Radial harakatlar
– yer pusti harakatining bir turi bo‗lib, unga radial yo‗nalish
mansub. Bu harakat natijisida yer pustining uchastkalari uz joyini o‗zgartiradi,
natijada turli kurinishdagi ko‗tarilma-uzilma, tashlam-uzilma, graben va gorstlar hosil
bo‗ladi.
Tabiiy filtratsiya
– tog‗ jinslari g‗ovaklari, bo‗shliqlari bo‗ylab sizuvchi suvni
ifloslantiruchi erimagan moddalardan tozalanishi.
Tabiiy neft gazlari
– parafin qatoriga kiruvchi (C
n
H
2n+2
) gazsimon
uglevodorodlar aralashmasidan tarkib topgan gazlar. Azot, karbonat kislota,
serovodorod va benzin buglari aralashgan metan CH
4
(ba‘zan 99%gacha), etan C
2
H
6
,
propan C
3H8
, butan C
4
H
10
, gazlari kiradi.
Tayanch burg‘ilash qudug‘i
– maydonini geologik tuzilishi va yirik
geostrukturalarning gidrogeologik va geoqimyoviy xususiyatlarini o‗rganish, neft-gaz
hosil bilishi va to‗planishi uchun qulay yotqiziqlar mujmuasining tarqalish
qonuniyatiyatlarini aniqlash, neft-gazlilik miqdorini baholash va izlov-ishlarining
istiqbolli yo‗nalishini tanlash maqsadida kaziladigan burg‗ilash qudug‗i. T.b.k yaxshi
ifodalangan strukturalarda poydevorgacha, agar poydevor katta chuqurlikda bo‗lsa,
burg‗ilash uskunasi imkoniyatiga qarab burg‗ilanadi. Bunday quduqlarda geologik-
geofizik tadqiqotlari olib boriladi.
Uglevodorodlar
– molekulalar faqat uglerod va vodoroddan iborat organiq
birikmalar. Tuzilishiga kura siklik va izotsiklik (siklik) U.ga ajratiladi. Siklik U.
molekulalaridagi sikllar koniga qarab mono-, bi-, uch-, tetra- va politsiklliga
bo‗linadi bir necha bir-biri bilan birlashgan sikllardan iborat siklik U
quyuqlashtirilgan U. deb ataladi. Uglerod atomlarining uzaro boglanishi tavsifiga
qarab U. tuyingan (cheklangan) – faqat oddiy (birdonali) bog‘langan (alkanlar,
siklanlar), tuyinmagan – qirrali, ikki, uch marotaba bog‘langan (alkenlar, alkinlar va
b.) va uglerod atomlari alohida tarzda saqlagan arenlarga (aromatik U.) bo‗linadi.
Favvorali armatura
– favvorali burg‗ilash quduqlari og‗ziga urnatiladigan
asbob. Suyuqlik oqimi ko‗tariladigan favvorali quvurlarni tortib turishni va favvorali
quvurlar va ishlatish quvurlar ustuni orasidagi bo‗shliqni berkitib kuyishni
ta‘minlaydi. F.a.kuchli qarshi bosimni ushlab, xatto favvorali quduqni butunlay
467
berkitib turishi lozim. F.a. uch asosiy qismdan iborat: 1) quvurlar ustuni boshchasi-
F.a.ning pastki qismi; 2) quvur boshchasi –F.a.ning o‗rtasida joylashgan; 3) favvora
uskunasi – F.a.ning yuqori qismida joylashgan.
Favvorali burg‘ilash qudug‘i
– neft qatlamining tabiiy energiyasi tufayli yer
yuzasiga neft okib chiqadigan quduq. Quduqni favvoralanishida qulay sharoit
yaratish maqsadida quduqka neft qatlamining shipigacha mahsus favvorali quvurlar
(odatda diametri 2dan 4‖gacha) tushiriladi. Har qaysi burg‗ilash qudug‗i og‗ziga
favvora armaturasi urnatiladi.
Favvorali gorizont
– qatlam energiyasi neftni erkin holda favvora ko‘rinishda
yer yuzasiga chiqara oladigan neftli gorizont. F.g. dagi neft favvorali neft deb ataladi.
Favvorali ishlatish
– quduq yoki qatlamni ishlatish usuli. Bunday usulda
quduqdan neft faqat qatlam energiyasi evaziga yoki sarflangan qatlam energiyasini
tashqaridan to‘ldirish hisobiga oqib chiqadi.
Harakatdagi gidrostatik bosim
– yer osti suv yoki neft oqimining ikki
nuqtasidagi bosimlar farqi.
Haydash qudug‘i
– qatlamdagi bosimni saqlab turishni amalga oshirishda neft
uyumlari chegarasining tashki zonalariga yoki neft olishning ikkilamchi metodlari
qo‗llanilayotgan neftli maydonlardagi hamma uyumlar tashki zonalarga suv (gaz)
haydash uchun mo‗ljallangan mahsus burg‗ilash qudug‗i.
Qatlam bosimi
– qatlamdagi neft va gaz bosimi. Uning qiymati flyuidning
tarang siqilganlik va tog‗ jinsi skletining uning ta‘sirida tarang qisilganlik darajasini
ifodalaydi. U statik (yoki dastlabki) va dinamik (yoki joriy) qatlam bosimlariga
ajratiladi. Statik qatlam bosimi tabiiy bosim hisoblanadi, uning qiymati qatlamdan
flyuidni olish yoki unga haydash chogida o‗zgarmaydi. Agar statik qatlam bosim
gidrostatik bsoimdan 10 -30 %ga farq qilsa, u holda anomal yuqori va anomal past
bosimlarga ajratiladi. Dinamik qatlam bosim statik bosimni nasoslar yordamida
pasaytirganda (suyuqlik chiqarganda) paydo bo‗ladi.
Qatlamning anomal yuqori bosimi
– neft (gaz) uyumi bor qatlam ichidagi
bosim. Uning qiymati ortiqcha bosimga (P
ob
) uyum balandligi hisobidan kiritiladigan
tuzatish hamda bosim o‗lchanadigan nuqtaning qatlamdagi gipsometrik balandligiga
mos keluvchi gidrostatik bosim bilan aniqlanadi va undan ko‗p bo‗ladi.
Qatlamning anomal bosimi
- neft, gaz yoki suvli qatlamlarning ma‘lum
nuqtasidagi bosim.
Qatlamning anomal past bosimi
– neft va gaz uyumi bor qatlam ichidagi bosim,
bunda uning qiymati ortiqcha bosim (P
ob
) uyum balandligi hisobidan kiritiladigan
tuzatish hamda bosim o‗lchangan nuqtaning qatlamdagi gipsometrik balandligiga
mos keluvchi gidrostatik bosim orqali aniqlanadi va undan kam bo‗ladi.
Qatlamning dastlabki bosimi
- qatlam ochilgan paytda, undan suyuqlik yoki
gazni olish yoki ularni sizib chiqishidan oldin o‗lchangan qatlam bosimi (P
a
).
Qatlam neft (gaz) uyumi
– yuqori va pastki tomonidan suv o‗tkazmaydigan
qatlam bilan chegaralangan neft (gaz) uyumi.
Qatlam bosimi
– neft uyumidagi suyuqlik va gaz bosimi. Qatlam bosimi tabiiy
sharoitdagi qatlam energiyasining hajmini bildiradi. Uning qiymati neft konlarini
ishlatish jarayonida aniqlanadi. Boshlang‗ich qatlam bosimi neft qatlamining
qanchalik chuqurlikda yotishiga bog‗liq va odatdagi gidrostatik bosimga yaqin.
Qatlam energiyasi sarflanishiga kura qatlam bosimi kamayadi. Qatlam bosimini
saqlash uchun neft qatlamining atrofiga bosimli suvlar bilan ishlaydigan darajada suv
haydaladi yoki neft qatlamining gaz kapkogiga dam berib gaz kalpogi tartibida
ishlaydigan darajada gaz yuboriladi. Qatlam bosimi statik va dinamik turlarga
bo‗linadi.
Qatlamning dinamik bosimi
– ishlayotgan quduqlarning o‗zaro ta‘siridan
uyumda qaror topgan bosim.
Qatlamni statik bosimi
– uyumning dastlabki katilam bosimi, ya‘ni neft
uyumining ishlash boshlangungacha bo‗lgan bosimiga mos keladi.
Sementli ko‘prik
– burg‗ilash qudug‗i devori tanasining ayrim kismlarini bir-
biridan ajratib kuyish yoki kandaydir boshqa maqsadlar uchun qo‘yiladi. S.q.
mustahkamlash quvurlari urnatilgan va urnatilmagan burg‗ilash qudug‗ida quyilishi
mumkin. S.q. sementning hisoblangan ma‘lum miqdorini mo‗ljallangan chuqurlikka
tushirilgan burg‗ilash quvurlaridan haydash orqali yuritiladi. Keyinchalik yuvuvchi
469
suyuqlik ta‘sirida sementning bir qismi yuvilib ketishi mumkin. Sement qotgandan
sung S.q. ning mustahkamligi (havo kirmasligi) sinab kuriladi.
Shlam
– tog‗ jinslarining quduq tubida maydalangan zarralari (ko‗pincha 0,25
mm dan yirik emas) to‗plami. Burg‗ilash jarayonida quduq bo‗ylab
harakatlanayotgan yuvuvchi suyuqlik bilan yer yuzasiga chiqarib tashlanadi. Sh.ni
o‗rganib kavlanayotgan jinslarning litologik tavsifi aniqlanadi. Bu uz navbatida
kavlanayotgan quduqning geologik kesimini tuzish va uni yaqinrokda joylashgan
burg‗ilash quduqlari kesimi bilan taqqoslash uchun zarur.
Yutilish
– qattiq jism va suyuqliklarning uziga gaz, bug va erigan moddalarni
fizik-kimyoviy yutish jarayoni. Y.ning turtta turi mavjud bo‗lib, ular quyidagilar:
adsorbsiya, absorbsiya, kapillyar kondensatsiyalanish, xemosorbsiY.
Yutilish sig‘imi
– tog‗ jinsi yoki grunt og‗irlik birliklarida yutilgan ionlar yoki
molekulalar miqdori yigindisi. Ionlar adsorbsiyalanganda yutilish sig‗imi odatda 100
gramm jinsning MG-EKV da ifodalanishi orqali topiladi.
Yutuvchi quduq
– yer yuzasidagi va atmosfera suvlarining hamda chiqindi
suvlarning suvsiz va suvga to‘yinmagan jinslarga yuborishga xizmat qiladigan tog
inshooti (quduq, shurf, burg‗ilash qudug‗i, shaxta va boshqalar). Yuvuvchi quduq
orqali suv o‗tkazuvchi quduqlarga yuborilishi mumkin bo‗lgan suv miqdori.
Quduqning yutilish qobiliyati deyiladi va yutilgan suv hajmining vaqt birligiga
nisbati bilan (m
3
/soat, l/s) ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |