Aeratsiya usulida qattlamdan oqimni chaqirish
Jarayonning texnologik sxemasining tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Quduqni yuvish;
2. Kompressor qurilmasi va nasos agregatining birlikda ishlatish orqali
quduqni aeratsiya suyuqligi bilan yuvishni amalga oshirish;
3. Quduqni gaz bilan puflab tozalash.
Jarayonni amalga oshirish muhim e‘tibor talab qiladi, chunki ish davomida
bo‗lishi, gaz qatlamlarni shakllanishi quduq ustidagi yuqori bosimni uzishga va
haydash jarayonini qayta boshlashga olib kelishi mumkin.
Har xil bosimlarda nasos agregatining haydashini o‗rnatish uchun aeratsiyalash
jarayoni bir nechta rejimlarda quduqni yuvishdan boshlanadi.
379
Undan keyin esa aeratsiya suyuqligi yuvishning maksimal bosimi komperssor
qurilmasining maksimal bosimiidan yuqori bo‗lmasligi kerak. Shuning uchun
hisoblarda suyuqlikni harakatlanishida ishqalinish kuchini yengish uchun
sarflanadigan bosimdan tashqari quduqqa kirib keladigan aeratsiyali suyuqlikning
zichligi ham hisobga olinadi. Misol uchun quduqning chuqurligi 2500 metr
bo‗lganda, suv bilan to‗ldirilganda, aeratsiyalangan suyuqlikni 9,9 g/sm
3
zichligiga
erishish uchun, quvur oralig‗i halqasi va quvurlarda bosimning farqi 2,5 MPa
oralig‗ida bo‗lishi kerak.
Ma‘lumki, aeratsiyalab gazsuyuqlik aralashmasini zichligini 0,3’0,4 g/sm
3
gacha yetkazish mumkin.
Buning uchun yuqori bosimli kompressor qurilmasidan foydalanish talab
qilinadi va undan keyin quduqqa gaz haydaladi. Lekin bu yerda quduqning chuqurligi
2000 metrdan katta bo‗lganda gaz haydashni xavfli tomonlari bo‗lishi mumkin,
shuning ishlatish tizmasini hisobiy va haqiqiy tasniflari hisobga olinadi.
Oqimni chaqirish bo‗yicha ishlarni amalga oshirishda PG-1 va PG-2 turidagi
yengil suyuqliklar turidan foydalaniladi.
PG-1 suyuqligi suvning ishqorli aralashmasi ko‗rinishida bo‗ladi.
PG-2 suyuqligi esa suvning ishqorli aralashmasi NGF yoki OEDF qo‗shiladi.
PG-1 suyuqligi kalsiy turidagi qatlam suvi bilan aralashganda CaCO
3
hosil bo‗lishi
mumkin PG-2 suyuqligi har qanday turdagi qatlam suvi bilan aralashtirilganda suvda
erimaydigan cho‗kindilar hosil bo‗lmaydi. PG-2 suyuqligi qo‗llanilganda loyli
kollektorlarning o‗tkazuvchanligini yaxshilanishi ta‘minlanadi.
PK-1 suyuqligini tayyorlashda texnik suvga ishqor aralashtirilib, 2-10 soat dam
beriladi.
Aeratsiya usuli yordamida sekin depressiyani kuchaytirish va har qanday
kattalikkacha olib borish mumkin. Jarayonni maqsadi asta-sekinlik bilan quvur
orqasidagi suyuqlikni zichligini pasaytirish va nasos kompressor yordamida bir
vaqtning uzida quduqqa aniq hajmdagi havo (gazni) va suvni (neftni) haydashdan
iborat.
Ichki agent pastga halqa oralig‗i orqali harakatlanib, suyuqlik bilan aralashib,
qo‗shimcha ravishda suyuqlik bilan qo‗shimcha ustun bo‗ylab qisiladi, to NKQ
bashmoqqacha yetguncha davom ettiriladi. Suyuqlik quvur boshmogiga yetib borib,
pufakchalar halqa oralig‗idan NKQ ga tushadi, sekin-asta kengayib, berilgan
energiyani olib, suyuqlik ko‗tariladi, bir vaqtning uzida NKQ dagi suyuqlikni zichligi
ham pasayadi. Siqilgan havoni haydash davom ettirilganda depressiya bir tekis
ko‗tariladi, shunday qilib quduqqa aniq mementda qatlamdan flyuid kirib keladi.
Oqimni chaqirish boshlanishiga qadar quyidagi ishlarni amalga aniqlashi
kerak:
1.
NKQ ni tushirish va quduqni suv va SFM bilan juda yaxshilab yuvish;
2.
NKQ ni boshmogini tizmasi mustahkamlash tizmasini teshigini yuqori
teshigidan 5-10 m masofada o‗rnatish;
3.
Quduq usti to‗liq favvora armaturasining chambarak yoki uchtalik turidagi
jamlanmasi bilan jihozlanishi va ishchi holatiga keltirish;
4.
Favvora armaturasining yuqori ishchi sturiniga optimal o‗lchami kanalini
shtutser o‗rnatiladi qatlamga ortiqcha depressiyani oldini olinadi;
5.
Quduqqa sementlash agregati va kompressor ulanadi.
Kompressor yordamida siqilgan havoni (yuqori bosimli gaz uzatmadan gazni)
haydalganda suv bilan aeratorda aralashadi va 15 MPa bosimda siqiladi.
Aeratsiyani muvaffakiyatli amalga oshirish uchun birlik vaqt ichida
haydaladigan suyuqlik va siqilgan havoni nisbatlari shunday tanlanadiki, NKQ ni
bashmoqiga havo pufakchalarini kirib borishi shunday taminlansinki «havo yostig‗i»
paydo bo‗lmasligi kerak.
Haydash tizimlari orqali aeratsiyani amalga oshirishni sifatini nazorat qilish
maqsadida havo (yoki gazni) ulchaydigan sarf ulchagich o‗rnatilishi shart. Suv
haydalganda aralashma oqimini tezligi shunday bo‗lishi kerakki, havo ajralib
chiqishiga yo‗l bermasligi kerak. Oxirgi havo ajratilib chiqishiga yo‗l bermasligi
kerak. Oxirgi tezlik
30
,
0
15
,
0
m/sek qabul qilinadi. Agarda bu shart bajarilmasa havo
pufakchalari suzib chiqadi, halqa oralig‗ida «havo yostigini» shakllantiradi, aeratsiya
jarayonini uzilishiga olib keladi.
381
Bundan tashqari qarshiliklarni yengish uchun sarflanadigan suv haydalganda
(ishlatish tizmasini diametri 146 mm va NKQ diametri
мм
60
73
) va compressor
UKP da havoni haydash 120-130 l/sek (7,5m
3
/min) bo‗lganda boshlash kerak.
Aeratsiya jarayoni har oqim quduq ichi suyuqlik bilan to‗ldiriladi.
Ishni boshlashdan oldin haydovchi tizimdagi suyuqlikni optimal uzaytirishdagi
bosimni aniqlash uchun sementlash agregati qo‗shiladi. Bu bosim 4,0-4,5 MPa dan
oshmaslik kerak. Undan keyin kompressor qo‗shiladi, haydovchi tizimdagi bosim
ko‗tariladi (takriban 10-15 MPa qiymat oqim tezligi hisobiga oshiriladi).
Shu vaqtdan boshlab aeratsiya jarayonini birinchi bosqichi boshlanadi. Suv va
havoni haydash bilan quvur orqa fazosida bosim asta-sekin ko‗tariladi, aniq qiymatga
ko‗tarilgandan keyin, bir qancha vaqt davomida shu bosim shu satxda ushlab turiladi.
Bunday
bosimni
oshishi,
sirkulyasiya
suyuqligini
pastga
qarab
harakatlanishida aralashmani zichligi oshadi. NKQ ga kirib borguncha halqa
oralig‗ida aralashmani zichligini oshishi natijasida qo‗shimcha bosim hosil bo‗ladi.
Aeratsiyali aralashma bashmoqqa yetib keladi va NKQ ni ichiga kiradi,
zichlikdagi farqlar asta-sekin yo‗qoladi, bosim yana pasayadi. Agarda aeratsiyali
suyuqlikni haydash vaqtida haydash tizimida bosim kompressorni ishchi bosimdan
oshib ketsa, suyuqlik haydashni davom ettirish yoki bir oz vaqt kompressorni
to‗xtatib turish kerak.
Havo (gaz) aralashmasidan NKQ ga tushadi va suyuqlikni otilishini chakiradi.
Quvurlardagi zichlik asta sekin kamayadi va haydash tizimida bosim tushadi. Shu
daqiqadan boshlab suyuqlikni haydash tuxtatiladi, agregat birinchi tezlikka
o‗tkaziladi, keyin tanaffus beriladi.
Depressiyani nazorat qilish uchun quduqdan siqib chiqarilgan suyuqlikni
hajmiy yoki boshqa usulda ulchash kerak. Quvur orqasida bosim tushishi daqiqasidan
boshlab qatlam ishlab ketishi mumkin.
Qatlam ishlab ketganda quduq zaxiradagi tizimga ulanadi yoki uchtalik
(troynik) orqali ishlanadi, undan keyin esa shtutser orqali ishchi tizimga
yo‗naltiriladi.
Birinchi bosimni pasaytirish jarayonida quduqqa oqimni kelishi sodir
bo‗lmasa, u holda aeratsiya davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |