Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Ikkilamchi ochishda perforatsiya suyuqligining qatlamni kollektorlik



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
5.4. Ikkilamchi ochishda perforatsiya suyuqligining qatlamni kollektorlik 
xossasiga ta‟sir qilishi 
Mahsuldor qatlamlar ajratilgandan keyin ikkilamchi ochish jarayonida 
perforatsiya suyuqligining tarkibi va xossasi muhim rol o‗ynaydi. Gidrodinamik 
kanallarni hosil qilishda joylashgan perforatsiya suyuqligining komponentlari 
kollektorga kirib, amalda mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalariga ta‘sir qiladi. 
Perforatsiya kanallarida mahsuldor qatlamning o‗tkazuvchanligini pasayishi 
o‗zlashtirish jarayonida qatlamdan oqimni chaqirishda va ishlatishga kiritishda 
―quduq–qatlam‖ tizimida qo‗shimcha gidrodinamik qarshiliklarni paydo qiladi, 
ishlatish obektlaridagi quduqlarning qazib olish ko‗rsatgichlariga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Shuning uchun perforatsiya suyuqligining mahsuldor qatlamning kollektorlik 
xossasiga ta‘sir qilishini baholash darajasini ikkilamchi ochishni sifati nuqtai 
nazaridan qaraydigan bo‗lsak dolzarb hisoblanadi. 
Ikkilamchi ochish jarayonida perforatsiya qilish suyuqligini konda qo‗llashdan 
oldin xuddi kon sharoitiga mos keladigan termobarik sharoitda perforatsiya 
suyuqliklari ta‘sir qilganda kern namunalarining o‗tkazuvchanligini tiklanish 
koeffitsiyentiga baho berish uchun laboratoriyada tadqiqot olib borish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Tabiiy kern namunalariga perforatsiya suyuqliklari hamda burg‗ilash 
eritmasining filtrati ta‘sir qilgandan keyin o‗tkazuvchanligini baholash bo‗yicha 
tadqiqot olib boriladi. Bunda haqiqiy holatda qatlamlarni ikkilamchi ochish vaqtida 
filtratlar kirib borgan zonaning chuqurligi va perforatsiya kanalining chuqurligiga 
haqiqiy baho beriladi [8]. 


Tadqiqot 
olib 
borish 
FDES-650Z, 
FDS-350, 
FDTES-100-140 
avtomatlashtirilgan qurilmalarda va boshqa shunga o‗xshash qurilmalarda olib 
boriladi. Sinash ishlari termobarik sharoitda kon sharoitini modellashtirgan holda 
tabiiy tog‗ jinsining to‗g‗ri silindrik shaklida haqiqiy diametrini saqlagan holda olib 
boriladi. Suyuqlikning o‗tkazuvchanligini aniqlash uchun qatlam flyuidining 
modelidan foydalaniladi ya‘ni, bunda suyuqlik sifatida kerosin qo‗llaniladi. 
Kern kolonkasining suyuqlikni o‗tkazishi bo‗yicha modellashtirilgan qatlamda 
perforatsiya suyuqligi ta‘sir etguncha va ta‘sir qilgandan keyin olingan natijalari 
taqqoslanadi va xulosa chiqariladi. Qatlam flyuidining modelida kern namunasining 
boshlang‗ich o‗tkazuvchanligi aniqlanadi. Undan keyin esa teskari yo‗nalishda kern 
namunalariga statik filtratsiya rejimida ta‘sir qilgan perforatsiya suyuqligining oqib 
chiqishini tekshirish amalga oshiriladi. Undan keyin esa har xil bosimlar farqida har 
xil rejimlarda to‗g‗ri yo‗nalishda qatlam flyuidining oqimini amalga oshirish va 
perforatsiya suyuqligi ta‘sir qilgandan keyingi kern kolonkasining qoldiq 
o‗tkazuvchanligi aniqlanadi.
Kern kolonkasida stratigrafik va fizik-hajmiy xossalarining o‗xshashligi bilan 
burg‗ilash eritmasining filtratini ta‘sir qilishdan oldin duchor bo‗lgan kern 
namunalariga perforatsiya suyuqligining ta‘sirini baholash bo‗yicha tadqiqotlar olib 
boriladi. 
Perforatsiya suyuqligining kern namunalariga ta‘sir qilish darajasini baholash 
uchun 
tk
o
'

o‗tkazuvchanlik koeffitsiyentini tiklanishi aniqlanadi qaysiki, perforatsiya 
suyuqligi ta‘sir qilgandan keyin namunaning qoldiq o‗tkazuvchanligini к
qol.o‗tk. 
dastlabki 
o‗tkazuvchanligiga 
kdast.o‗tk. 
nisbatini 
baholaydi: 
%
100
/
'
.
'
.
'


tk
o
dast
tk
o
qol
tk
o
k
k

 
(5.11) 
Kern namunasiga perforasiya suyuqligining ta‘sir qilishidan oldin ta‘sir qilgan 
burg‗ilash eritmasi filtratining ta‘sir darajasiga baho berish uchun o‗tkazuvchanlik 
koeffisiyentining taklanishi β
1 o‗tk
ya‘ni, burg‗ilash eritmasining filtrati unga ta‘sir 
qilgandan keyin kern namunasining qoldiq o‗tkazuvchanligiga k
1qol.o‗tk. 
nisbati 
tasvirlanadi va perforasiya suyuqligining dastlabki o‗tkazuvchanligini k
dast.o‗tk. 


183
%
100
/
'
.
'
.
1
'


tk
o
dast
tk
o
qol
tk
o
k
k

(5.12) 
Tadqiqot ma‘lumotlariga asosan mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochishda 
perforatsiya suyuqligining tarkibiga va perforatsiya suyuqligi retsepturasiga bog‗liq 
holda quduq tubi zonasining holatiga ta‘sir qilishi, qatlamga burg‗ilash eritmasi 
filtratlarini kirish chuqurligi va perforatsiya kanalining uzunligiga baho beriladi. 
Shunday qilib, tadqiqot ma‘lumotlariga asosan har xil retsepturadagi 
perforatsiya qilish eritmalarining samaradorligiga, mahsuldor qatlamning ikkilamchi 
ochishning sifatiga hamda perforatsiya suyuqligining yutuqlariga baho beriladi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish