Mahsuldor qatlamlarni ochish va


-rasm. “Azot-suv-qum oqimli” perforatsiya qilishda qo„llaniladigan jihozlarning



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

11.7-rasm. “Azot-suv-qum oqimli” perforatsiya qilishda qo„llaniladigan jihozlarning 
bog„lanmasi. 
1-suv-qum-oqimli apparat; 2-NKQ; 3-quvur orqasi fazosi; 4-teskari klapan; 5-quduq usti 
salniki; 6-bosim chizig‗i; 7-azotli qurilma; 8-elektr stansiyasi; 9-ejektor; 10-ejektorli agregat; 11-
suyuqlik haydovchi agregat; 12-qumni qoruvchi mashina; 13-yordamchi agregat; 14-suyuqlik 
idishi. 
―Azot-suv-qum oqimli‖ teshish ishlari Rossiya davlatining Bitkov konlarida 
qo‗llanilgan va quduqning debiti boshqa usullarga nisbatan 1,3 martaga oshirilgan. 
Teshishda suyuqlikning sarfi 0,4 m
3
/daq tashkil qilib va asta-sekin jarayonni amalga 
oshirish davomida 0,71 m
3
/daq-gacha ko‗tarilgan, azotning sarfi 6 m
3
/daq atrofida 
ushlab turilgan, 1 m
3
suyuqlikka qo‗shilgan qumning konsentratsiyasi 40 kg 
belgilangan. 


423
AGQ-8Q (azot-gazli qurilma) qurilmasidagi ejektorga kirishdagi bosimi va 
mos holda quduqning ustidagi bosim ham 17-22 va 24-32 MPa-ni tashkil qiladi. 
Ejektor orqali suyuqlik qumsiz uzatiladi. Qisqa quvurlardagi bosimni farqi NKQdagi 
va quvurning orqa fazosidagi suyuqliklarni zichligining qo‗shimcha farqi hisobga 
olinganda bosim 22-30 MPa-ni, qirqish davridagi qatlamga hisobiy depressiya 1’2 
MPa tashkil qilgan. 
Qisqa quvurlarda keskin eroziya bo‗lishi kuzatiladi. Bosimning farqi 14 ta 
qirqishdan so‗ng xuddi shunday rejimda 21 MPa-dan 14 MPa-gacha pasaygan, 
shuning uchun qisqa quvurlarni almashtirish uchun perforator ko‗tarib olinadi. 
Perforatsiya jarayonida sig‗im idishlarida neftni paydo bo‗lishi kuzatilgan, 
shuning quvur orqa fazosidan oqim chiqarib yuborilgan. 
Shunday qilib, azot bilan ―suv-qum oqimli‖ perforatsiya qilishni to‗xtovsiz 
amalga oshirish va bir vaqtning o‗zida qatlamdan oqimni chaqirish azotli 
gazlashtirilgan qurilma ishlab chiqarilgan va kon amaliyotida sinab ko‗rilgan. 
Bundan tashqari ATQ-6000-500/200 qurilmasini qo‗llab ―azot-suv-qum oqimli‖ 
perforatsiya qilishning texnika va texnologiyasi ishlangan va sinovdan o‗tkazilgan 
hamda ijobiy natijalarga erishilgan. Chuqur quduqlarda foydalanish uchun azotli 
gazlashtirilgan qurilmani uzatish ko‗rsatgichini va bosimini kuchaytirish talab 
qilinadi. 
Neft qazib olishda azotli-gazlashtirilgan qurilmaning qo‗llanilishi, quduqlarni 
o‗zlashtirish va quduq tubi zonasiga ishlov berish texnologiyasini ishlatish natijasida 
aniq muvaffaqiyatlarga erishilgan. Azotli-gazlashtirilgan qurilmasining quduqlarni 
o‗zlashtirishda muvaffaqiyatli qo‗llanilishidan portlash ishlarining xavfsizligi 
ta‘minlangan. Azot qo‗llanilganda qumoqtoshlar kollektorlarning o‗tkazuvchanligi 
loyli ishlov berishga nisbatan yuqori bo‗lganligi isbotlangan. ―Suv-qum oqimli‖ 
perforatsiya jarayonida ishchi aralashmaga azot qo‗shib mahsuldor qatlamga ishlov 
berilganda, kanalning uzunligini o‗sishiga erishilgan, qisqa quvurlardagi bosim 
farqining samarasi kuchaygan va quduqning stvolidagi bosim gidrostatik bosimdan 
ozgina kam bo‗lganda qatlamning ochilishi ta‘minlanadi. 


Yuqorida ko‗rsatilgan yutuqlar neftni qazib olishda azotni qo‗llash maqsadga 
muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. 
AGQ-8K gazlashtirilgan qurilmasini tog‗ joylardagi murakkab joylarda 
qo‗llanilishi kon sharoitlarda ularni ishlatish xususiyatiga ega ekanligini isbotlaydi. 
Ishlangan jihozlar va texnologik sxemalar kon sinovidan o‗tgan va uni muvaffaqiyatli 
qo‗llash mumkin. AGQ-8K qurilmasining sig‗im idishidagi azot zahirasini 
chegaralanganligini hisobga olib, azot qurilmasiga to‗g‗ri keladigan yuqori bosimda 
haydaydigan yuqori o‗tkazuvchanli kompressorlar paydo bo‗lgandan keyin azotni 
qo‗llashni tejash maqsadida unga havo aralashmasini qo‗shib quduqqa bostirishning 
imkoniyati tug‗ildi. Bunday texnologiya quduqlarni o‗zlashtirishni boshlang‗ich va 
tugallash bosqichlarida quduqdagi sathni pasaytirishda 6-10 MPa bosimda neftli 
gazdan muvaffaqiyatli foydalanildi. 
Jarayondagi parametrlarning qiymatini yaxshilash uchun (quduqlarni 
o‗zlashtirish muddatini qisqartirish, kislota ta‘sir qilishni kuchaytirish va h.k.) azotli 
qurilmaning uzatishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Azotning uzatish 
qurilmasini 2 martaga (22 MPa bosimda 12 m
3
/daq-gacha) oshirish uchun AGQ-8K 
qurilmasini kichik o‗zgartirish yo‗li orqali bajariladi. 
Azotdan 
foydalanish 
sohasi 
yuqorida 
ko‗rib chiqilgan usullarda 
chegaralanmaydi. Bu texnologiyani qo‗llash mumkin bo‗lgan bir qator jarayonlarni 
atash mumkin: burg‗ilab quduqni ochishda, to‗ldirilgan quduqlarni perforatsiya qilish 
ishlarida hamda kon kommunikatsiyalarini va apparaturalarini to‗ldirishda. 
Bu texnologiyadan foydalanib mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishda, 
ikkilamchi ochishda va o‗zlashtirishda samarali qo‗llanilishini davom ettirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Teshilgan kanallarni tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlash va ularning chuqurligini 
kuchaytirish chuqur joylashgan qatlamlarni zichlangan kollektorlarini ochish muhim 
masalalardan biridir. Bunday masalalar birinchidan katta chuqurlikda qidiruv 
quduqlarini burg‗ilashda: ikkinchidan ko‗p qatlamli konlardan yuqorida joylashgan 
ob‘ektlarga qaytishda muhim hisoblanadi. Ma‘lum bo‗lgan va qo‗llaniladigan teshish 
usullarida bunday talablarga gaz-suv-qum oqimli teshish to‗liq javob beradi. 


425
Suyuq qumli aralashmaga gazni (azotni) qo‗shish hisobiga kanallarni 
uzunligini 2-3 martagacha oshirish mumkin. 
Shuning uchun bunda gaz-suv-qum oqimli teshish odatdagi suv-qumli oqimli 
teshishga nisbatan bir qator yutuqlarga egadir. 
Jarayonlarni olib borishda qisqa quvurlarda qo‗shimcha bosimning farqini 
nasos kompressor quvurlardagi va quvur orqa fazosida aeratsiyali aralashmalarni 
zichliklarining farqi hisobiga hosil qiladi. Masalan: suyuqlikning (suvning) sarfi 0,54 
m
3
/daq va azotniki 6 va 12 m
3
/daq (mos holda bitta yoki ikkita AGU-8K bilan 
ishlaganda) va quduq chuqurligi 2000 m, aralashmaning o‗rtacha zichligi quvurning 
orqa fazosida 0,73 va 0,60 g/sm
3
, quvurlarda esa 0.97 g/sm
3
tashkil qiladi. Bunda 
qo‗shimcha bosimlar farqi zichlikning farqi hisobiga 4,8-7,4 MPa-ga teng bo‗ladi. 
Quduqning chuqurligini 4000 metrgacha oshirganda bosimlar farqi taxminan 8,8-13,6 
MPa-ni tashkil qiladi. Shunday qilib, azot qo‗shilganda gidroperforatsiya hisobiga 
quduqning chuqurligi oshganda quvurlardagi bosimning yo‗qotilishini to‗ldirish 
hisobiga chegaraviy chuqurlikni kuchaytirishni haqiqiy imkoniyati paydo bo‗ladi. 
Quduqlarning chuqurligi 2000-4000 metr oralig‗ida bo‗lgandi quvurlar orqa 
fazosidagi va gidrostatik bosimlar oralig‗ida bosimning qiymatini farqi 5-15 MPa-ga 
yaqin bo‗ladi. Bosimlar farqining hisobiga teshilgan kanallarning ifloslanishini va 
past qatlam bosimga ega bo‗lgan ob‘ektlarni ochishda begona suyuqliklarni qatlamga 
chuqurroq kirish ehtimolligi yo‗qoladi. Bundan tashqari gaz-suv-qum oqimli 
perforatsiyada qatlamdan oqimni chaqirishda past bosim hosil bo‗lishi tavsiflanadi va 
quduqni doimiy drenajlanishi hosil bo‗ladi. Quduqda gaz paydo bo‗lishi kuzatilganda 
quvur orqasidagi fazoni kuchli gazlantiradi va jarayonni davom etishini tezlashtiradi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish