Nazorat savollari
1.
Kislotali ta‘sir etishda foydalaniluvchi asosiy reagentlariga nimalar kiradi?
2.
Tuzli, uksusli va sulfataminli kislotalarning karbonat kollektorlarining asosiy
ko‗rinishlari bilan o‗zaro ta‘sir reaksiyalari mos ravishda qanday reaksiyalar
orqali sodir bo‗ladi?
3.
Qatlamga haydaladigan kompozitsiya qatlamning past o‗tkazuvchan neftga
to‗yingan hududlarining filtratsiya tavsiflarini o‗zgartirmasligi muhimmi?
4.
Polimerli uglevodorod tizimlaridan foydalanish texnologiyasi qachon
qo‗llanilgan?
5.
Qatlamga kompozitsiyalarni haydashning texnologik jarayonini qo‗llash
tartibini izohlab bering?
6.
Mitsellyar polimerli suv haydash usullarini qo‗llanilish texnologiyasini izohlab
bering?
7.
Qatlamga mikrobiologik ta‘sir etish texnologiyasini izohlab bering?
8.
Qatlamga seysmik titratish usulida ta‘sir qilish texnologiyasini izohlab bering?
453
XIII - bob. MAHSULDOR QATLAMLARNI OCHISHDA ATROF MUHITNI
VA YER OSTI BOYLIKLARINI HIMOYA QILISH
Mahsuldor qatlamlarni ochishda atrof muhitni muhofaza qilish choralari neft va
gazni jadallashishini oldini olishga, mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‗llaniladigan
kimyoviy reagentlarning ta‘sirini minimallashtirishga va atrof muhitni muhofazasiga
yo‗naltiriladi.
Mahsuldor gorizontlarni ochishda atrofning tabiiy muhitini muhofaza qilish
sohasidagi asosiy talab tuproq qoplamasiga har xil belgilanishdagi suv havzalariga,
o‗simlik va hayvonot dunyosiga progressiv ekologik kam xavfli texnologiyalar va
texnik vositalarni amalga oshirish yo‗li bilan salbiy holatlarni minimallashtirish
hisoblanadi.
Ayniqsa bu uglevodorod asosidagi burg‗ilash eritmalariga, gaz - suyuqlik
aralashmasi va ko‗pikli tizimlarga taalluqlidir.
Qo‗llaniladigan kimyoviy reagentlar ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyada
(RECHK) va ta‘siri taxminiy xavfsizlik darajasida (TXTD) bo‗lishi kerak.
Qatlam bosimi muvozanatlashmagan sharoitda mahsuldor qatlamni ochish atrof
muhitni muhofaza qilish sharoitini murakkablashtiradi. Shu sababli qatlam va foydali
qazilma qazib olinadigan joyning bosimi tenglashgan va qatlamni siqish sharoitlarda
mahsuldor qatlamni ochishda tegishli tadbirlar qabul qilinishi, tegishli yer osti va yer
usti jihozlari o‗rnatilishi kerak.
Neft va gazni jadallashishi ham xavf tug‗diradi, ayniqsa avariya holatlarida (neft
va gazning atrof muhitga chiqarilmalari).
Neft va gazni jadallashishini paydo bo‗lishi va rivojlanishi quyidagi
sabablarning oqibati bo‗lishi mumkin:
-joriy qatlam bosimining loyihaga mos kelmasligi;
-burg‗ilash ishlari joylarida qatlamda meyoridan chetga chiqqan yuqori bosimli
mahsuldor qatlamlarni geologik qirqim bo‗yicha ko‗zda tutilmagan tektonik
buzilishlari;
-bajarib bo‗lmaydigan oraliqda burg‗ilab (gidroyorilish, shimilish, mahsuldor
qatlamda burg‗ilash eritmasini gidrostatik ustunida bosimning kamayishi) mahsuldor
qatlamni burg‗ilab kengaytirib ochishda;
- yer ostida yotgan mahsuldor qatlamning loyihaviy ajralmalarni haqiqiy
chuqurliklarining mos kelmasligi;
-quvurlar kolonnasini ko‗tarishda quduqqa yetarlicha qo‗yilmasligidan eritma
ustunidagi gidrostatik bosimning pasayishi;
-burg‗ilash kolonnasini ko‗tarishda porshenlanish samarasini paydo bo‗lishi
natijasida foydali qazilma qazib olinadigan joydagi bosimning pasayishi;
-quduqlar yuvilmay uzoq vaqt turishi oqibatida foydali qazilma qazib olinadigan
joyga yaqin atrofda eritmani gazsizlanishi;
-neft va gaz bilan to‗yingan qatlamlarni to‗suvchi atrofga o‗rnatilgan
kolonnalarning sifatsiz mahkamlanishi;
Neft va gaz otilib chiqadigan holatlarda nazoratsiz favvoralinish ekologik
halokatga olib kelishi mumkin.
Mahsuldor qatlamni germetikligini ta‘minlamasdan anomal yuqori qatlam
bosimi (AYUQB) bilan ochish jarayonida yuqorida joylashgan qatlamdagi neft va
gaz yuqorida joylashgan o‗tkazib yuboradigan qatlamga (suvli qatlam, neftgazli
qatlam) oqib o‗tadi. Bunday holatda yer qatlamini muhofazasi buziladi.
Anomal past bosimli qatlam (APBQ) sharoitida ochishda, qazilma qazib
olinadigan joy bilan qatlamdagi kerakli bosim mos kelmaganida qatlamni flyuid
zaxiralarini yo‗qolishiga olib keluvchi yutilish sodir bo‗lishi mumkin.
Neft va gazni jadallashishini oldini olish bo‗yicha tadbirlarga quyidagilar kiradi:
xafvsizlik texnikasi qoidasini bajarish; mahsuldor qatlamlarni ochishni to‗g‗ri
rejalashtirish; neft va gazlarni otilib chiqishiga qarshi tegishli jihozlar; texnik
xodimlarni o‗qitilganligi; mahsuldor gorizontlarni ochish jarayonida GTA (geologik-
texnik asboblar)ning stansiyalarini doimiy ishlashi.
Neft va gazni otilib chiqishini bartaraf etish bo‗yicha tadbirlar neft va gazga boy
hamda ular otilib chiqadigan gorizontlarni to‗sish hisoblanadi.
455
Agar yong‗inli ochiq favvora yuz bersa, unda armaturalarni qiyshaytirish va
quduqni o‗chirish uchun maxsus texnikalarni qo‗llash kerak bo‗ladi.
Jiddiy holatlarda, zarur bo‗lganda jadallashgan gorizontni o‗chirish uchun
qo‗shimcha quduq burg‗ilash amalga oshiriladi.
Jadallashishning boshlang‗ich davrida buni oldini oluvchilarni yopish va
quduqni og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmasi bilan to‗sish kerak. Shu bilan birga
jadallashgan quduqlar maxsus mexanizmlar orqali mash‘alaga ishlashi mumkin.
Atrof muhitni muhofaza qilish uchun mahsuldor qatlamni ochish uchun
burg‗ilash eritmasini tayyorlash va ishlov berishni uning komponentlarini yerga va
suv obektlariga tushishini istisno etadigan maxsus blokda amalga oshirish kerak
bo‗ladi.
Kimyoviy reagentlarni saqlash maxsus ajratilgan joyda amalga oshirilishi lozim.
Suyuq kimyoviy reagentlar va maxsus suyuqliklar yopiq, aniq belgi qo‗yilgan
zich idishda saqlanishi shart.
Kimyoviy reagentdan bo‗shagan idishlar va materiallar yo qayta foydalanish
(bochkalar, idishlar) uchun, yo maishiy chiqindilar (xaltalar, bir martalik yumshoq
konteynerlar) poligoniga olib ketiladi.
Kimyoviy reagentlar burg‗ilash qurilmasi atrofiga to‗kilgan yoki sochilgan
holatlarda, ifloslangan joy tuprog‗i yaxshilab yig‗ishtirilib tozalanadi va
burg‗ilashning suyuq chiqindilari uchun vaqtinchalik qazilgan yerga to‗kiladi.
Burg‗ilash qurilmasining atrofidan ifloslangan tuproq olinib tozalangandan
so‗ng toza tuproq sepib qo‗yilishi mumkin.
Bundan tashqari quyidagilar nazorat qilinishi lozim: tabiatni muhofazalash
tadbirlarini bajarilishi; atrof muhit holatining sifati; tabiatni muhofaza qilish
qonunlari talablarining bajarilishi; mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‗llaniladigan
texnologik qarorlarni va texnik vositalarni ekologik baholash.
Ekologik monitoring ma‘lumotlari bo‗yicha burg‗ilash ishlarini o‗tkazishga
talablar atrof muhitni muhofaza qilish sifatini oshirish maqsadida to‗g‗rilanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda yer osti boyliklarini muhofazalash bo‗yicha
tadbirlari ishlov beriladigan mahsuldor soz yerlarga ham, mahsuldor bo‗lmagan
qatlam yoki qazilma ishlari amalga oshirilmaydigan soz yerlarga salbiy ta‘sirni
minimal bo‗lishiga xizmat qilishi hamda gorizontlarni toza yer osti ichimlik suvining
ham tozaligini ta‘minlashi kerak.
Buni bajarish uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilinishi kerak:
-chiqarilmalarni, yutilishlarni, o‗pirilish va boshqa avariyali holatlarni oldini
olishni ta‘minlovchi ochish texnologiyalarini qo‗llash;
-foydali qazilma qazib olinadigan mahsuldor qatlam maydonini ehtimoliy
ifloslanishini minamalligini ta‘minlovchi yuvuvchi suyuqliklarni mahsuldor soz
yerlarni ochish;
-mahsuldor qatlamni samarali ochish va avariya sodir bo‗lmasligini
ta‘minlovchi quduqlar konstruksiyasini tanlash;
-quduqlarni geologik qirqim oralig‗ida neft, gaz va suv kabi (yutiluvchi) barcha
jadallashishlarni ishonchi izolyatsiyasini ta‘minlash va nazorat qilib bo‗lmaydigan
halqalanmagan flyuidlar oqimini oldini olish uchun yagona tizimga birlashmagan
fazoni jipslashtirish;
-quduqlarni sifatli va avariyasiz o‗tkazish va quduqlarning geologik qirqimida
qazish joylarini ekspluatatsiya qilish obektlarini ishlab chiqish xususiyatlari uchun
kompleks to‗liq tadqiqot (geologik-texnikaviy, geofizikaviy, gidrodinamik) o‗tkazish.
Xavfsizlik qoidalari talablariga mos holda neft va gaz sanoatida [3]
quduqlarning konstruksiyasi ishonchlilik, texnologiklik, xavfsizlik uchun va yer osti
boyliklarining muhofazasi ta‘minlanishi kerak:
-mahsuldor qatlamlarni ochish ishlarini avariyasiz va murakkabliklarsiz, xavfsiz
olib borish sharoiti;
- yer osti boyliklarini va atrof muhitni muhofaza qilish sharoiti, birinchi o‗rinda
quduqlarni mustahkamligi va ko‗p yil xizmat qilishi, atrofdagi kolonnalarni va
halqali bo‗shliqni jipsligi, flyuidli gorizontlarning bir biridan va quduqqa flyuid
kirishidan izolyatsiyasi;
-neft, suvni jadallashishini bartaraf etishda kolonna boshmog‗ida tog‗ jinslarini
suvli buzilish ehtimolini oldini olish sharoiti va qo‗yilishda chiqarilmaga qarshi
457
uskunani (CHQU) yopish atrofdagi kolonnalarni tejamkor sonidan foydalanish va
ularni tushirish chuqurligini hisoblash bilan erishiladi.
Quduqlarning qo‗yilish konstruksiyasi, kolonna boshi, jipslovchi qurilmalar
quyidagilar bilan ta‘minlanishi kerak:
-mahsuldor qatlamni ochishda flyuidlarning jadallashishini nazorat qilish va
ularni avariyasiz bartaraf etish;
-mahsuldor qatlamni ochishda kolonnalar orasidagi bo‗shliqning jipsligi;
-yer osti boyliklarini va atrof muhitni muhofaza qilish.
Mahsuldor qatlamni ochishda neftni, gazni jadallashishini oldini olish bo‗yicha
ishlarni tashkil etish ―Neft va gaz sanoatida xavfsizlik qoidalari‖da belgilangan
talablar asosida amalga oshiriladi [11].
Neft va gaz qazib olish korxonalari va tashkilotlari xizmat ko‗rsatishga
professional favvoraga qarshi xizmatlar bilan shartnoma tuzishi yoki (qonunchilikda
ko‗zda tutilgan hollarda) o‗zining professional avariya-qutqaruv xizmatini tashkil
etishga (shakllantirishga) burchlidirlar.
Mahsuldor qatlamni yoki neft va gazni ehtimoliy jadallashgan bir necha
qatamlarni ochish oldidan ochishda neft va gaz jadallashishini oldini olish bo‗yicha
tadbirlarni ishlab chiqishi va amalaga oshirishi va shunga mos ravishda quyidagilarni
o‗tkazishi zarur:
-neft va gazni jadallashishini bartaraf etishda burg‗ilash brigadalari a‘zolarining
amaliy harakati va texnologik tadbirlarning (chiqarishga qarshi uskunaning
tuzsizlantirish bosimi, tushirish-ko‗tarish jarayonlarining tezligi, to‗ldirish tartibi va
shu kabilar) ruxsat etilgan chegaraviy parametrlari bo‗yicha yo‗riqnoma;
-burg‗ulush qurilmasini, chiqarilmaga qarshi uskunani (CHQU), asbobni va
moslamalarning holatini tekshirish;
-xavfni bildiruvchi signallar (trevoga) o‗quvi;
-quduqlarni tezkor og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmasiga tayyorligini, uni
zaxiralarini burg‗ilashga tayyorlash yoki yetkazish yo‗li bilan to‗ldirishni baholash.
Neft va gazni jadallashishini va ochiq favvoralarni profilaktikasi bo‗yicha
professional xizmatlar hajmi hamda nomenklaturasi korxona va professional
favvoraga qarshi xizmat o‗rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Neft va gazlarni jadallashishini va ochiq favvoralarni bartaraf etish uchun zarur
jihozlar, maxsus moslamalar, asboblar, materiallar, maxsus kiyimbosh, xavfni oldini
olish vositasi va shaxsiy himoya vositalari, har doim to‗liq tayyor holatda
korxonaning yoki maxsus tashkilotlarning (xizmatning) avariyaviy zaxira
omborlarida bo‗lishi shart.
Mahsuldor qatlamni ochishda neft va gaz jadallashishi yoki ochiq favvora
ehtimoli mavjud bo‗lgan har bir quduqqa quyidagi mazmundagi avariyani bartaraf
etish rejasi tuzilishi shart:
- mahsuldor qatlamni ochishda burg‗ilash qurilmasida ehtimoliy avariya turlari,
sodir bo‗lgan avariyani bartaraf etish bo‗yicha tadbirlar va odamlarni qutqarish, bu
tadbirlarni bajaradigan mas‘ullar va aniq ijro etuvchilar, avariyani va uning
oqibatlarini bartaraf etish uchun vositalarning joylashgan joyi;
-neft va gaz jadallashishini bartaraf etishda ishtirok etuvchi ishchilar orasida
vazifalarni taqsimlanishi;
-avariya haqida zudlik bilan xabardor qilinishi kerak bo‗lgan vazifador shaxslar
va muassasalarni ro‗yxati;
-belgilangan saqlanish joyidagi soni va asosiy tavsiflari ko‗rsatilgan holda
joylashgan asboblar, shaxsiy himoya vositalari, materiallar ro‗yxati;
-avariya haqida xabardor qilish usullari, odamlarni xavfli joy va uchastkalardan
chiqish yo‗li;
-neft va gaz jadallashishini paydo bo‗lganda shamollatgichni ishlash rejimi;
-elektr energiyani qo‗shish ketma-ketligi, jihozlarni to‗xtatish, apparatlar, zararli
va yong‗inga xavfli moddalarni kirish manbalarini yopish zarurati;
-neft va gaz jadallashishini belgilari paydo bo‗lganda ishlab chiqarish
xodimlarining birinchi o‗rindagi harakati, avariyani rivojlanishini oldini olish
bo‗yicha shtatli operatsiyalarni o‗tkazish tartibi.
459
Mahsuldor qatlamlarni ochishda burg‗ilash maydonini ifloslanishdan va
ifloslantiruvchi komponentlarni keyinchalik yer osti gorizontlariga kirib ketishidan
himoya qilish quyidagi konstruktiv yechimlar bilan ta‘minlanadi:
-texnologik jihozlarni (idishlar, sirkulyatsiya kommunikatsiyalar) asosiy
masalasini hal etish, shlamli nasoslar va tovlanishlarni, sizishni va texnologik
suyuqliklarni to‗kilishini bartaraf etuvchi burg‗ilash nasoslarining shtoklarini
jipslashtiruvchi uzellari;
-sentrafuga va sentrafugani kimyoviy kuchaytirish blokidan foydalanib
burg‗ilashning barcha turdagi chiqindilarini meyoriy darajagacha tashkiliy yig‗ish va
tozalash;
- maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini poligonga joylashtirish uchun
burg‗ilashning qattiq chiqindilarini (shlam, burg‗ilash eritmasini tuproqli fazasini)
chiqarib ketish;
-suv bilan ta‘minlash aylanishi tizimida va texnologik zarurat tozalangan oqova
suvlardan qayta foydalanish;
-mahsuldor qatlamni burg‗ilash chiqindilarini yopiq tozalash tizimlari hisobiga
yuzaga tushishini bartaraf etish;
-xandakda oqova suvni yig‗ish uchun burg‗ilash maydoni yuzasidagi jihozlarni
yuvishdan yomg‗ir va oqova suvning tashkillashtirilgan oqimini yaratish.
Atmosferaviy havoni ifloslanishini oldini olish maqsadida mahsuldor qatlamni
ochishda atmosferaga zararli moddalarni chiqarilishini qisqartirish bo‗yicha
tadbirlarni o‗tkazilishi kerak:
-quduqlarni qo‗yilish joylari zichlashtirilgan, qabul qilish tizimi va mahsuldor
qatlamlarni ochishda keluvchi qatlam flyuidlarini o‗lchash amalga oshiriladi;
-quduqlarni burg‗ilashda qozonxonalarda yonilg‗ini yondirish jarayonining
rejim xaritalariga ko‗ra optimallashtirilgan;
-barcha apparatlar saqlash klapani bilan jihozlangan bo‗lib, ularda hisobiy
ko‗rsatkichdan oshuvchi bosim paydo bo‗lishi mumkin;
-saqlash klapanlaridan neft va gazni bosimini tushirish avariyaviy idishda yoki
gazni avariyaviy yondirish gulxanida amalga oshiriladi.
Mahsuldor qatlamni ochishda quduqlar qurilishi jarayonida neft va gazning
avariyaviy jadallashishini sanoat ahamiyatidagi tahlilini ko‗rsatishicha avariyaviy
vaziyatlarning sodir bo‗lishi texnologik rejim buzilganda sodir bo‗lishi mumkin.
Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun mahsuldor qatlamni ochishda quduqlarni
qurish loyihasida mahsuldor qatlamni ochish va mahsuldor soz yerlar yer osti
suvlarining joylashishi geologik sharoitiga mos metod bo‗yicha otilib chiqishga
qarshi jihozlarni o‗rnatishni ko‗zda tutish kerak. Mahsuldor qatlamni ochishda
yuvuvchi suyuqlik parametrlari va quduqlarni konstruksiyasi quduqlarni uchirish
ehtimolini hisobga olib asoslanishi kerak.
Mahsuldor qatlamni ochish parametrli toksikologik pasportga ega, ekologik
xavfsizlikni ta‘minlaydigan texnologik suyuqliklarda amalga oshirilishi kerak.
Shunday qilib, mahsuldor qatlamlarni ochish uchun reagentlar va burg‗ilash
eritmalari uchun baliq xo‗jaligiga belgilangan suv havzolarida va sanitar-maishiy
foydalanishda ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya (RECHK) va ta‘sirning
taxminiy xavfsizlik darajasini (TXTD) bajarish bo‗yicha talab bajarilishi kerak.
Suv qo‗riqlash, tabiatdan foydalanish birinchi darajadagi zonalarda quduqlarni
qurishda burg‗ilash eritmasiga ishlov berish uchun I, II, III xavflilik sinfidagi neft
mahsulotlari va kimyoviy reagentlarni qo‗llash taqiqlanadi.
Shunday qilib, mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida yer osti boyliklarini va
atrof muhitni muhofaza qilishga yo‗naltirilgan tadbirlar bajarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |