitorlari kiritilganda korroziya faolligining yo‗qligi;
texnologiyaning tejamkorligini ta‘minlash uchun tuzli asoslarni tanlashning qulayligi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishda burg‗ilash eritmasining retsepturasi
mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarini saqlash maqsadida filtratsiya
qovushqoqligi va ko‗rsatgichlarni rostlash uchun parchalovchi yoki erituvchi
reagentlar asosida ishlangan bo‗lishi, ayniqsa bekituvchi agentlar aniq granulometrik
tarkibda
(shakllantiruvchi
materiallar
majmuasidan)
ya‘ni,
qatlamga
filtratsiyalanishini chegaralaydi va undan chiqib ketganligi kafolatlanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda burg‗ilash eritmalari bilan kollektorni
samarali kolmatatsiyasi eng muhim tayanchli tavsiflardan biri hisoblanadi. Shuning
uchun sifatli filtratsiya qobig‗ini hosil qilish uchun va qatlamga filtratlarni kirib
borish zonasini pasaytirishda maxsus tanlangan fraksiyali tarkibdagi kolmatantlardan
foydalaniladi.
Berkituvchi materialning zarrachalari shunday tanlanadiki, u quduqning devori
atrofiga yaqin zonada tog‗ jinslarining kolmatatsiya bo‗lishini ta‘minlaydi va bunda
yupqa o‗tkazmaydigan filtratsiya qobig‗ini hosil qilishi zarur hisoblanadi. Bunday
qobiq qattiq zarralarni va filtratlarni qatlamga chuqur kirib borishining oldini oladi va
qatlamda ifloslanish zonasini qisqartiradi. Bunda kolmatant zarrasi kollektorning
g‗ovaklik o‗lchamlariga bog‗liq ravishda tanlanadi. G‗ovakliklarning o‗lchamlari har
xil tadqiqqotlar olib borish natijasida aniqlanishi mumkin ya‘ni, shliflarni tahlili yoki
namuna orqali simob haydash yo‗li bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishning sifatini ko‗tarish
masalalari bo‗yicha ko‗pgina maxsus mahsuslashtirilgan komponiyalar ishlanmalar
olib bormoqdalar ya‘ni sifatli filtratsiya qobiqlarini shakllantirish maqsadida
burg‗ilash eritmasining har xil konsentratsiyadagi qattiq fazalarning kerakli
191
komponentlarini hisoblash imkoniyatini beruvchi har xil kompyuter programmalarini
ishlamoqda [7].
Masalan, ―Em-Ay Svako‖ kompaniyasi Kauffera-OptiBridge («OptiBridj»)
nazariyasi asosida kolmatantning konsentratsiyasi va optimal fraksiyasi tarkiblarini
tanlash va ularni hisoblash uchun maxsus kompyuter programmasini ishlangan va
tadbiq etilgan. Bu programma asosida eng zich va yupqa filtratsiya qobiqlarini
shakllantirishda burg‗ilash eritmasining tarkibidagi har xil qattiq zarralarni aniq
hisoblash imkoniyatini beradi.
5.2-jadval
Geologik – texnik sharoit va quduqning konstruksiyasiga bog‗liq holda loysiz burg‗ilash
eritmalarining bir nechta variantlari ishlangan.
BBR – SKP (BBR- loysiz burg‗ilash eritmasi LBE)
Nomi
Vazifalari
Sarfi, kg/m
3
BURAMIL
Filtratsiya rostlagichi
10,0
Kaustik sodasi
Rostlagich rN
0,5
R-SIL markasi A
Loy ingibitori, antiseptik
5,0
REOPAK V
Suv beruvchanlikni pasaytiruvchi kapsulalovchi reagent
2,0
REOKSAN markasi V
Tuzilma – reologik xossalarini rostlagich
1,5
KKU-M
Kislota erituvchi kolmatant
50,0
ML-80
SFM
0,2
DEFOBUR-BT
Ko‗pik so‗ndirgich
0,3
BURFLYUB-BT
Moylovchi qo‗shma
3,0
Kalsiy xlor (oq)
Loyni gidratatsiyalash ingibitori
50
Natriy xlor
Zichlikni rostlagich
100,0-200,0
Kalsiylangan soda
rN –ni rostlagich
0,1
Tahlil 144 ta reper nuqtalari bo‗yicha juftsiz logika usullaridan foydalanib
bajarilgan ya‘ni, mavjud bo‗lgan materiallardan zarur bo‗lgan aralashmani aniq
tanlash imkoniyatini beradi. Boshqa programmalarning ichida «Opti Bridj»
programmalari 5 turdagi har xil tarkibdagi granulometrik komponentlardan
kombinatsiyalarni aralashmalarni aniq tayyorlash mumkin. Bu aniq kollektorlar
uchun u yoki boshqa turdagi fraksiyalarning komponentlari konsentratsiyasini
loyihalashtirish bosqichida va burg‗ilash jarayonida tezkor tanlab beraoladi.
Polisaxarid asosidagi loysiz burg‗ilash eritmalari (kraxmal, PATS, zarur bo‗lganda -
biopolimer), SFM va ingibirlash qo‗shmalari past filtratsiya ko‗rsatgichlariga ( ΔP =
0,7 MPa V = 2,0 - 6,0 sm
3
) ega bo‗ladi, gorizontal quduqlarni va katta egilishga ega
bo‗lgan quduqlarni optimal psevdoplastik xossalari, tuzilmali-reologik tavsiflari («p»
= 0,4 - 0,48 koeffitsiyent) va past gidravlik qarshilik (konsistensiya koeffitsiyenti
«K» = 0,31-1,15); bunda burg‗ilash eritmalari past qiymatdagi ishqalanish
koeffitsiyentiga ega (Kishq = 0,05 - 0,15) bo‗ladi; burg‗ilash eritmasining
uglevodorod suyuqligi bilan chegarada past sirt (0,75 - 0,95 mN/m) tortishish
kuchiga ega bo‗ladi.
Ingibitorlar qatnashganda loylarni bo‗kishini va dispergirlanishining (KS1 va
boshqalar) oldi olinadi. BBR – SKP kalsiy tuzlari qatnashganda yuqori
mineralizatsiyada barqarordir.
Ma‘lumki ―Karajida‖ maydonida loyiha bo‗yicha mahsuldor qatlamlarni
ochishda zichligi 1720 – 1740 kg/m
3
bo‗lgan og‗irlashtirilgan loyli burg‗ilash
eritmalarini qo‗llash ko‗rib chiqilgan. Tayyorlash uchun quyidagi kimyoviy
reagentlar va materiallardan foydalaniladi: bentonit, barit, KMS-600, Gipan, FXLS,
KON, K2CO3, KCl, KAl (CO4)2, MAS-200, sulfanol, neft, grafit, NTF, xrompik.
Suv asosli burg‗ilash eritmalrini qo‗llanilishi kollektorlarni o‗tkazuvchanligini
amalda qaytmaydigan darajada pasaytirishga olib keladi, natijada quduqlarni
o‗zlashtirish muddati cho‗ziladi, mahsulligi kamayadi, neftberaoluvchanlik
koeffitsiyenti pasayib ketadi.
Og‗irlashtirilgan loyli burg‗ilash eritmalaridan foydalanilganda qatlamning
gidravlik yorilishining kuzatilishi va katta miqdordagi eritmalarni ketib qolishi,
ayniqsa, tushirish - ko‗tarish operatsiyalari ko‗pincha takrorlanganda gidrodinamik
bosimning keskin o‗zgarishi natijasida quduqning devorida yorilish sodir bo‗ladi.
Buning natijasida burg‗ilash eritmasining filtratlari mahsuldor qatlamga chuqur (1,4
dan 37 metrgacha) kirib ketishi mumkin.
Qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‗ilashda neftli va gazli qatlamlarni ochish
holati tahlil qilinganda har xil burg‗ilash eritmalarini g‗ovaklik muhitining
mahsuldorligiga ta‘sir qilishi tizimli ravishda tadqiqotlanganda mahsuldor
qatlamlarni kollektorning geologik-fizik xususiyatlari va uni to‗yintirgan
suyuqliklarning fizik-kimyoviy tavsiflarini qattiq hisobga olib ochish kerakligini
ko‗rsatadi.
193
―Karajada‖ konidagi mahsuldor qatlamlarni tabiiy o‗tkazuvchanligini
saqlanishi ta‘minlash maqsadida marmar pudrasi asosidagi og‗irlashtirilgan loysiz
burg‗ilash eritmasining tarkibi ishlangan va u respublikamizdagi ―Neftgazmineral‖
MCHJning sanoat sexida ishlab chiqariladi.
Marmar pudrasi yupqa dispersli ko‗kun ko‗rinishida ishlab chiqariladi va quyidagi
ko‗rsatgichlarga ega:
5.3-jadval.
Marmar pudrasining ko‗rsatgichlari
№ t/r
Ko‗rsatgichlarning nomi
Meyori
1.
Tashqi ko‗rinishi
Oq
2.
Massovaya dolya karbonat, % ne meneye
95
3.
Namlikning massali ulushi % katta emas
2,0
4.
№ 0071K turda elangandan keyin qoldiqning massali ulushi, % katta emas
6,0
5.
Zichlik, kg/m
3
, kichik emas
2700
6.
Fraksiyaning massali ulushi 5 mkm, %, katta emas
10,0
Gidrolizlanmagan poliakrilamidning tayyor suvli eritmasidan keyin unga
eritmaning hajmiga nisbatan 30% miqdorida texnik natriy xlorid kiritiladi va uning
aralashtirish jarayoni 30 - 40 minut davomida natriy xloridning to‗liq erishigacha
davom etadi. Gidrolizlanmagan poliakrilamidning to‗yintirilgan tayyor suvli
eritmasiga hisobiy miqdordagi gips va kaliy xlorid qo‗shiladi. Gips va kaliy xloridni
qo‗shishdan maqsad loysiz burg‗ilash eritmasini loyli minerallga nisbatan ingibirlash
xususiyatini amalga oshirishdir. Tog‗ jinslarining tarkibida mahsuldor gorizontda
quduqning devoriga yopishadigan minerallar mavjud bo‗ladi.
Loysiz ingibirlangan loyli eritmalarni to‗xtovsiz jadal aralashtirishda unga
moylovchi xossalarini berish uchun u 10 - 15% miqdoridagi neft va 3% li grafit bilan
burg‗ilash eritmasining hajmiga nisbatan qo‗shib ishlanadi. Birlamchi materiallarni
aralashtirish jarayoni bir jinsli massalarni olguncha davom ettiriladi va olingan
burg‗ilash eritmasining texnologik parametrlari o‗lchanadi.
Undan keyin loysiz ingibirlangan burg‗ilash eritmasiga ―Neftgazmineral‖
MCHJning marmar pudrasi neft va gaz quduqlarini qurilishi loyihasida ko‗rsatilgan
talab qilingan zichlik qiymatini olguncha qo‗shiladi. Laboratoriyada olib borilgan
tadqiqot natijalari 2 – jadvalda keltirilgan.
5.4-jadval
Anomal yuqori qatlam bosimli (AYUQB) mahsuldor gorizontlarni ochishda qo‗llaniladigan
ingibirlangan og‗irlashtirilgan loysiz burg‗ilash eritmasining tarkibi va xossalari
№
Burg‗ilash eritmasining tarkibi
R> 3
kg/m
3
Т
500,
с
V,
sm
3
/30 min
Tqobi
q,
mm
рН
cho‗k
ma
1 1000 ml suv + 15 gr PAA + 300 gr NaCl + 50 gr
KCl + 30 gr grafit + 100 ml neft
1190
35
6,0
1,0 6,0
0
2
1000 ml suv + 20 gr PAA + 300 gr NaCl + 50 gr
KCl + 30 gr grafit +100 ml neft
1190
45
4,0
1,0 6,0 6,0
3 № 2 + 30 % marmar upa (Nurota)
1260
48
4,0
1,0 6,0
0
4 № 2 + 50 % marmar upa (Nurota)
1350
55
4,0
1,0 6,0
0
5 № 2 + 70 % marmar upa (Nurota)
1430
75
4,0
1,0 6,0
5
6 № 2 + 90 % marmar upa (Nurota)
1480
120
4,0
1,0 6,0
0
7 № 2 + 110 % marmar upa (Nurota)
1550
165
4,0
1,0 6,0
0
8 № 2 + 130 % marmar upa (Nurota)
1650
220
4,0
1,0 6,0
0
9 № 2 - 90 °C.gacha qizdiriladi
1190
25
6,0
1,0 6,0
-
10 № 9 - 20 °C.gacha sovutilganda
1190
30
3,0
1,0 6,0
0
11 № 8 90 °C.gacha qizdiriladi
1650
100
6,0
1,0 6,0
-
12 № 11 20 °C.gacha sovutilganda
1650
150
3,0
1,0 6,0
0
Olingan ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki (5.4-jadval), gidrolizlanmagan
poliakrilamid asosida texnologik xossalari barqaror bo‗lgan ingibirlangan burg‗ilash
eritmalarini tayyorlash mumkin. Marmar upasini qo‗shish yordamida loysiz
ingibirlangan burg‗ilash eritmasining ishlanadigan tarkibining zichligi kattaligi oson
boshqariladi. Bu taklif qilinadigan burg‗ilash eritmasining kam ahamiyatli bo‗lgan
yutug‗iga yuqori harorat sharoitida boshlang‗ich texnologik xossalarini saqlash
hisoblanadi.
Bunday holat gidrolizlanmagan poliakrilamid akrilli qatorning qolgan sintetik
polimerli reagentlari yuqori haroratga 170-180°S.gacha chidamlilikka ega va
polivalent tuzlarga nisbatan tuzga chidamlidir.
Yuqoridagi 5.4-jadval ma‘lumotlari loysiz og‗irlashtirilgan ingibirlangan
burg‗ilash eritmalarini tayyorlashda kimyoviy reagentlarni va materiallarni keng
qo‗llashdan voz kechilgan. Burg‗ilash eritmalarini tayyorlashda loy, kaustik va
kalsiylangan sodani hamda polimerli reagentlar K-4, kraxmal, KMS, VPRG va
Unifloklardan foydalanilmagan.
Tuzning agressiv ta‘siri sharoitida quduqlarni burg‗ilashda ayniqsa, suvda
eriydigan kalsiy, magniy va natriy tuzlari mavjud bo‗lganda hamda ko‗pincha
burg‗ilash eritmasining sifati yomonlashganda quduq devorining mustahkamligining
195
pasayishi kuzatilgan, natijada kimyoviy reagentlarning sarfini oshishi va avariya
holatining o‗sishi kuzatilgan.
Tarkibida agressiv qatlam suvlari bo‗lgan mahsuldor gorizontlarni ochish
ayniqsa judayam murakkab hisoblanadi. Polimerli reagentlar KMS, K-4, USHR va
boshqa polimerli reagentlar bilan qayta ishlangan burg‗ilash eritmalari qo‗llanilganda
tuzli agressiya (tazyiq) ta‘sirida o‗zining mustahkamligini yo‗qotadi.
Yuqoridagi salbiy ta‘sir qiluvchi holatlarni hisobga olgan holda laboratoriya
sharoitida qatlam suvlarining tazyig‗i ta‘sirida loysiz ingibirlangan og‗irlashtirilgan
burg‗ilash eritmasining texnologik xossalariga agressiv ta‘sir etishi tadqiqotlangan.
Qatlam suvlarining agressiv ta‘sirini laboratoriyada tadqiqotlashda № 293
Ko‗kdumaloq konidan olingan qatlam suvlaridan foydalanilgan.
Lobaratoriya sharoitida o‗rganilgan loysiz ingibirlangan og‗irlashgan
burg‗ilash eritmalarining tarkibini qatlam suvlarining agressiv ta‘siriga chidamliligini
tadqiqot ma‘lumotlari №3 – jadvalda keltirilgan bo‗lib, u terrigen yotqiziqlarida
burg‗ilangan quduqning stvolini qazib o‗tish sharoiti asos qilingan. Tadqiqot qilingan
burg‗ilash eritmasining tarkibi namokob bilan aralashtirilganda koagulsiya jarayoni
kuzatilmagan qaysiki, har xil geologik-texnik sharoitlardagi neft va gaz quduqlarini
burg‗ilash jarayonida keng qo‗llanilgan.
Burg‗ilash eritmasining filtratsiya ko‗rsatgichi amalda o‗zgarmaydi faqat
eritmaning shartli qovushqoqligi va zichligini kamayishi kuzatiladi. Tavsiya
qilinadigan burg‗ilash eritmasi tarkibining zichligi va shartli qovushqoqligi
ko‗rsatgichlarining pasayishi unga tuzli eritmalarni qo‗shish natijasida eritmaning
qattiq fazalarini kamayishi evaziga sodir bo‗lgan.
Unga marmar upasi qo‗shilganda burg‗ilash eritmasining zichligi va shartli
qovushqoqligi birlamchi kattalikka erishgan. Bunda burg‗ilash eritmasini
gidrolizlanmagan poliakrilamid bilan qayta ishlash talab qilinmaydi.
Bu ko‗rsatgichlar taklif etiladigan burg‗ilash eritmasini qatlam suvlarining
agressiv (tojovuzkor) ta‘siriga chidamliligini isbotidir ya‘ni, burg‗ilash eritmasini
tayyorlashda tarkibida bo‗lgan polivalent tuzlarning birnomli zaryadlangan ionlari,
qatlam suvlari, kimyoviy reagentlarni va materiallarni hisobiga uning chidamliligi
ta‘minlanadi.
―Karajida‖ konida mahsuldor gorizontlarni ochish jarayonida zichligi 1650
kg/m3 bo‗lgan burg‗ilash eritmalari qo‗llanilgan. Ko‗rsatilan maqsadga erishish
uchun burg‗ilash eritmasiga baritli marmar upasi qo‗shilib zichligi 1900 – 2100
kg/m3 bo‗lgan og‗irlashtirilgan eritma tayyorlangan.
Marmar pudrasining muhim bo‗lgan yutuqlaridan biri uni tuz kislotasida erish
xususiyatidir qaysiki, mahsuldor gorizontning kollektorlik xossalarini saqlanishning
ta‘minlanishidir. Bu yerda ko‗rsatib o‗tish lozimki, barit, gematit va magnetit tuz
kislotasida erimaydigan xususiyatga ega ekanligidadir. Shuning uchun loysiz
ingibirlangan burg‗ilash eritmasining talab qilingan zichlik kattaligini olish uchun
baritning o‗rniga karbonat-temir – sideritdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5.5-jadval.
Ko‗kdumaloq konining № 293 quduqg‗idan olingan rapaning loysiz ingibirlangan
og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmasining texnologik parametrlariga ta‘siri 5-jadvalda keltirilgan
№
Burg‗ilash eritmasining tarkibi
R-3
kg/m
3
T500,
s
F,
sm
3
/30 min
Tk,
mm рН
Cho‗km
a, %
1 1000 ml suv + 20 gr PAA + 300 gr NaCl + 50gr KC1 + 30
gr grafit + 100 ml neft
1190
45
3,0
1,0 6,0
0
2 1000 ml suv + 15gr PAA + 300gr NaCl + 50 gr KC1 +
30 gr grafit + 100 ml neft + 130 % marmar upasi
1650 220
4,0
1,0 6,0
0
3 № 1 + 10 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq)
1200
35
4,0
1,0 6,0
0
4 № 1 + 20 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq)
1220
25
4,5
1,5 6,0
0
5 № 1 + 30 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq)
1240
20
5,0
1,0 6,0
0
6 № 2 + 10 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq)
1570 240
4,0
1,0 6,0
0
7 № 2 + 20 % namokob ( Alan maydoni - №172-quduq)
1480 110
4,5
1,0 5,5
0
8 № 2 + 30 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq)
1410
60
5,0
2,0 5,5
0
9 № 5 - 90 °C.ga qizdirilganda
1240
17
7,0
1,5 5,5
-
10 № 9 - 20 °C.gacha sovutilgandan keyin
1240
22
5,0
1,0 5,5
0
11 № 8 - 90 °C.ga qizdirilganda
1410
36
7,0
1,5 5,5
-
12 № 11 - 20 °C.gacha sovutilgandan keyin
1420
50
5,0
1,0 5,5
0
13 № 12 + 50 % marmar upasi
1650 170
4,0
1,0 5,5
0
Do'stlaringiz bilan baham: |