Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Quduqlarni gaz-suv-qum oqimli teshish



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

11.9.
Quduqlarni gaz-suv-qum oqimli teshish 
Kon sharoitlarida azot-suv-qum oqimli jarayonlarni amalga oshirish uchun 
jihozlarni va ishlarni texnologiyasini bog‗lanish sxemalari ishlandi. Suv-qum oqimli 
perforatsiya qilish qurilmasidan farqi jihozlarni bog‗lanmasidagi ajralib turadigan 
elementlaridan biri teskari klapan bo‗lib, u NKQ o‗rnatiladigan chuqurlikdan ham 
pastroqqa perforatsiya oralig‗iga o‗rnatilishi, quduq ustining salniklari, gazsuyuqlik 
aralashmasini bosimini oshirish uchun ejektor va elektrstansiyali azotli qurilmaning 
mavjudligidir. Quduq ustidagi salnik quvurning orqa fazosidan gazsuyuqlik oqimini 
sig‗im idishiga yoki omborga yo‗naltiradi. Quduq usti konstruksiyasi tushirish-
ko‗tarish jarayonlarida u orqali NKQning muftasini o‗tishini va quvurning tanasi 
bilan ishlanadigan yoki yuviladigan kanallarni kontaktlashuvini ta‘minlaydi. 
Jarayonlar quyidagi tartibda olib boriladi (11.7-rasm). 
Boshlanishida quduq azot suyuqlik aralashmasi yordamida NKQ (2), suv qum 
oqimli apparat (1) va quvur orqa fazosi orqali yuviladi (17-rasm). Bir vaqtning o‗zida 
quduqqa agregat yordamida (11) suyuqlik va azot qurilmasi (7) yordamida azot 
bostiriladi. Quduqqa bostiriladigan azot suyuqlik aralashmasining zichligi gazning 
soniga bog‗liq bo‗lib, u suyuqlik sarfini o‗zgartirish orqali rostlanadi. Quduqda 
suyuqlik almashtirilgandan so‗ng, gazsuyuqlik aralashmasiga qum qo‗shiladi va faqat 
undan keyingina perforatsiya qilishga kirishiladi. Yordamchi agregat (13) sig‗im 
idishdan (14) ishchi suyuqlikni qum aralashtiruvchi (12) mashinaga uzatish uchun 
xizmat qiladi. Qum bilan suyuqlik aralashtirilgandan keyin qum aralashtirgichning 
(12) kuraklari yordamida ishchi suyuqlik quduq usti jihozlari orqali sharnirli 
tirsaklarda yig‗ilgan bosimli chiziqqa (6), quduq usti boshchasi va quduq usti salniki 
(5) orqali nasos kompressor quvuriga (2) va perforatorning (1) o‗ziga yo‗naltiradi. 
Yer usti quvur uzatmalariga sharnirli birikmalarni o‗rnatilishi ―suyuqlik va qum‖ 
aralashmani uzatishni to‗xtamasdan faqat quduqqa beriladigan bosimni pasaytirish 
orqali ―suv-qum oqimli‖ teshgichni quduqdan ko‗tarib olishni imkoniyati bo‗ladi. 
Bir vaqtning o‗zida azotli qurilmalar (7) elektr stansiyasidan (8) iste‘mol 
qiladi, ejektorga (9) azotni uzatadi, azotning bosimi 22 MPa-dan 35 MPa-gacha 


yuqori bosimli ejektor agregati (10) yordamida 45 MPa bosim ta‘sirida ko‗tariladi. 
Bosim chizig‗ida (6) azot suyuqlik aralashmasi suyuqlik-qum aralashmasi bilan 
aralashtiriladi va NKQ-ga uzatiladi, teskari klapanga (4) o‗tadi va ―suv-qum oqimli‖ 
apparatga to‗planadi. Bosimlar farqi 15-20 MPa bo‗lganda tizmani (3) va unga 
yondosh jinslarini parchalanishi sodir bo‗ladi. Bir nechta oraliqlar perforatsiya 
qilingandan keyin apparat yuqoriga ko‗tariladi va undan keyin esa bir nechta ortiqcha 
NKQlar chiqarib olinadi. NKQning yuqori qismida teskari klapanning (4) 
o‗rnatilganligi evaziga tizimdagi bosimni pasaytirmasdan jarayon amalga oshiriladi. 
Ishning programmasi asosida kanallarni ishlashi amalga oshirilgandan keyin suyuqlik 
bilan quduq yuviladi va teskari klapanni chiqarib olish uchun NKQ ko‗tarib olinadi 
va undan keyin quduq ishlatishga topshiriladi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish