Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Quduq tubi zonasining yomonlashishiga kimyoviy usullar bilan kurashish



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
5.6. Quduq tubi zonasining yomonlashishiga kimyoviy usullar bilan kurashish 
 
Loylardan tashkil topgan qatlamlarning kollektorlik xossalarining buzilishi 
ularni suvga bo‗lgan sezgirligi tufayli sodir bo‗ladi. Montmorillonit loylarning 
bo‗kish samaradorligi quduq tubi zonasini o‗tkazuvchanligini yomonlashishga olib 
keladi. Boshqa tomondan kaolinitli loylarning bo‗kishi qattiq zarrachalarning fazosi 
bilan bekilib qolishi evaziga sodir bo‗ladi. 
Qatlamda loylar odatda tarkibida tuzlarning miqdori ko‗p bo‗lganligi uchun 
flokulyatsiya holatida qatnashadi. Suv asosli eritmalar bilan quduq burg‗ilanganda 
ionli qoplamalarni kengayishi hisobiga loyli atrof – muhitning ionli mustahkamligi 
kamayadi. 
Natijada loylarni redispergatsiyasi va uning mikro bo‗shliqlarga migratsiyasi 
sodir bo‗ladi. Bunda mikrofiltratsiya qobig‗ining shakllanishi qatlamni bekilib 
qolishga olib keladi. 
Bu muammo elektrolit va polielektrolitlardan foydalanish yo‗li orqali bartaraf 
qilinadi, qaysiki, ionli qobiqlarni kengayishini kamaytiradi va loyning yuzasidagi 
ionli zaryadlarning salbiy ta‘sir qilishini neytrallaydi.
Quduq tubi zonasining o‗tkazuvchanligini oldini olish uchun KSl, SaSl2, 
alyuminiy gidrooksidi va boshqalardan foydalaniladi. Qatlamlarda yuqori tarkibdagi 
bo‗kadigan loylar mavjud bo‗lganda kalsiy xlordan foydalaniladi. Montmorillonitli 
loylardagi natriy ionini kaliy ionga almashtirilganda loylarning bo‗kish xossalari 
kamayadi. Loyda KSl ning konsentratsiyasi oshirilganda bo‗kmaydigan qatlam 
shakllanadi, qaysiki, loyning umumiy bo‗kuvchanlik xususiyati pasayadi.
Qatlamlarni suv bosganda kaliy va natriy ionli minerallashgan suvlarga bo‗lgan 
sezgirli juda oshadi. Kalsiy ionli minerallashgan suvlar loyni bo‗kish darajasini 


kamaytirish xususiyatiga ega ya‘ni, bunda kalsiy va magniy tuzlarining suvdagi 
konsentratsiyasi 10% ga teng bo‗lganda qaysiki, tog‗ jinsi kollektorlarining 
o‗tkazuvchanligini o‗zgarishi kuzatilmaydi. Bundan tashqari qatlamga haydaladigan 
tuzning suvdagi konsentratsiyasi kamaytirilganda loyli zarralarning bekilib qolishi 
sodir bo‗lmaydi. 
Noorganik tuzlarning eritmasi ham loylarni bo‗kishini oldini oladi. Suvga 
sezgir bo‗lgan qatlamlarga ishlov berish usullaridan biri ya‘ni, alyuminiy gidrooksidi 
eritmasini haydash hisoblanadi. Alyuminiy atomli guruhlarning gidrooksidli soni 1,5 
– 1,7 chegarasida bo‗ladi. Eksperimental tadqiqot ma‘lumotlaridan ma‘lumki,
alyuminiy xlorid uzoq muddat oralig‗ida kollektorlik xossalarini saqlashni ta‘minlay 
olmaydi. 
Sirkoniyning xlorid oksidi polivalentli metallning boshqa tuzi hisoblanadi va 
qatlamning xossalarini saqlashda qo‗llaniladi. Bu material loyli zarralarning ochiq 
yuzasini mustahkam himoyalovchi himoyaviy qobiqlarni shakllantiradi. Yuqorida 
keltirilgan hamma tizimlarda loyli qatlamlardagi loy tarkiblariga ishlov berishda 
foydalaniladigan noorganik tuzlar loylarni kaogulyatsiya bo‗lishiga olib keladi.
Qatlamlarning kollektorlik xossalarini yomonlashtiruvchi kolloid mexanizmlari 
quyidagilar. Alohida dispergirlangan zarralar suyuqlikda ushlanib turiladi va siqilgan 
g‗ovaklik kanallarida mikroskopik filtratsiya qobig‗i ko‗rinishida o‗tiradi. 
Bunday holatda tog‗ jinslarining filtratsiya tavsifi mikroskopik filtratsiya 
qobig‗ining ma‘lumotlariga bog‗liq. Yaxshi ma‘lumki, flokulyatsiyalangan tuproq 
dispergirlanmaganga nisbatan o‗tkazuvchanroqdir. Bu xossalar o‗z navbatida 
ohaktosh va gipsli tuproqqa ishlov berishda qo‗llashning asosi hisoblanadi. 
Xuddi shunday natijalarga ya‘ni, loyning tarkibi yuqori darajada 
dispergatsiyalanganda burg‗ilash eritmasining past filtratsiyasiga yupqa filtratsiya 
qobig‗ini hosil qilish orqali erishiladi. 
Burg‗ilash eritmalarining kaogulyatsiyalanishi filtratsiyani oshishiga va keyin 
esa filtratni qo‗llashga olib keladi. Loyni bo‗kish darajasi bo‗kuvchi tavsifga hamda 
uni disperlanish darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 


187
Loyning holati mexanizmini to‗g‗ri tushinishning muhim momenti qatlam 
zarralarining disperlanish darajasiga ishlov berib ta‘sir qilish hisoblanadi. Haqiqatda 
bu kattaliklarni o‗lchash qiyin hisoblanadi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish